Konslagerda omon qolgan toshkentlik bokschi haqida film suratga olindi

© Media Park ProductionIvan Fominov v roli Andreya Borzenko v filme "Borzenko: Ring za kolyuchey provolokoy"
Ivan Fominov v roli Andreya Borzenko v filme Borzenko: Ring za kolyuchey provolokoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.06.2022
Obuna bo‘lish
Yaqinda Moskvada urush qahramoni, toshkentlik bokschi Andrey Borzenkoga bag‘ishlangan hujjatli film premyerasi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 25-iyun - Sputnik. Boks bo‘yicha O‘zbekiston SSR chempioni, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi va Buxenvald konslagerida omon qolgan toshkentlik Andrey Borzenko yodga olindi. “Borzenko- tikan simlar orasidagi ring”- atoqli bokschi haqidagi hujjatli film premyerasi avval Toshkentda, keyin esa 22-iyun kuni Moskvadagi “Muzeon”da tashkil etildi.

Andrey Andreyevich Borzenko

1920 yilda tug‘ilgan. Bolaligidan boksga qiziqqan. Sportchining murabbiyi o‘zbek boks maktabi asoschisi Sidney Jakson edi. 1938-1939 yillarda Borzenko boks bo‘yicha O‘zbekiston SSR chempioni bo‘ldi.
© Media Park ProductionIvan Fominov v roli Andreya Borzenko v filme "Borzenko: Ring za kolyuchey provolokoy"
Ivan Fominov v roli Andreya Borzenko v filme Borzenko: Ring za kolyuchey provolokoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.06.2022
Ivan Fominov v roli Andreya Borzenko v filme "Borzenko: Ring za kolyuchey provolokoy"
Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, artilleriyachi. 1941-yil sentabr oyida Dnepr qirg‘og‘idagi janglarda asirga tushgan. Ikki marotaba qochishga harakat qilgan. Buning uchun esa uni Germaniyadagi eng yirik konslagerlardan biri Buxenvaldga jo‘natishgan. 1937-yildan 1945-yillarda u yerda 56 mingdan ortiq mahbus halok bo‘lgan. Odamlar qiynoqlar, ochlik, kasallik, jazolar va ular ustidan o‘tkazilgan tibbiy tajribalar tufayli halok bo‘lishgan.
Andrey Borzenko omon qolgan. Garchi uni konslager ma’muriyati harbiy asirlar va mahalliy jinoyatchilar bilan bellashishga majbur qilishsada. Bunday bellashuvlarni natsistlar o‘z ko‘ngilxushligi uchun tashkillashtirishgan va “Xalqaro skeletlar birinchiligi” deb nomlashgan. Biroq Andrey Borzenko odatiy bo‘lib qolgan holni o‘zgartirgan- 80 dan ortiq jangda g‘olib bo‘lib chiqqan.
Urushdan so‘ng Borzenko ona shahri Toshkentga keldi va shu yerda jarrohlik bo‘yicha tahsil oldi. Keyinchalik yozuvchi Georgiy Sviridov Andrey Borzenko qahramonligi haqida o‘zining “Tikan simlar orasidagi ring” nomli kitobida yozib o‘tgan. Asar Borzenkoning xotiralari asosida yaratilgan. Rossiyalik kinoproduser Yelena Geladze undan ilhomlanib hujjatli film suratga olishga qaror qildi.
© SputnikPremyera filma "Borzenko: ring za kolyuchey provolokoy" v Moskve
Premyera filma Borzenko: ring za kolyuchey provolokoy v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.06.2022
Premyera filma "Borzenko: ring za kolyuchey provolokoy" v Moskve
Sputnik muxbiri ushbu film produseri Yelena Geladze bilan suhbat qildi.
“Yaqin do‘stim va hamproyuserim Sergey Repeynikov menga “Tikan simlar orasidagi ring” nomli ajoyib kitobni o‘qishni tavsiya qildi. Ikki kunda uni o‘qib chiqdim va Andrey Borzenkoning irodaliligidan hayratga tushdim. Kitobni o‘qib bo‘lgandan so‘ng bu inson hozir qayerda ekanligi haqida ma’lumotlar yig‘a boshladim”,- deydi Geladze.
Proyuserning aytishicha, O‘zbekiston Sport vazirlishi ko‘magi bilan bokserni topishga muvaffaq bo‘lishgan. Sportchining qarindoshlari ruxsati bilan film ijodkorlari bokschi bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar va materiallarni qidirishgan va hatto Borzenkoning maktabda o‘qib yurgan kezlaridayoq tutib kelgan kundaligini topib olishgan.
© SputnikPremyera filma "Borzenko: ring za kolyuchey provolokoy" v Moskve
Premyera filma Borzenko: ring za kolyuchey provolokoy v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.06.2022
Premyera filma "Borzenko: ring za kolyuchey provolokoy" v Moskve
“Kundalikni topib olganimiz biz uchun eng katta hodisa bo‘ldi. Natijada filmni sportchining kundaligi asosida yaratishga qaror qildik”, - deydi produser.
Produserning fikrlariga ko‘ra, aynan O‘zbekistondagi hayot Andrey Borzenkoga konslagerdan omon qaytishiga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
© SputnikPremyera filma "Borzenko: ring za kolyuchey provolokoy" v Moskve
Premyera filma Borzenko: ring za kolyuchey provolokoy v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.06.2022
Premyera filma "Borzenko: ring za kolyuchey provolokoy" v Moskve
“Borzenkoning O‘zbekistonga muhabbati baland bo‘lgan. Urushdan so‘ng unga hatto Yevropada qolishni taklif qilishadi, ammo u Vataniga qaytib keladi. Deyarli butun hayotini Toshkent shahrida yashab o‘tadi. Uning farzandlari ham Toshkentda istiqomat qilishadi. Menimcha, Toshkent bokschi uchun kuch manbai bo‘lgan”,- deya fikrlarini bildirdi produser.
Andrey Borzenko rahbarligida sport bilan shug‘ullangan odamlar, shuningdek, sportchining o‘g‘li bilan intervyu lavhalarida Toshkent ham o‘zgacha shaklda namoyon bo‘lgan. O‘zbekiston hukumati ham film ijodkorlariga katta yordam bergan.
“Bizga hatto suratga olish uchun barcha jarayonlarda yordam beramiz deyishdi. Shunday bo‘ldi ham. Premyerani tashkillashtirib berishdi, odamlarni yig‘ishdi. O‘zbek filmi davlat fondi ham bizga ko‘mak berdi. U yerdan bizga Sidney Jakson tasvirlangan noyob kadrlar bilan bo‘lishishdi. Bu lavhalardan boshqa hech qayerda foydalanilmagan. Shuningdek, bizga Andrey Andoreyevichning o‘zlari hakam va murabbiy ekanligida olingan kadrlarni taqdim etishdi”- deya so‘zlab berdi Yelena Geladze.
© Foto : Media Park Prodakshn20 iyunya v Tashkente sostoyalas premyera dokumentalnogo filma "Ring za kolyuchey provolokoy" o sovetskom boksore iz Uzbekistana Andree Borzenko.
20 iyunya v Tashkente sostoyalas premyera dokumentalnogo filma Ring za kolyuchey provolokoy o sovetskom boksore iz Uzbekistana Andree Borzenko. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.06.2022
20 iyunya v Tashkente sostoyalas premyera dokumentalnogo filma "Ring za kolyuchey provolokoy" o sovetskom boksore iz Uzbekistana Andree Borzenko.
Produserning aytishicha, film muvaffaqiyatli chiqqan- buni tomoshabinlarning munosabatidan ham bilsa bo‘ladi.
“Menga aytishlaricha, Adrey Andreyevichning o‘g‘li hatto yig‘lab yuborgan. Ba’zi tomoshabinlar premyera paytida ko‘z yoshlarini tiyib turolmadilar. Film ularni ta’sirlantirdi”, - deydi u.
Aytish joiz, hujjatli filmdan so‘ng, Borzenko haqida badiiy kino yaratish rejasi ham yo‘q emas.
“Ammo biroz keyinroq, - deydi Geladze.- Badiiy filmda biz to‘qimalardan foydalanishimiz mumkin. Bunda esa biz real voqealarni tasvirga olishga harakat qildik. Bu film- voqealarning hujjatli xronikasi. Biz hatto Buxenvaldagi arxiv kadrlardan ham foydalanganmiz”.
© SputnikPremyera filma "Borzenko: ring za kolyuchey provolokoy" v Moskve
Premyera filma Borzenko: ring za kolyuchey provolokoy v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.06.2022
Premyera filma "Borzenko: ring za kolyuchey provolokoy" v Moskve
Yangiliklar lentasi
0