Maxsus operatsiya: 24-iyunning asosiy xabarlari
12:45 25.06.2022 (yangilandi: 18:38 05.04.2023)
© Sputnik / RIA Novosti
/ Obuna bo‘lish
Rossiya, DXR va LXR qo‘shinlarning muvaffaqiyatli hujumi ko‘plab Ukraina harbiylarining qarshilikdan voz kechish va qurol topshirishga undamoqda.
TOShKENT, 25-iyun - Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi Donbassda o‘tkazilayotgan maxsus operatsiya bo‘yicha 24-iyunning asosiy xabarlarini ma’lum qildi.
Bayonotda aytilishiga ko‘ra:
so‘nggi 5 kun ichida 11 ta aholi punkti ozod qilindi;
"Markaz" qo‘shinlari guruhi Ukraina qo‘shinlarining puxta tayyorlangan mudofaasini yorib o‘tib, dushmanni mag‘lub etdi va Lisichanskni janubdan to‘sdi;
Janubiy kuchlar guruhi qurshovdagi Ukraina guruhini Gorskiy "qozonida” mag‘lub etishni yakunladi, Gorskoe va Zolote aholi punktlari ozod qilindi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi;
️Ukraina qo‘shinlari Severodoneskdan yangi, yanada mustahkamlangan pozitsiyalarga chekinadi, ular allaqachon tegishli buyruqni oldilar, dedi Kiyev tomonidan tayinlangan Lugansk viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Gayday;
️Xersondagi terakt oqibatida viloyat yoshlar va sport boshqarmasi boshlig‘i Dmitriy Savluchenko vafot etdi. Huquq-tartibot idoralaridagi manbaga ko‘ra, portlovchi qurilmaning kuchi 300 gramm trotilni tashkil qilgan. Xerson ma’muriyati rahbari qotillik Ukraina rasmiylarining buyrug‘i bilan diversantlar tomonidan sodir etilganini aytdi;
Rossiya Mudofaa vazirligi Kiyevda yangi provokatsiya yuz berishi mumkinligi haqida e’lon qildi: Ukraina jangarilari 19-asrda Odessadagi vabodan vafot etganlar qabristoni hududida artilleriya va yoppasiga o‘t ochish reaktiv tizimlarini to‘plashmoqda;
️Makiyevkada (DXR) 21-iyun kuni Ukraina qo‘shinlari tomonidan o‘qqa tutilishi natijasida halok bo‘lgan olti yoshli qiz Alina Grebennikova xotirasiga yodgorlik paydo bo‘ldi.
Rossiya maxsus operatsiyasi
Rossiya 2022-yil 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi. Shuningdek, Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.