“Ukrainaning yevropalashgan yo‘li” YeIni qayerga olib boradi?

© Sputnik / Alexey Vitvitsky / Mediabankka o‘tishFlagi Ukraini i Yevropeyskogo Soyuza
Flagi Ukraini i Yevropeyskogo Soyuza - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2022
Obuna bo‘lish
Yevroittifoq Ukrainaga nomzodlik maqomini berishga qaror qildi.
27 mamlakatning hammasi rozi bo‘lishi uchun ko‘p harakat qilish kerak bo‘ldi, garchi nomzodlik maqomi ittifoqqa a’zo bo‘lishni kafolatlamasligi aniq bo‘lsada. Buning uchun Turkiyaning chorak asrlik tajribasini eslatib o‘tish kifoya. Bundan tashqari, ishonch bilan aytish mumkinki, Ukraina hech qachon YeIning bir bo‘lagi bo‘la olmaydi. Biroz avvalroq yevropalik bo‘lgan ko‘pchilik elitaga ham bu tushunarli bo‘ldi.
Ammo hozir ular o‘zlarini “rus tajovuziga qattiq qarshilik ko‘rsatayotgan qahramon Ukraina”ni siyosiy va ruhan qo‘llab-quvvatlayotgandek tutishmoqda va nomzodlik maqomining berilishi (hatto YeIga a’zo bo‘lish uchun o‘n yillab ketishga ommaviy ishontirishga harakat qilishganda ham) to‘g‘ri yo‘l bo‘lishini aytishmoqda. Va Moskvaga: bu bizning potensial hududimiz, qoching undan, bizda uning haqimiz bor degan signalni bermoqda. Aynan shu Ukrainada sodir bo‘layotganlarning asl sababi hisoblanadi- Yevropa, G‘arbning boshqalarnikiga iddaosi.
Garchi Vladimir Putin yaqinda Peterburgda bo‘lgan forumda Ukrainaga nomzod maqomini berish borasida chetlanib javob bergan bo‘lsada, -ya’ni, bu bizning ishimiz emas, chunki bu harbiy blok emas- tushunarli bo‘ldiki, Rossiya Yevropaning Ukraina hududiga da’vo qilishini befarq emas. Bundan tashqari Yevropa Ittifoqi va Ukraina o‘rtasida assosiatsiya shartnomasini imzolashga tayyorgarlik Ukrainaning Yevropa va Rossiya o‘rtasidagi muvozanatining sabr-kosasini to‘ldirgan oxirgi tomchi bo‘ldi.
2013 yilning kuzida Putin Yanukovichni assosiatsiya kelishuvi imzolanishini keyingi qoldirishga ishontirdi va hammasi boshlandi: Maydan, davlat to‘ntarishi, Qrim va Donbass. Darvoqe, assosiatsiya shartnomasi yangi hukumat tomonidan 2014-yil mart oyida imzolangan (iqtisodiy qismi- iyun oyida), ya’ni ular “Yevropa tanlovi”ni belgilashga shoshilishgan.
Aslida esa Ukrainani shundoq ham hech kim YeIda kutayotgani yo‘q edi - va masala u yerda uning qandaydir ko‘rsatkichlarga to‘g‘ri tayyor bo‘lmaganida emas. Asosiy sababi bitta: Yevropa Ukraina begonaniki ekanini tushunadi. Begona sivilizatsiya, begona geosiyosiy maydon, boz ustiga, nafaqat begona, balki begonaning bir qismi. Ya’ni, albatta Yevropa rus dunyosining bir bo‘lagiga ta’sir doirasini qo‘shishga qarshi bo‘lmas edi, (tarkibiga emas, bu uzoq kelajak masalasi), biroq buni Rossiya bilan munosabatlarning buzilishi, qolaversa, u bilan urush hisobiga bo‘lishini istamagan. Harbiy operatsiya boshlangan to‘rt oydan buyon nimalar o‘zgardi?
Axir Yevropa Rossiyaning doim o‘ziniki bo‘lganlarni qaytarishga kelishiga amin bo‘lmaganmi? Nahotki hozirgi ukrain davlatchiligining qarshilik ko‘rsatayotgani ularning Rossiyani nafaqat propaganda yo‘li bilan, balki real xarakterda mag‘lub etish ishtahasini qo‘zg‘atib yuborgan? Va Yevropa nafaqat Ukrainani hozirgi holatida saqlab qolishiga, balki uni butunlay Rossiyadan uzib olishga, Yevropa va rus olami chegaralarining o‘zgarishini mustahkamlashga qodir ekanligiga ishonganmi? Buni agar katta slavan birodarlariga nisbatan norozi bo‘lib yurgan polyaklar qilganda tushunsa bo‘lar edi. Ammo qanday qilib g‘arbiy yevropaliklar, nemislar, fransuzlar, Yevropaning sharqqa qarab kengayishi befoyda ekanini bir necha bor anglanganlar, qanday qilib bunga umid qilishlari mumkin?
Agar bu savollarni kimgadir berish mumkin bo‘lganda, prinsipial ahamiyatga ega bo‘lar edi. Ammo, hozirgi Yevropa ularga javob bera olmaydi. Ikkinchi jahon urushidan keyin qit’aning asosiy xalqi nemislar o‘zlarining geosiyosiy va mafkuraviy suverenitetini yo‘qotganda, Yevropa manfaatlar garoviga aylandi- anglo-saksonlar uning ustidan nazoratini kuchaytirdi, o‘z shakli va kuchlarini o‘zgartirdi, ammo uning kursini belgilab beradigan yagona omil bo‘lib qoldi. Geosiyosiy, harbiy va mafkuraviy qaramlik Yevropaga haqiqatdan ham mustaqil tanlov qilish huquqini bermaydi, garchi Yevropa Ittifoqini yaratish bo‘yicha ish ertami-kechmi eski dunyo suverenitetini davlat miqyosida emas, balki qit’aviy darajada tiklashga olib kelishi mumkin edi.
Bunday suveren Yevropa Rossiya bilan dushman bo‘lmagan, undan ham yaxshirog‘i, yaxshi qo‘shnichilik aloqalari orqali paydo bo‘lishi mumkin edi. Rossiyani shunchaki e’tiborga olmaslik, boz ustiga Yevropadan yakkalash mumkin emas. Buni barcha aqlli strateglar tushunar edi - hatto G‘arbga gegemonistik moyilligi bor deb qaralgan Sovet Ittifoqi bilan munosabatda bo‘lganlar ham. Biroq, SSSR Sharqiy Yevropa ustidan nazoratni o‘zining kommunistik maqsadlari bilan emas, balki “jamlangan Yevropa”ning halokatli hujumini qaytara olganidan so‘ng olgan edi. Ittifoq parchalangandan va bizning Sharqiy Yevropadan ketganimizdan so‘ng o‘zaro manfaatli munosabatlarni qurishga hech kim halaqit bermayotgan edi. Faqatgina yevropaliklarning bitta qoidaga amal qilishi bilan albatta. Tarixiy Rossiya bo‘lmish SSSRning parchalanishini bizning ustimizdan o‘z g‘alabasi deb qabul qilishiga hamda Yevropa va rus dunyosi chegaralarini qayta ko‘rib chiqishga nima xalaqit bergan edi? Bunga imkon bor edimi? Ha, bor edi, qachonki Yevropa mustaqil bo‘lganida. Biroq, afsus Atlantika nazorati (nafaqat NATO orqali, balki YeIda Atlantikaga moyil kadrlar tufayli) milliy xotira va yevropaliklarning milliy manfaatlaridan ham ustun keldi.
Natijada YeIni Ukrainaga nisbatan o‘z iddaolarini belgilab olishga va Rossiyaning hududida mojarolar boshlashiga majbur qilishdi. Bu Yevropa-Rossiya munosabatlariga putur yetkazdi. Va buning uchun Yevropa qanday mukofot oladi? Ukrainanimi yoki uning qoldiqlarinimi? Yo‘q, Rossiya hech qachon bunga yo‘l qo‘ymaydi, chunki YeIning anglo-saksonlarning Moskvaga qarshi o‘yinlarida qo‘g‘irchoq bo‘lib borayotganini yaxshi tushunadi.
Ehtimol, YeI “rus tajovuzi”ga qarshi birlashib hech bo‘lmaganda o‘z birligini mustahkamlar? Ammo bu birlik Rossiyadan qo‘rqish asosida uzoq tura olmaydi- qachonki g‘arbiy Yevropa mamlakatlari pasayishini boshlaganda, bizning mamlakatimiz bilan munosabatlarni yaxshilashga harakat qilib qolishadi. ( hech qanday rusofobiya yo‘q, shunchaki biznes). Va ularga esa shu yerning o‘zida YeIning rusofob fraksiyasi (anglo-saksonlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan) bosim o‘tkazishni boshlaydi. Ustiga-ustak nafaqat rus mavzusi bo‘yicha, balki umuman yevrointegratsiya prinsiplari bo‘yicha bosim o‘tkazishni boshlashadi.
Va eng kerakli savol: nega Yevropa Ukrainaga iddao qilishi kerak, axir uni qo‘lga kiritish imkoniyatlari yo‘qku? Jo Bayden seshanba kuni aytishicha “qaysidir bosqichida bu kutish o‘yinlariga aylanib ketadi - ya’ni rossiyaliklar chiday olganiga, yevropaliklar chiday olmasligi mumkin”. Ammo bunda hech qanday intriga yo‘q, chunki stavkalar prinsipial tarzda turlicha. Rossiya o‘ziniki bo‘lganlarini qaytarib olyapti, Yevropa esa birovlarning o‘yinini o‘ynayapti (va buni o‘zi tushunadi ham), birovnikiga iddao ham qiladi (va bu hech qachon uniki bo‘lishiga ishonmasada). Kim bu yerda ko‘prog‘iga chidashga tayyor? Kim oxirigacha boradi? Agar Yevropa hozir bu savolga to‘g‘ri javob berishni istamasa yoki javob bera olmasa, unda u bilan hech nima haqida gaplashishga hojat yo‘q.
Yangiliklar lentasi
0