https://oz.sputniknews.uz/20220624/ozbekistonda-10ta-yangi-pedagogika-otm-tashkil-etiladi---prezident-qarori-25620275.html
O‘zbekistonda 10ta yangi pedagogika OTM tashkil etiladi - prezident qarori
O‘zbekistonda 10ta yangi pedagogika OTM tashkil etiladi - prezident qarori
Sputnik O‘zbekiston
Pedagoglarning xorijda o‘qishi uchun kamida 35 ta alohida kvota ajratiladi. 24.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-24T18:05+0500
2022-06-24T18:05+0500
2022-06-24T18:05+0500
jamiyat
yangi qaror
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/641/25/6412588_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_1bd84476168f818158d58b149f9ee1e4.jpg
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Pedagogika yo‘nalishida 10 ta OTM tashkil etiladi. Bu haqda prezident qabul qilgan PQ–289-son qarorda nazarda tutilgan.Xususan, bakalavr va magistrlar tayyorlashga ixtisoslashgan Urganch, Namangan, Guliston, Andijon, Buxoro, Termiz, Shahrisabz, Chirchiq va Jizzaxda davlat pedagogika OTMlari tashkil qilinadi. Shuningdek 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab:Qo‘shimcha pedagogik tayyorlov dasturlari.2023 yil 1-yanvargacha talabalar uchun ularning ta’lim yo‘nalishlariga turdosh bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha qo‘shimcha pedagogik tayyorlov dasturlari ishlab chiqiladi. Dasturlar bo‘yicha o‘qishga OTM bakalavriatining so‘nggi ikki bosqichda o‘qiyotgan talabalar qabul qilinadi.Dasturlarni o‘zlashtirganlik to‘g‘risidagi sertifikatni olganlar o‘qishni bitirganidan so‘ng qayta tayyorlash kurslaridan o‘tmasdan maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida ishlashhuquqi beriladi.2023/2024 o‘quv yilidan qo‘shma ta’lim dasturlarida ta’lim olayotgan talabalarning hamkor xorijiy OTMda o‘qish davri uchun to‘lov-kontrakt qiymatini qoplab berish tartibi joriy etiladi.Shuningdek, 2023-yildan pedagogika sohasi bo‘yicha nufuzli xorijiy OTMda bakalavriat, magistratura, doktorantura dasturlari asosida kadrlar tayyorlash uchun “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyalari hisobidan kamida 35 ta alohida kvota ajratiladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/641/25/6412588_341:0:3072:2048_1920x0_80_0_0_332f0b8dd836384d090eea8e93e3c6b6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, yangi qaror
O‘zbekistonda 10ta yangi pedagogika OTM tashkil etiladi - prezident qarori
Pedagoglarning xorijda o‘qishi uchun kamida 35 ta alohida kvota ajratiladi.
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Pedagogika yo‘nalishida 10 ta OTM tashkil etiladi. Bu haqda prezident qabul qilgan PQ–289-son qarorda nazarda
tutilgan. Xususan, bakalavr va magistrlar tayyorlashga ixtisoslashgan Urganch, Namangan, Guliston, Andijon, Buxoro, Termiz, Shahrisabz, Chirchiq va Jizzaxda davlat pedagogika OTMlari tashkil qilinadi.
Undan tashqari O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti ham tashkil qilinadi, - deyilgan qaror matnida.
Shuningdek 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab:
maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’limda foydalaniladigan darsliklar hamda metodik qo‘llanmalarni pedagog kadrlar tayyorlovchi OTMga ularning talabnomasiga muvofiq pullik asosda taqdim etish tartibi joriy qilinadi;
pedagog kadrlar tayyorlovchi OTM kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan 2–4-bosqich talabalari uchun haftalik o‘quv mashg‘ulotlari “4+2” tartibida (darslarning 4 kuni OTMda, 2 kuni maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tash tartibida) olib boriladi;
2023/2024 o‘quv yili qabulidan pedagogik kadrlar tayyorlovchi OTMning ayrim ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga
oshirilmaydi.Qo‘shimcha pedagogik tayyorlov dasturlari.
2023 yil 1-yanvargacha talabalar uchun ularning ta’lim yo‘nalishlariga turdosh bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha qo‘shimcha pedagogik tayyorlov dasturlari ishlab chiqiladi. Dasturlar bo‘yicha o‘qishga OTM bakalavriatining so‘nggi ikki bosqichda o‘qiyotgan talabalar qabul qilinadi.
Dasturlarni o‘zlashtirganlik to‘g‘risidagi sertifikatni olganlar o‘qishni bitirganidan so‘ng qayta tayyorlash kurslaridan o‘tmasdan maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida ishlashhuquqi beriladi.
2023/2024 o‘quv yilidan qo‘shma ta’lim dasturlarida ta’lim olayotgan talabalarning hamkor xorijiy OTMda o‘qish davri uchun to‘lov-kontrakt qiymatini qoplab berish tartibi joriy etiladi.
Shuningdek, 2023-yildan pedagogika sohasi bo‘yicha nufuzli xorijiy OTMda bakalavriat, magistratura, doktorantura dasturlari asosida kadrlar tayyorlash uchun “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyalari hisobidan kamida 35 ta alohida kvota ajratiladi.