https://oz.sputniknews.uz/20220623/ukraina-uchuvchilari-aqsh-va-turkiya-dronlaridan-kongli-tolmayapti-25593065.html
Ukraina uchuvchilari AQSh va Turkiya dronlaridan ko‘ngli to‘lmayapti
Ukraina uchuvchilari AQSh va Turkiya dronlaridan ko‘ngli to‘lmayapti
Sputnik O‘zbekiston
Ukraina va AQSh Rossiyaning havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarining kuchliligidan xavotirda. 23.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-23T19:09+0500
2022-06-23T19:09+0500
2022-06-23T19:09+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
ukraina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/12/24642627_0:97:3468:2048_1920x0_80_0_0_3555d6736867f281a18d0ade8f0f33b1.jpg
TOShKENT, 23-iyun – Sputnik. Ukrainalik uchuvchilar Amerikaning MQ-1C Gray Eagle hujumchi dronlaridan foydalanish xavfli, Turkiyaning Bayraktar TB-2 dronlari esa amalda samarasiz deb hisoblamoqda. Bu haqda “Foreign Policy” manbalarga tayanib xabar bergan. Ismini aytishni istamagan amaldorlarga ko‘ra, front uchuvchilari va shtab boshlig‘i o‘rtasida dronlardan foydalanish bo‘yicha kelishmovchiliklar mavjud. Ukraina va AQSh rasmiylari Rossiyaning ilg‘or havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari “Gray Eagle”ni urib tushirishi mumkinligidan tobora ko‘proq xavotirda.Uchuvchilar, shuningdek, Amerika dronlarining bir yoki ikkitadan ortiq missiyadan “omon qolishi” mumkinligiga shubha qilishmoqda.Jurnalda ta’kidlanishicha, Rossiya kuchlari havo hujumidan mudofaasini kuchaytirgani sababli, ukrainalik uchuvchilar Turkiyaning “samarasiz” bo‘lib qolgan dronlaridan foydalanishni cheklab qo‘ygan. Endi ular kamdan-kam maxsus operatsiyalarda va hujumlar uchun ishlatiladi.Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/12/24642627_394:0:3125:2048_1920x0_80_0_0_130d72cff068ad1f4758aa558ccd3299.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ukraina
Ukraina uchuvchilari AQSh va Turkiya dronlaridan ko‘ngli to‘lmayapti
Ukraina va AQSh Rossiyaning havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarining kuchliligidan xavotirda.
TOShKENT, 23-iyun – Sputnik. Ukrainalik uchuvchilar Amerikaning MQ-1C Gray Eagle hujumchi dronlaridan foydalanish xavfli, Turkiyaning Bayraktar TB-2 dronlari esa amalda samarasiz deb hisoblamoqda. Bu haqda “Foreign Policy” manbalarga tayanib
xabar bergan.
Ismini aytishni istamagan amaldorlarga ko‘ra, front uchuvchilari va shtab boshlig‘i o‘rtasida dronlardan foydalanish bo‘yicha kelishmovchiliklar mavjud. Ukraina va AQSh rasmiylari Rossiyaning ilg‘or havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari “Gray Eagle”ni urib tushirishi mumkinligidan tobora ko‘proq xavotirda.
Uchuvchilar, shuningdek, Amerika dronlarining bir yoki ikkitadan ortiq missiyadan “omon qolishi” mumkinligiga shubha qilishmoqda.
“Dushmanning havo hujumiga qarshi mudofaasi tufayli bizning holatda bunday qimmat dronlardan foydalanish juda xavflidir. Bu yer Afg‘oniston emas”, degan ukrainalik uchuvchilardan biri.
Jurnalda ta’kidlanishicha, Rossiya kuchlari havo hujumidan mudofaasini kuchaytirgani sababli, ukrainalik uchuvchilar Turkiyaning “samarasiz” bo‘lib qolgan dronlaridan foydalanishni cheklab qo‘ygan. Endi ular kamdan-kam maxsus operatsiyalarda va hujumlar uchun ishlatiladi.
Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.