Kuchli zarbalar va nokaut: Murodjon Ahmadaliyev amerikalik bokschi ustidan g‘alaba qozondi

© Ministerstvo sporta i turizmaMurodjon Axmadaliyev
Murodjon Axmadaliyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.06.2022
Obuna bo‘lish
Murodjon Ahmadaliyev AQShning Texas shtatida professional ringdagi 11-jangini o‘tkazdi.
TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. O‘zbekiston bokschisiga amerikalik Ronni Rios raqib bo‘ldi.
Bellashuvning dastlabki yarmi to‘liq Ahmadaliyevning ustunligida o‘tdi. 7-raundga kelib, Rios ham faollikni oshirdi.
12-raundda Murodjon ketma-ket zarbalardan keyin raqibini nokdaun holatiga tushirdi. Ikkinchi nokdaundan keyin hakam jangni to‘xtatib, o‘zbekistonlik bokschining g‘alabasini qayd etdi.
Bu g‘alaba orqali Murodjon ikkinchi yengil vazn toifasidagi o‘ziga tegishli WBA va IBF kamarlarini himoya qildi.
Yangiliklar lentasi
0