https://oz.sputniknews.uz/20220624/shavkat-mirziyoev-brics-sammitida-nutq-sozlaydi-25598720.html
Shavkat Mirziyoyev BRICS sammitida nutq so‘zlaydi
Shavkat Mirziyoyev BRICS sammitida nutq so‘zlaydi
Sputnik O‘zbekiston
Tadbirda Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika Respublikasining davlat va hukumat rahbarlari, shuningdek, Argentina, Indoneziya, Jazoir, Malayziya... 24.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-24T09:57+0500
2022-06-24T09:57+0500
2022-06-24T10:12+0500
siyosat
prezident
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/18/25600590_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_7f5c9dc399a5b1ed83155a721781bef8.jpg
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan bugun, “BRIKS plyus” formatidagi Global rivojlanish masalalari bo‘yicha yuqori darajali muloqotda ishtirok etadi.Xitoy tomonining raisligida onlayn shaklda o‘tkaziladigan tadbirda BRIKS guruhi mamlakatlari – Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika Respublikasining davlat va hukumat rahbarlari, shuningdek, Argentina, Indoneziya, Jazoir, Malayziya, Misr, Eron, Qozog‘iston rahbarlari ham ishtiro etadi.Jami 18 ta mamlakat delegatsiyalari qatnashishi kutilmoqda.Forum davomida 2030-yilga qadar Barqaror rivojlanish kun tartibini amalga oshirish borasidagi global sheriklikni mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqiladi.O‘zbekiston prezidenti o‘z nutqida Barqaror rivojlanish maqsadlariga birgalikda erishishda keng xalqaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tadi.Ma’lumot uchun, yangi “BRIKS plyus” formati BRIKS guruhiga a’zo davlatlarning boshqa yetakchi rivojlanayotgan mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatli va ko‘p qirrali hamkorligini yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etilgan.Forum o‘zaro savdo va investitsiyalarni ilgari surish, ilg‘or texnologiyalar va bilimlarni transfer qilish, kooperatsiya aloqalarini va transport-kommunikatsiya bog‘liqligini rivojlantirish, xavfsizlik sohasida konstruktiv muloqotni mustahkamlashda katta o‘rin tutadi.BRIKS mamlakatlarida 3 mlrdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Ularning hissasiga jahon yalpi ichki mahsulotining 25 foizga yaqini, global savdoning qariyb 20 foizi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning 25 foizi to‘g‘ri keladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/18/25600590_0:0:1440:1080_1920x0_80_0_0_11ef4cb73168a7cc0a2904c2082b5a3b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, prezident
Shavkat Mirziyoyev BRICS sammitida nutq so‘zlaydi
09:57 24.06.2022 (yangilandi: 10:12 24.06.2022) Tadbirda Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika Respublikasining davlat va hukumat rahbarlari, shuningdek, Argentina, Indoneziya, Jazoir, Malayziya, Misr, Eron, Qozog‘iston rahbarlari ham ishtiro etadi.
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan bugun, “BRIKS plyus” formatidagi Global rivojlanish masalalari bo‘yicha yuqori darajali muloqotda ishtirok
etadi. Xitoy tomonining raisligida onlayn shaklda o‘tkaziladigan tadbirda BRIKS guruhi mamlakatlari – Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika Respublikasining davlat va hukumat rahbarlari, shuningdek, Argentina, Indoneziya, Jazoir, Malayziya, Misr, Eron, Qozog‘iston rahbarlari ham ishtiro etadi.
Jami 18 ta mamlakat delegatsiyalari qatnashishi kutilmoqda.
Forum davomida 2030-yilga qadar Barqaror rivojlanish kun tartibini amalga oshirish borasidagi global sheriklikni mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqiladi.
“Eng avvalo, “yashil” iqtisodiyot, yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar, raqamlashtirish, transport va logistika, gumanitar almashinuv sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratiladi”, deyiladi xabarda.
O‘zbekiston prezidenti o‘z nutqida Barqaror rivojlanish maqsadlariga birgalikda erishishda keng xalqaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, yangi “BRIKS plyus” formati BRIKS guruhiga a’zo davlatlarning boshqa yetakchi rivojlanayotgan mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatli va ko‘p qirrali hamkorligini yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etilgan.
Forum o‘zaro savdo va investitsiyalarni ilgari surish, ilg‘or texnologiyalar va bilimlarni transfer qilish, kooperatsiya aloqalarini va transport-kommunikatsiya bog‘liqligini rivojlantirish, xavfsizlik sohasida konstruktiv muloqotni mustahkamlashda katta o‘rin tutadi.
BRIKS mamlakatlarida 3 mlrdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Ularning hissasiga jahon yalpi ichki mahsulotining 25 foizga yaqini, global savdoning qariyb 20 foizi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning 25 foizi to‘g‘ri keladi.