https://oz.sputniknews.uz/20220624/maktablarda-rus-tilini-organishga-qiziqish-ortmoqda-25602073.html
Maktablarda rus tilini o‘rganishga qiziqish ortmoqda
Maktablarda rus tilini o‘rganishga qiziqish ortmoqda
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 643 ming nafar o‘quvchi rus tilini o‘rganmoqda. Respublikada jami maktab o‘quvchilari soni 6,2 millionga yaqin. 24.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-24T11:42+0500
2022-06-24T11:42+0500
2022-06-24T12:11+0500
jamiyat
rus tili
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/1b/21108871_0:235:2807:1814_1920x0_80_0_0_52472c60b7261aa0e2f637dfe66fb1e4.jpg
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda rus tilini o‘rganishni ma’qul ko‘radigan o‘quvchilar soni 640 mingdan ko‘p. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.2021-2022-o‘quv yili boshida o‘rganiladigan tillar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:Ma’lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekiston maktablarida jami 6,2 millionga yaqin o‘quvchilar tahsil oladi.Qayd etish kerakkai, so‘nggi yillarda O‘zbekistondagi ta’lim muassasalarida rus tilini targ‘ib qilish va o‘rganish bo‘yicha qator loyihalar amalga oshirildi.Xususan, 2020-yil oktabr oyida Rossiya Ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi va rossiyalik ishbilarmon Alisher Usmonovning “San’at, fan, sport” xayriya fondi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda rus tilini bilish darajasini oshirish maqsadida “Klass!” loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida bitim imzolangan. Loyiha 10-yilga mo‘ljallangan.Dasturni amalga oshirishda Rossiyaning Gersen nomidagi Rus tili instituti va O‘zbekiston o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va malaka oshirish Instituti ishtirok etadi.Loyiha doirasida 2021-yil sentabr oyidan buyon O‘zbekistondagi 150 nafar o‘qituvchi va bir necha o‘nlab metodistlar ta’lim muassasalariga yuborildi.Bundan tashqari, A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti O‘zbekiston maktablarining milliy sinflari uchun rus tili darsliklarini tayyorlashini bildirdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/1b/21108871_38:0:2769:2048_1920x0_80_0_0_9e779b0c49dd4f209d0155835996621b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, rus tili
Maktablarda rus tilini o‘rganishga qiziqish ortmoqda
11:42 24.06.2022 (yangilandi: 12:11 24.06.2022) O‘zbekistonda 643 ming nafar o‘quvchi rus tilini o‘rganmoqda. Respublikada jami maktab o‘quvchilari soni 6,2 millionga yaqin.
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda rus tilini o‘rganishni ma’qul ko‘radigan o‘quvchilar soni 640 mingdan ko‘p. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati
ma’lum qildi. Statqo‘mga ko‘ra, 2021-2022-o‘quv yili boshidan buyon 643 ming nafar o‘quvchi rus tilida bilim olmoqda. 126 ming nafar o‘quvchi esa qoraqalpoq tilini o‘rganishni ma’qul ko‘rgan.
2021-2022-o‘quv yili boshida o‘rganiladigan tillar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
rus tili - 643 ming o‘quvchi;
qoraqalpoq tili - 126 ming o‘quvchi;
tojik tili – 65 ming nafar o‘quvchi;
qozoq tili – 54 ming nafar o‘quvchi;
turkman tili – 11 ming nafar o‘quvchi;
qirg‘iz tili – 8,2 ming nafar o‘quvchi;
ingliz tili – 1,5 ming nafar o‘quvchi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekiston maktablarida jami 6,2 millionga yaqin o‘quvchilar tahsil oladi.
Qayd etish kerakkai, so‘nggi yillarda O‘zbekistondagi ta’lim muassasalarida rus tilini targ‘ib qilish va o‘rganish bo‘yicha qator loyihalar amalga oshirildi.
Xususan, 2020-yil oktabr oyida Rossiya Ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi va rossiyalik ishbilarmon Alisher Usmonovning “San’at, fan, sport” xayriya fondi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda rus tilini bilish darajasini oshirish maqsadida “Klass!” loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida bitim imzolangan. Loyiha 10-yilga
mo‘ljallangan.Dasturni amalga oshirishda Rossiyaning Gersen nomidagi Rus tili instituti va O‘zbekiston o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va malaka oshirish Instituti ishtirok etadi.
Loyiha doirasida 2021-yil sentabr oyidan buyon O‘zbekistondagi 150 nafar o‘qituvchi va bir necha o‘nlab metodistlar ta’lim muassasalariga yuborildi.
Bundan tashqari, A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti O‘zbekiston maktablarining milliy sinflari uchun rus tili darsliklarini tayyorlashini
bildirdi.