https://oz.sputniknews.uz/20220623/ozbekiston-zilziladan-jabrlangan-afgon-xalqiga-yordam-korsatadi--tiv-25567516.html
O‘zbekiston zilziladan jabrlangan afg‘on xalqiga yordam ko‘rsatadi – TIV
O‘zbekiston zilziladan jabrlangan afg‘on xalqiga yordam ko‘rsatadi – TIV
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston TIV Afg‘onistonda mingdan ortiq kishining halok bo‘lishiga olib kelgan zilziladan so‘ng qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirdi. 23.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-23T10:22+0500
2022-06-23T10:22+0500
2022-06-23T10:22+0500
jamiyat
afg‘oniston
zilzila
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/16/25541031_0:109:3255:1939_1920x0_80_0_0_094cffad9f8f87bbd3d34d7a0a4b0fd1.jpg
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Afg‘onistondagi zilzila oqibatlarini tezroq bartaraf etishda birodar afg‘on xalqiga yordam berishga tayyor. Bu haqda kecha, 22-iyun kuni mamlakat Tashqi ishlar vazirligi tarqatgan bayonotda keltirilgan.Qayd etilishicha, O‘zbekiston hukumati tabiiy ofatning fojiali oqibatlarini imkon qadar tez bartaraf etishda birodar Afg‘oniston xalqiga har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyor.Ma’lumot uchun, kecha Toshkent vaqti bilan 01:55 atrofida Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi va uning kuchi O‘zbekistonning to‘rtta viloyatida ham sezildi.Afg‘onistonning sharqiy qismida yuz bergan zilzila oqibatida avvaliga 255 kishi halok bo‘lgani, kamida 150 kishi jarohat olgani haqida ma’lum qilindi. Keyinchalik esa zilzila qurbonlari soni 1500 nafarga yetdi, 2000 dan ortiq kishi jarohat olgan. Qurbonlarning ko‘pchiligi – mamlakat sharqidagi Paktika viloyatida qayd etilgan, birgina Rayan tumanida 200 dan ortiq kishining jasadi topilgan.Mamlakatni boshqarayotgan “Tolibon”* FVV rahbari o‘rinbosari Sharafuddin Muslimning ma’lum qilishicha, Paktika, Xo‘st va Nangarhorda halok bo‘lganlarning oilalari hukumatdan 100 ming afg‘oniy (1,1 ming dollar), jabrlanganlarning oilalari esa 50 ming afg‘oniy (550 dollar) oladi.*Tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/16/25541031_261:0:2992:2048_1920x0_80_0_0_3f393100330e52867cd1f7d4ebc04cb6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, afg‘oniston, zilzila
jamiyat, afg‘oniston, zilzila
O‘zbekiston zilziladan jabrlangan afg‘on xalqiga yordam ko‘rsatadi – TIV
O‘zbekiston TIV Afg‘onistonda mingdan ortiq kishining halok bo‘lishiga olib kelgan zilziladan so‘ng qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirdi.
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Afg‘onistondagi zilzila oqibatlarini tezroq bartaraf etishda birodar afg‘on xalqiga yordam berishga tayyor. Bu haqda kecha, 22-iyun kuni mamlakat Tashqi ishlar vazirligi tarqatgan bayonotda keltirilgan.
“Afg‘onistonning Paktika va Xost provinsiyalarida ro‘y bergan zilzila oqibatida ko‘plab insonlarning qurbon bo‘lgani va jarohatlangani, shuningdek, jiddiy vayrongarchiliklar kelib chiqqani haqidagi xabarlar O‘zbekistonda chuqur qayg‘u bilan qabul qilindi. Halok bo‘lganlarning oilalariga chin dildan hamdardlik bildirib, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz”, deyiladi bayonotda.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston hukumati tabiiy ofatning fojiali oqibatlarini imkon qadar tez bartaraf etishda birodar Afg‘oniston xalqiga har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyor.
Ma’lumot uchun, kecha Toshkent vaqti bilan 01:55 atrofida Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi va uning kuchi O‘zbekistonning to‘rtta viloyatida ham
sezildi.Afg‘onistonning sharqiy qismida yuz bergan zilzila oqibatida avvaliga 255 kishi halok bo‘lgani, kamida 150 kishi jarohat olgani haqida ma’lum qilindi. Keyinchalik esa zilzila qurbonlari soni 1500 nafarga yetdi, 2000 dan ortiq kishi jarohat olgan. Qurbonlarning ko‘pchiligi – mamlakat sharqidagi Paktika viloyatida qayd etilgan, birgina Rayan tumanida 200 dan ortiq kishining jasadi topilgan.
Mamlakatni boshqarayotgan “Tolibon”* FVV rahbari o‘rinbosari Sharafuddin Muslimning ma’lum qilishicha, Paktika, Xo‘st va Nangarhorda halok bo‘lganlarning oilalari hukumatdan 100 ming afg‘oniy (1,1 ming dollar), jabrlanganlarning oilalari esa 50 ming afg‘oniy (550 dollar) oladi.
*Tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida.