Tez orada Pokistonga o‘zbek qovunlari eksporti boshlanadi

© Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligiQovunning "Zarhal" navi
Qovunning Zarhal navi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.06.2022
Obuna bo‘lish
Yil yakuniga qadar Pokistonga 2,5 tonna xo‘l va quruq meva eksportini amalga oshirish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Tez orada Pokistonga o‘zbek qovunlari eksporti boshlanadi. Bu haqda yaqinda Afg‘oniston hududi orqali Pokistonga o‘zbek haydovchilari bilan yuk tashuvlarini amalga oshirgan “Chemical Business” korxonasi rahbari Faxriddin Nabiyev ma’lum qildi.
“Mart oyida Prezidentlar uchrashuvidan keyin ikki tomonlama judayam katta imkoniyatlar yuzaga keldi. Bizga asosan, portlar kerak, ya’ni dengiz kerak. Biz O‘zbekistonning mahsulotlarini tezroq portga yetkazib berishimiz kerak. Prezidentlar uchrashuvidan keyin bu imkoniyatlar ochildi va biz hozir ulardan 100 % foydalanayapmiz”, deydi Faxriddin Nabiyev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, daslabki bosqichda korxona tomonidan Sirdaryoda yetishtirilgan 40 tonnaga yaqin qovun mahsulotlari Pokiston bozoriga yetkazib beriladi.
Yil yakuniga qadar esa Pokiston Islom Respublikasiga 2500 tonna xo‘l va quruq meva eksportini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu korxona ishchilari bo‘lgan Dilmurod Normatov va Oybek Begmatovlar “Toshkent – Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar – Karachi” yo‘nalishida yuk tashuvlarini amalga oshirgan ilk o‘zbek haydovchilaridir.
Yangiliklar lentasi
0