“To‘polang” suv omboridan suv chiqishi sababi ma’lum bo‘ldi
12:57 23.06.2022 (yangilandi: 13:07 23.06.2022)
© "O‘zbekgidroenergo"Plotina vodoxranilisha "Tupolang"
© "O‘zbekgidroenergo"
Obuna bo‘lish
"Suv omborida hech qanday muammo yo‘q" - 22-iyun kuni sodir bo‘lgan voqea yuzasida mutaxassislar izoh berishdi.
TOShKENT, 23-iyun – Sputnik. “To‘polang” suv omborida 22-iyun kuni kuzatilgan hodisaga "O‘zbekgidroenergo" AJ Axborot xizmati rahbari Ravshan Baykulov Sputnik muxbiriga quyidagilarni ma’lum qildi.
Baykulov aytishiga ko‘ra, suv omoborida yangi ishga tushirilayotgan GES quvurlaridan birida suv miqdori avtomatik ravishda boshqarilmay qolgan va kanalga oqizilgan.
“Suv omborida yangi ishga tushirilayotgan GESning modernizatsiya vaqtida suv quvuridagi bosim ortgan. Sekundiga 40 tonna oqayotgan suv avtomatik ravishda boshqarilmay qolgan va suv kanalga oqqan. Kanaldagi sig‘im esa sekundiga 160 tonna suvni ham bemalol oqiza oladi. Odamlar vaziyatdan foydalanib, kanalda oqayotgan suvlarni videoga olib, vahimali, noto‘g‘ri axborot tarqatishgan. Suv omborida hech qanday muammo yo‘q”, - deydi Baykulov.
© "O‘zbekgidroenergo"Plotina vodoxranilisha "Tupolang"
Plotina vodoxranilisha "Tupolang"
© "O‘zbekgidroenergo"
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzilaning ta’siri bormi ?
Ushbu savolga mutaxassis "O‘zbekgidroenergo" AJ Xavfsizlik va maxsus ishlar boshqarmasi boshlig‘i Nodir Artikbayev javob berdi.
“Afg‘oniston janubi-sharqidagi Paktika va Xost viloyatlarida sodir bo‘lgan zilzilaning To‘polang suv omboriga umuman ta’siri yo‘q. Bu borada, suv ombori mutlaqo xavfsiz. Mazkur zilzilaning O‘zbekistonga, bevosita Surxondaryo viloyatiga sezilish kuchi taxminan 3 ball (281 km) ni tashkil etgan”, - deydi Artikbayev.
Mutaxassis suv omborining kuchli zilzilalarga bardoshliligi 8 ballga teng bo‘lib, mustahkam gidroinshoot ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek mutaxassis “To‘palang” suv omborining loyiha quvvati 500 mln. m/kub ekanini va bugungi kunda undagi suv hajmi 378,87 mln. m.kubni tashkil etayotganini ham aytib o‘tdi.
Suv omborining rejaviy suv tashlamasi 70 m/kub/sekund, lekin 2022-yil 22-iyun kuni 110 m/kub/sekundni tashkil etgan.
© "O‘zbekgidroenergo"Plotina vodoxranilisha "Tupolang"
Plotina vodoxranilisha "Tupolang"
© "O‘zbekgidroenergo"
Aholini axvfli vaziyatlardan ogohlantirish tizimi qanday ishlaydi?
Surxondaryo viloyati va ayniqsa suv ombori atrofida yashovchi aholisi xavfsizligini ta’minlash maqsadida To‘polang suv omborida lokal darajasidagi xabar berish va ma’lumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimi yaratilgan.
Ushbu tizim doirasida quyidagilar ko‘zda tutilgan:
“To‘polang” suv ombori to‘g‘onidan Sariosiyo tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limigacha uzunligi 26 km bo‘lgan optik tolali aloqa kabeli tortilgan,
suv ombori to‘g‘onidan 22 km masofada joylashgan aholi punktlarigacha ovozli xabar berish moslamalari orqali favqulodda vaziyat to‘g‘risida axborot yetkazish tizimi bilan ta’minlangan.
Undan tashqari viloyat aholisiga yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida ogohlantirish uchun Surxondaryo viloyatining mahalliy darajasida xabar berish va ma’lumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimi uzluksiz rejimda ishlaydi, - deydi mutaxassis.
© "O‘zbekgidroenergo"Plotina vodoxranilisha "Tupolang"
Plotina vodoxranilisha "Tupolang"
© "O‘zbekgidroenergo"
“To‘polang” suv omobori haqida
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi "To‘polang" suv ombori 1982-yilda qurib boshlangan. Suv omboriing maksimal sig‘imi 500 million kub metrni tashkil qiladi.
Suv ombori to‘g‘onining balandligi 165 metr, yana 22 metr yer ostiga poydevor qilingan, ikkalasi qo‘shilganda 187 metrni tashkil qiladi. Suv ombori eng ko‘p 2019-yilda 450 mln. m.kub suv yiqqan.
Suv ombori to‘g‘onining balandligi 165 metr, yana 22 metr yer ostiga poydevor qilingan, ikkalasi qo‘shilganda 187 metrni tashkil qiladi. Suv ombori eng ko‘p 2019-yilda 450 mln. m.kub suv yiqqan.
To‘g‘on boshqaruvi avtomatlashtirilgan bo‘lib, xorijdan keltirilgan nazorat, o‘lchov, kuzatish moslamalari jarayonni muntazam nazorat qilib boradi. Bundan tashqari to‘g‘on o‘rtasiga ham maxsus datchiklar o‘rnatilgan bo‘lib, va ular yer qimirlashi va boshqa ma’lumotlarni qayd qilib boradi. Seysmostansiya ham zilzilaning to‘g‘onga ta’sirini kuzatib boradi. To‘g‘onga ortiqcha suv kelgan holda uing ostidagi suv o‘tkazgichlar va kanal orqali chiqarib yuboriladi.