https://oz.sputniknews.uz/20220623/ozbekistonda-rossiyaning-pasport-viza-xizmati-korxonasi-akkreditatsiyadan-otdi-25573113.html
O‘zbekistonda Rossiyaning “Pasport-viza xizmati” korxonasi akkreditatsiyadan o‘tdi
O‘zbekistonda Rossiyaning “Pasport-viza xizmati” korxonasi akkreditatsiyadan o‘tdi
Sputnik O‘zbekiston
“Pasport-viza xizmati” korxonasi O‘zbekiston fuqarolari uchun turli xizmatlar, xususan, konsalting va axborot xizmatlarini ko‘rsatishni tashkil etish niyatida. 23.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-23T13:48+0500
2022-06-23T13:48+0500
2023-04-05T18:38+0500
jamiyat
migrantlar
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/17/25576405_0:0:705:398_1920x0_80_0_0_fdd6fd265003d8492fab8fbb242715bd.jpg
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda Rossiya IIVning “Pasport-viza xizmati” korxonasi vakolatxonasi akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Bu haqda “Dunyo”AA xabar berdi.Tashqi ishlar vazirligining konsullik-huquqiy departamentida “Pasport-viza xizmati” federal davlat unitar korxonasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi maslahatchisi Oleg Kostuk bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Unda korxona vakiliga ushbu tashkilot TIV huzurida rasmiy akkreditatsiyadan o‘tgani haqidagi sertifikat topshirildi.Aytilishicha, ayni paytda O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Pasport-viza xizmati” korxonasi bilan mamlakatdan Rossiyaga 10 ming quruvchini ishga jalb qilish bo‘yicha “pilot loyiha” doirasida hamkorlik qilmoqda.“Pilot loyiha” mehnat migrantlarining Rossiyaga kirish mexanizmini optimallashtirish, mutaxassislar malakasini oshirish, shuningdek, fuqarolarning Rossiya hududiga borishi uchun zarur bo‘lgan protseduralarni o‘tkazishga qaratilgan.Barcha zarur tibbiy va huquqiy protseduralar, shuningdek, jalb etilgan o‘zbekistonlik mutaxassislarning malaka tekshiruvlari Toshkentda amalga oshiriladi.Ma’lumot uchun, “Pasport-viza xizmati” davlat unitar korxonasining asosiy faoliyati jismoniy va yuridik shaxslarga migratsiya sohasida axborot va konsalting xizmatlarini ko‘rsatishdan iborat. Shuningdek, u IIVga taqdim etilgan arizalar va boshqa hujjatlarni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlarni taqdim etadigan yagona tuzilma hisoblanadi.Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyaga yuborish bo‘yicha pilot loyihasi boshlangandi.Fevral oyida Rossiya hukumati o‘zbekistonliklarni mamlakatga ishlashga jalb qilish bo‘yicha pilot loyihasini kengaytirishi ma’lum qilingan edi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonning 10 ming nafar fuqarosini qurilish sohasiga, 1 108 nafarini qishloq xo‘jaligiga jalb etish rejalashtirilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/17/25576405_14:0:681:500_1920x0_80_0_0_094acd9b07d45cbdbd7f775eafc72512.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, migrantlar, rossiya
jamiyat, migrantlar, rossiya
O‘zbekistonda Rossiyaning “Pasport-viza xizmati” korxonasi akkreditatsiyadan o‘tdi
13:48 23.06.2022 (yangilandi: 18:38 05.04.2023) “Pasport-viza xizmati” korxonasi O‘zbekiston fuqarolari uchun turli xizmatlar, xususan, konsalting va axborot xizmatlarini ko‘rsatishni tashkil etish niyatida.
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda Rossiya IIVning “Pasport-viza xizmati” korxonasi vakolatxonasi akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Bu haqda “Dunyo”AA xabar
berdi. Tashqi ishlar vazirligining konsullik-huquqiy departamentida “Pasport-viza xizmati” federal davlat unitar korxonasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi maslahatchisi Oleg Kostuk bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda korxona vakiliga ushbu tashkilot TIV huzurida rasmiy akkreditatsiyadan o‘tgani haqidagi sertifikat topshirildi.
Aytilishicha, ayni paytda O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Pasport-viza xizmati” korxonasi bilan mamlakatdan Rossiyaga 10 ming quruvchini ishga jalb qilish bo‘yicha “pilot loyiha” doirasida hamkorlik qilmoqda.
Oleg Kostukning so‘zlariga ko‘ra, vakolatxona nafaqat “pilot loyiha” doirasida faol ishtirok etadi, balki fuqarolar uchun turli xizmatlar, xususan, konsalting va axborot xizmatlarini ko‘rsatishni tashkil etish niyatida.
“Pilot loyiha” mehnat migrantlarining Rossiyaga kirish mexanizmini optimallashtirish, mutaxassislar malakasini oshirish, shuningdek, fuqarolarning Rossiya hududiga borishi uchun zarur bo‘lgan protseduralarni o‘tkazishga qaratilgan.
Barcha zarur tibbiy va huquqiy protseduralar, shuningdek, jalb etilgan o‘zbekistonlik mutaxassislarning malaka tekshiruvlari Toshkentda amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, “Pasport-viza xizmati” davlat unitar korxonasining asosiy faoliyati jismoniy va yuridik shaxslarga migratsiya sohasida axborot va konsalting xizmatlarini ko‘rsatishdan iborat. Shuningdek, u IIVga taqdim etilgan arizalar va boshqa hujjatlarni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlarni taqdim etadigan yagona tuzilma hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyaga yuborish bo‘yicha pilot loyihasi boshlangandi.
Fevral oyida Rossiya hukumati o‘zbekistonliklarni mamlakatga ishlashga jalb qilish bo‘yicha pilot loyihasini kengaytirishi ma’lum qilingan
edi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonning 10 ming nafar fuqarosini qurilish sohasiga, 1 108 nafarini qishloq xo‘jaligiga jalb etish rejalashtirilgan.