Xitoyda blogerlarga tibbiyot va huquq masalalarida gapirish taqiqlandi

© Sputnik / Denis Abramov / Mediabankka o‘tishDevushka fotografiruyet kota na odnoy iz ulis v Jeleznovodske
Devushka fotografiruyet kota na odnoy iz ulis v Jeleznovodske - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.06.2022
Obuna bo‘lish
So‘nggi 16 oy ichida Xitoy hukumati onlayn kontentni tartibga solishni kuchaytirgan va foydalanuvchilar uchun qo‘shimcha cheklovlar joriy etgan.
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Xitoyda blogerlar, strimerlar va boshqa fikr yetakchilariga zarur ma’lumotga ega bo‘lmasdan turib tibbiyot va huquqshunoslik mavzularida gapirish taqiqlandi. Bu haqda CNBC xabar berdi.
Yangi qoidalarga ko‘ra, inflyuyenserlar o‘zlari translatsiya olib borayotgan platformada malakasini tasdiqlashi shart bo‘ladi. Onlayn-strimlar maydonchalari administratorlari esa ixtisoslashtirilgan kontent mualliflarining malakasini tekshirish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
So‘nggi 16 oy ichida Xitoy hukumati onlayn kontentni tartibga solishni kuchaytirgan va foydalanuvchilar uchun qo‘shimcha cheklovlar joriy etgan. Xususan, 16 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarga soat 22:00 dan so‘ng strimlarni tomosha qilish taqiqlandi.
Translatsiya mualliflariga hashamatli narsalar va shohona yashash tarzini namoyish etish, shuningdek, shahvoniy va provokatsion mohiyatga ega kontent tayyorlash taqiqlanadi.
Yangiliklar lentasi
0