“Utair” aviakompaniyasi O‘zbekistonga yangi reyslarni yo‘lga qo‘ydi

© SputnikSamolyot aviakompanii "YuTeyr". Arxivnoe foto
Samolyot aviakompanii YuTeyr. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2022
Obuna bo‘lish
Rossiyaning “Utair” aviakompaniyasi Moskva-Samarqand yo‘nalishida yangi reysni yo‘lga qo‘ydi.
TOShKENT, 23-iyun - Sputnik. Rossiyaning “Utair” aviakompaniyasi Moskva-Samarqand yo‘nalishida yangi reysni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, parvozlar 21-iyundan boshlab haftasiga ikki marta seshanba va chorshanba kunlari amalga oshiriladi. Samolyot Moskvadan 12:40 da, Samarqanddan esa 20:20 da uchadi.
Shuningdek, aviakompaniya Moskvadan Buxoroga parvozlar chastotasini haftasiga 3 tagacha oshiradi. Bundan tashqari, har kuni Moskva-Toshkent reyslarini amalga oshirishda davom etadi.
“Utair”ning Moskva-Buxoro yo‘nalishidagi parvozlari 2-iyuldan boshlab dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladi. Chipta narxi 6970 rubldan boshlanadi.
“O‘zbekiston yo‘lovchilarimiz uchun mashxur manzil bo‘lib, ularga qulaylik yaratish maqsadida parvozlar amalga oshiriladigan shaharlar sonini ko‘paytirdik”, deydi kompaniya rahbari Oleg Semonov.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida “Utair” aviakompaniyasiToshkentdan Tumen va Surgutga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ygan edi. Har ikkala reys haftada bir marta payshanba kunlari amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0