https://oz.sputniknews.uz/20220624/ozbekiston-tashqi-savdo-aylanmasi-37-foizga-oshdi-25603514.html
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 37 foizga oshdi
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 37 foizga oshdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining eng katta hajmi Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya, Janubiy Koreya, Germaniya va Qirg‘iziston hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. 24.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-24T11:17+0500
2022-06-24T11:17+0500
2022-06-24T11:17+0500
iqtisod
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/1c/17997532_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_336836226fb6c054165afaace1396079.jpg
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 20,5 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lum qildi.Markaz mamlakat tashqi savdosining yanvar-may oylari yakunlari bo‘yicha sharh tayyorladi.Tashqi savdo umumiy hajmida eksport ulushi $8,4 mlrdni, import esa $12,2 mlrdni tashkil etdi. Natijada tashqi savdo aylanmasi saldosi -$3 809,7 mln.ga teng bo‘ldi.Mamlakatning tashqi savdo faoliyati bo‘yicha eng yirik 20 ta hamkori orasida Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkiya mamlakatlari bilan savdoda ijobiy saldo kuzatilmoqda. Qolgan 16 mamlakatlar bilan tashqi savdo aylanmasining passiv balansi saqlanib qolmoqda.Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi dunyoning 167 ta davlati bilan savdo munosabatlari o‘rnatgan.Respublika tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng salmoqli ulush Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda - 37,4% ($7672,3 mln.), eng kam ulush esa Surxondaryo viloyati - 0,9% yoki $184,7 mln.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/1c/17997532_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_407f2655c7b33f7532ad163af37adfe8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 37 foizga oshdi
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining eng katta hajmi Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya, Janubiy Koreya, Germaniya va Qirg‘iziston hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 20,5 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lum
qildi. Markaz mamlakat tashqi savdosining yanvar-may oylari yakunlari bo‘yicha sharh tayyorladi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan $5,6 mlrdga (o‘sish 37,4%) oshgan.
Tashqi savdo umumiy hajmida eksport ulushi $8,4 mlrdni, import esa $12,2 mlrdni tashkil etdi. Natijada tashqi savdo aylanmasi saldosi -$3 809,7 mln.ga teng bo‘ldi.
Mamlakatning tashqi savdo faoliyati bo‘yicha eng yirik 20 ta hamkori orasida Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkiya mamlakatlari bilan savdoda ijobiy saldo kuzatilmoqda. Qolgan 16 mamlakatlar bilan tashqi savdo aylanmasining passiv balansi saqlanib qolmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi dunyoning 167 ta davlati bilan savdo munosabatlari o‘rnatgan.
Tashqi savdo aylanmasining eng katta hajmi Xitoy (18,5%), Rossiya (15,8%), Qozog‘iston (8,5%), Turkiya (7,0%), Janubiy Koreya (5,3%), Germaniya (2,4%) va Qirg‘iziston (2,1%) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Respublika tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng salmoqli ulush Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda - 37,4% ($7672,3 mln.), eng kam ulush esa Surxondaryo viloyati - 0,9% yoki $184,7 mln.