Shavkat Mirziyoyev “BRIKS plyus”da nimalarni taklif qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaOsnovnie tezisi Shavkata Mirziyoyeva na "BRIKS plyus"
Osnovnie tezisi Shavkata Mirziyoyeva na BRIKS plyus - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.06.2022
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev “BRIKS plyus” davlatlari forumida zamonaviy texnologiyalar, transport-logistika, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish sohalarida hamkorlik qilishni taklif qildi.
TOShKENT, 25-iyun – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “BRIKS plyus” davlatlari muloqotida onlayn ishtirok etdi.
O‘z nutqida prezident bugungi kunda O‘zbekiston o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari haqida to‘xtalib o‘tdi.
Yangi O‘zbekistonni barpo etishning asosiy ustuvor yo‘nalishlari davlat boshqaruvini takomillashtirish, kambag‘allikni qisqartirish va 2030-yilga borib aholisi o‘rtachadan yuqori daromad oladigan davlatlar qatoridan joy olish, inklyuziv ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlash, Markaziy Osiyo mintaqasida yaxshi qo‘shnichilik va barqarorlikni mustahkamlash hisoblanadi, - dedi prezident.
Shavkat Mirziyeyov “BRIKS plyus” davlatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish maqsadida quyidagilarni taklif etdi:
O‘zbekiston keng ko‘lamli xalqaro sheriklikka, shu jumladan, “Janub – Janub” formatidagi hamkorlikka ochiq va bu yo‘lga sodiq;
Jahon iqtisodiyotida kuzatilayotgan inqirozli vaziyatda to‘siqlarni bartaraf etish va yangi ishlab chiqarish va savdo-logistika zanjirini yaratish, sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha loyihalarga investitsiyalar jalb etish va infratuzilmalarni modernizatsiya qilish;
texnologiyalar transferi va innovatsiyalarni joriy etish, sun’iy intellekt, raqamlashtirish, biotexnologiyalar, jumladan vaksinalar ishlab chiqarish, sohasida hamkorlikni yanada chuqurlashtirish;
“BRIKS plyus” ishbilarmon doiralari forumini yo‘lga qo‘yish;
O‘zbekiston transport-kommunikatsiyalar sohasidagi bog‘liqlikni kuchaytirish hamda “Shimol – Janub” va “G‘arb – Sharq” transkontinental yo‘nalishlariga mintaqamizni jalb etish tarafdori;
bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlarining barqaror va ochiq harakatini ta’minlash (BMT taklifi);
Iqlim o‘zgarishiga qarshi birgalikda kurashish - bioxilma-xillikni saqlab qolish, suv balansini ta’minlash, “yashil iqtisodiyot” sohasidagi loyihalarni amalga oshirish;
BRIKS va ShHTning o‘zaro amaliy hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqish;
“BRIKS plyus” - Xitoy tomonining raisligida onlayn shaklda o‘tkaziladigan tadbirda BRIKS guruhi mamlakatlari – Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika Respublikasining davlat va hukumat rahbarlari, shuningdek, Argentina, Indoneziya, Jazoir, Malayziya, Misr, Eron, Qozog‘iston rahbarlari ham ishtiro etadi. Jami 18 ta mamlakat delegatsiyalari qatnashishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0