Sankt-Peterburgda "Alvon yelkanlar" bayrami bo‘lib o‘tdi - video

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishPrazdnik vipusknikov "Alie parusa" v Sankt-Peterburge
Prazdnik vipusknikov Alie parusa v Sankt-Peterburge - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.06.2022
Obuna bo‘lish
Bitiruvchilarga Rossiya prezidentning tilaklari ham yetkazildi va taniqli yakkakurash ustasi Habib Nurmagomedov ularning oldida nutq so‘zladi.
TOShKENT, 25-iyun - Sputnik. Sankt-Peterburgda "Alvon yelkanlar" nomli maktab bitiruvchilarining an’anaviy bitiruv kechasi bo‘lib o‘tdi.
Shu kuni minglab o‘quvichlar Saroy madonida to‘planishadi va "Rossiya" nomli yelkanli kemaning mushakbozlik ostida Neva darosidan Fin ko‘rfaziga chiqib ketishini kuzatishadi. Bu tadbir ramziy ma’noda maktab bitiruvchilari ota-onasi bag‘ridan chiqib katta hayotga qadam qo‘yayotganini anglatadi.
Kechada shuningdek maktab bitiruvchilari uchun mashhur artistlar konserti bo‘lib o‘tdi. Unda shou-biznes yulduzlari va taniqli san’atkorlar Xanna, Lyusi Chebotina, Vanya Dmitriyenko, Kosta Lakoste, Hatters va Polina Gagarina kuyladi.
Undan tashqari bitiruvchilarga Rossiya prezidentning tilaklari ham yetkazildi va taniqli yakkakurash ustasi Habib Nurmagomedov ham nutq so‘zladi.
Kechaga maxsus mehmonlar - ayni damda harbiy harakatlar sodir bo‘layotgan Donbass hududidan kelgan maktab bitiruvchilari ham taklif qilindi. Ular orasida 40 nafar Mariupollik bitiruvchilar ham bor. Ular yozgi ta’tilni o‘tkazish uchun Sankt-Peterburgga kelishdi.
© SputnikV Sankt-Peterburge proshel vecher vipusknikov "Alie parusa"
V Sankt-Peterburge proshel vecher vipusknikov Alie parusa  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.06.2022
V Sankt-Peterburge proshel vecher vipusknikov "Alie parusa"
Yangiliklar lentasi
0