Termizda xalqaro transport xabi tashkil etildi - prezident qarori

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSituatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom
Situatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2022
Obuna bo‘lish
Markaz gumanitar yordam ko‘rsatayotgan manfaatdor xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar vakillariga zarur shart-sharoitlar yaratib beradi.
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Termizda Afg‘oniston va boshqa davlatlarga gumanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha xalqaro ko‘p funksiyali transport—logistika xabi tashkil qilindi. Bu haqida prezidentning "Xalqaro ko‘p funksiyali transport-logistika xabini tashkil etish to‘g‘risidagi" 288-sonli qarori qabul qilindi.
Transport-logistika xabi - BMT, xorijiy davlatlar va tashkilotlar tomonidan Afg‘oniston va boshqa davlatlarga gumanitar yordamni tizimli va markazlashgan ravishda yetkazish maqsadida tashkil qilingan, - deyilgan qaror matnida.
Shuningdek qarorda quyidagilar belgilangan:
“Termiz Cargo Centre” MChJga xalqaro xab maqomi beriladi;
Bu yerda xalqaro tashkilot vakillari uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi;
Havo, temiryo‘l va avtomobil transporti orqali yuborilayotgan yuklar qabul qilib olinadi, saqlanadi va jo‘natiladi;
Yuklarni yuklash-tushirish, tashish, saqlash xizmatlari ko‘rsatiladi;
Sanitariya-gigiyena qoida va normativlyariga rioya qilish ta’minlanadi;
Xalqaro xab hududida: bojxona, soliq, sertifikatlash, fitosanitariya, veterinariya, transport, bank xizmatlari, valyuta ayirboshlash, mobil aloqa, mehmonxona va tibbiy xizmatlar - “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha interaktiv shakldja yo‘lga qo‘yiladi;
Afg‘onistonga olib borilayotgan gumanitar yuklarning bojxona rasmiylashtiruvi soddalashtirilgan va ustuvor tartibda o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, Termiz shahri orqali Afg‘onistonga yuklarni yuklarni ham temiryo‘l, ham avtomobil ham aviatsiya transporti orqali yetkazib berish imkoniyat mavjud. O‘zbekiston shu kunga qadar qo‘shni Afg‘onistonga minglab tonni insonparvarlik yordami hamda boshqa zarur mahsulotlarni uzuluksiz yetkazib berib kelmoqda va shu bilan birga xalqaro hamjamiyat e’tiborini qo‘shni davlatdagi og‘ir gumanitar vaziyatga qaratishga harakat qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0