Ulug‘bek Rashitov taekvondo bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi

© Milliy Olimpiya qo‘mitasi Ulug‘bek Rashitov tayekvondo bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi
Ulug‘bek Rashitov tayekvondo bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.06.2022
Obuna bo‘lish
Ulug‘bek Rashitov finalda iordaniyalik Zaid Karimga qarshi dayanga chiqdi va ikkala raundda ham g‘alabaga erishdi.
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. O‘zbekistonlik sportchi Ulug‘bek Rashitov Osiyo chempioni bo‘ldi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Janubiy Koreyada taekvondo bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Unda -68 kg vazn toifasida Ulug‘bek Rashitov finalda iordaniyalik Zaid Karimga qarshi dayanga chiqdi va ikkala raundda ham g‘alabaga erishib, Osiyo chempioniga aylandi.
Rashitov musobaqani nimchorak finaldan boshladi va falastinlik Fahid Abdulrazoqni 2:0 hisobida taslim qildi.
Shundan so‘ng chorak finalda mo‘g‘ulistonlik Engbold Buyanshagai, yarim finalda eronlik Doniyol Bozorgishob ham mag‘lub etildi – 2:0.
Shuningdek, -53 kg vazn toifasi ishtirok etgan Charos Qayumova musobaqani kumush medal bilan yakunladi. U bellashuvda eronlik Nahid Kiyanchandehga imkoniyatni boy berdi.
Shu tariqa, qit’a birinchiligining birinchi kunida O‘zbekiston jamoasi 1 ta oltin va 1 ta kumush medallariga sazovor bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0