https://oz.sputniknews.uz/20220623/rossiya-ukrainada-maxsus-harbiy-operatsiya-boshlashga-majbur-boldi--yaponiya-deputati-25581824.html
Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlashga majbur bo‘ldi – Yaponiya deputati
Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlashga majbur bo‘ldi – Yaponiya deputati
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya - Ukraina mojarosida Minsk kelishuvlari bajarilmagani uchun Kiyev ham javobgar, deydi yaponiyalik deputat. 23.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-23T15:24+0500
2022-06-23T15:24+0500
2023-04-05T18:38+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
ukraina
yaponiya
siyosat
oav
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/278/29/2782911_0:136:3000:1824_1920x0_80_0_0_6044bce5a1a180cdce2a24bf2a6bc6c8.jpg
TOShKENT, 23-iyun – Sputnik. Har qanday mojaroda, jumladan, Ukraina voqealarida ham har ikki tomon aybdor. Hozir hamma Moskvani harbiy harakatlar boshlaganlikda ayblamoqda, biroq Minsk kelishuvlarini bajarmagani uchun Kiyev ham javobgar, dedi Yaponiya parlamenti yuqori palatasi deputati Muneo Sudzuki RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida.Uning ta’kidlashicha, hozirda vaziyatni bir tomonlama yoritish muammosi bor, ya’ni, jangovar harakatlar boshlangani qoralanadi, biroq vaziyatning tarixi va sabablariga xolis baho berilmaydi.Siyosatchi Ukraina bir necha yil avval imzolagan va’dalarini buzganini eslatgan.“Putin nega bunday yo‘l tutdi? 2014-yilda Minsk-1 jarayoni boshlandi. 2015-yilda Minsk-2 bo‘lib o‘tdi. Bu kelishuvlarga qaysi tomon amal qilmadi? Bunda, menimcha, Ukrainaning javobgarligi og‘ir. Bu haqda esa umuman gapirishmaydi va muhokama qilishmaydi. Menimcha, bu yondashuv xolis emas.Men betaraf bo‘lishga harakat qilaman. Yaponiyada “janjalda ikkalasi ham aybdor” degan naql bor, janjalda javobgarlik ham, jazo ham ikki tomonga tushadi. Ya’ni, buni birinchi boshlagan nohaq, lekin bunga sabab yaratgan ham javobgardir. O‘ylaymanki, mana shu maqol shu o‘rinda mos tushadi”, deb ta’kidlaydi deputat.Ma’lumot o‘rnida, Sudzuki katta tajribaga ega siyosatchi: bu yil uning parlament a’zosi bo‘lganiga 40-yil to‘ladi. Hozirda u parlamentning yuqori palatasida “Nippon isin” (Yaponiya yangilanish partiyasi) vakili. U mahalliy siyosatda Rossiya bilan tinchlik shartnomasini imzolash va ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishtarafdorligi bilan mashhur. Sudzuki Yaponiyaning sobiq bosh vaziri Sindzo Abega tez-tez maslahat berib turardi. Abe davrida Rossiya va Yaponiya o‘rtasidagi aloqalar juda jadal rivojlandi.
ukraina
yaponiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/278/29/2782911_194:0:2807:1960_1920x0_80_0_0_cb25d05c0cd5d722774273fab32ac84d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ukraina, yaponiya, siyosat, oav, rossiya
ukraina, yaponiya, siyosat, oav, rossiya
Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlashga majbur bo‘ldi – Yaponiya deputati
15:24 23.06.2022 (yangilandi: 18:38 05.04.2023) Rossiya - Ukraina mojarosida Minsk kelishuvlari bajarilmagani uchun Kiyev ham javobgar, deydi yaponiyalik deputat.
TOShKENT, 23-iyun – Sputnik. Har qanday mojaroda, jumladan, Ukraina voqealarida ham har ikki tomon aybdor. Hozir hamma Moskvani harbiy harakatlar boshlaganlikda ayblamoqda, biroq Minsk kelishuvlarini bajarmagani uchun Kiyev ham javobgar, dedi Yaponiya parlamenti yuqori palatasi deputati Muneo Sudzuki RIA Novosti agentligiga bergan
intervyusida. Uning ta’kidlashicha, hozirda vaziyatni bir tomonlama yoritish muammosi bor, ya’ni, jangovar harakatlar boshlangani qoralanadi, biroq vaziyatning tarixi va sabablariga xolis baho berilmaydi.
“Hozir dunyo, jumladan, ommaviy axborot vositalari ham xuddi shu yo‘nalishda, qarama-qarshilikni qizdirish tomon ketmoqda. Bunday davom etib bo‘lmaydi. Menimcha, (Rossiya prezidenti Vladimir) Putin maxsus harbiy operatsiyani boshlashga majbur bo‘ldi. Va davlatingiz manfaatlarini himoya qilish uchun bu haqda sovuqqonlik bilan o‘ylashingiz kerak. Hozir umumiy tendensiya shundan iboratki, davlat yoki uning hududi suverenitetiga kuch bilan tajovuz qilish xalqaro huquq normalarini buzish hisoblanadi. Hatto BMT ham shunday rezolyutsiyani qabul qilgan. Menimcha, buning sababi bor edi”, degan Sudzuki.
Siyosatchi Ukraina bir necha yil avval imzolagan va’dalarini buzganini eslatgan.
“Putin nega bunday yo‘l tutdi? 2014-yilda Minsk-1 jarayoni boshlandi. 2015-yilda Minsk-2 bo‘lib o‘tdi. Bu kelishuvlarga qaysi tomon amal qilmadi? Bunda, menimcha, Ukrainaning javobgarligi og‘ir. Bu haqda esa umuman gapirishmaydi va muhokama qilishmaydi. Menimcha, bu yondashuv xolis emas.
Men betaraf bo‘lishga harakat qilaman. Yaponiyada “janjalda ikkalasi ham aybdor” degan naql bor, janjalda javobgarlik ham, jazo ham ikki tomonga tushadi. Ya’ni, buni birinchi boshlagan nohaq, lekin bunga sabab yaratgan ham javobgardir. O‘ylaymanki, mana shu maqol shu o‘rinda mos tushadi”, deb ta’kidlaydi deputat.
Ma’lumot o‘rnida, Sudzuki katta tajribaga ega siyosatchi: bu yil uning parlament a’zosi bo‘lganiga 40-yil to‘ladi. Hozirda u parlamentning yuqori palatasida “Nippon isin” (Yaponiya yangilanish partiyasi) vakili. U mahalliy siyosatda Rossiya bilan tinchlik shartnomasini imzolash va ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishtarafdorligi bilan mashhur. Sudzuki Yaponiyaning sobiq bosh vaziri Sindzo Abega tez-tez maslahat berib turardi. Abe davrida Rossiya va Yaponiya o‘rtasidagi aloqalar juda jadal rivojlandi.