https://oz.sputniknews.uz/20220623/birjada-shakar-va-un-arzonlashdi-25568829.html
Birjada shakar va un arzonlashdi
Birjada shakar va un arzonlashdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘tgan hafta o‘tkazilgan birja savdolarida un va shakarning narxi pasaydi. 23.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-23T11:10+0500
2022-06-23T11:10+0500
2022-06-23T11:10+0500
iqtisod
un
shakar
o‘zbekiston tovar xom-ashyo birjasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/02/24948989_0:159:3077:1890_1920x0_80_0_0_b6a7d595177d7c950604ac2aa171a3f5.jpg
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Joriy yilning 13-17 iyun kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi”da un (-2,6 %) va shakar (-11,3 %) narxi pasaydi. Bu haqda birja matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, o‘tgan hafta o‘tkazilgan savdo natijalariga ko‘ra, birjaning un bozori narx bo‘yicha pasayishni namoyon etgan. Hafta davomida birja savdolariga 41 690,0 tonna un qo‘yilgan va uning 33 433,0 tonnasi, ya’ni 80,2% qismi sotilgan. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 2 576 xaridor ishtirok etgan.Ko‘rib chiqilayotgan davrda 1-navli un bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 4 401,2 ming so‘mdan 4 288,0 ming so‘mgacha, ya’ni 2,6% ga pasaygan. Unning o‘rtacha kunlik sotuv hajmi 6 687,0 ming tonnani tashkil qilgan.O‘tkazilgan birja savdolari natijasida 1-navli un bo‘yicha shakllangan o‘rtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 4 279,6 ming so‘mni tashkil etgan.Shakar ham arzonlashdiBirjaning shakar bozorida ham narxlar pasayishi qayd etilgan. Hafta davomida birja savdolariga 11 003,0 tonna shakar qo‘yilgan va uning barcha hajmi sotilgan. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 509 xaridor ishtirok etgan.Ko‘rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 11 979,0 ming so‘mdan 10 627,5 ming so‘mgacha, ya’ni 11,3%ga pasaygan.O‘tkazilgan birja savdolari natijasida mahalliy shakarning ekstra kategoriyasi bo‘yicha shakllangan o‘rtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 9 411,0 ming so‘mni tashkil etgan.Xabarga ko‘ra, ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 2 313,9 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotilgan. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo‘ygan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/02/24948989_173:0:2904:2048_1920x0_80_0_0_7b167b45ca197f77cb7b2cdf6602bc19.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, un, shakar, o‘zbekiston tovar xom-ashyo birjasi
iqtisod, un, shakar, o‘zbekiston tovar xom-ashyo birjasi
Birjada shakar va un arzonlashdi
O‘tgan hafta o‘tkazilgan birja savdolarida un va shakarning narxi pasaydi.
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Joriy yilning 13-17 iyun kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi”da un (-2,6 %) va shakar (-11,3 %) narxi pasaydi. Bu haqda birja matbuot xizmati
xabar berdi. Qayd etilishicha, o‘tgan hafta o‘tkazilgan savdo natijalariga ko‘ra, birjaning un bozori narx bo‘yicha pasayishni namoyon etgan. Hafta davomida birja savdolariga 41 690,0 tonna un qo‘yilgan va uning 33 433,0 tonnasi, ya’ni 80,2% qismi sotilgan. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 2 576 xaridor ishtirok etgan.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda 1-navli un bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 4 401,2 ming so‘mdan 4 288,0 ming so‘mgacha, ya’ni 2,6% ga pasaygan. Unning o‘rtacha kunlik sotuv hajmi 6 687,0 ming tonnani tashkil qilgan.
O‘tkazilgan birja savdolari natijasida 1-navli un bo‘yicha shakllangan o‘rtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 4 279,6 ming so‘mni tashkil etgan.
Birjaning shakar bozorida ham narxlar pasayishi qayd etilgan. Hafta davomida birja savdolariga 11 003,0 tonna shakar qo‘yilgan va uning barcha hajmi sotilgan. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 509 xaridor ishtirok etgan.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 11 979,0 ming so‘mdan 10 627,5 ming so‘mgacha, ya’ni 11,3%ga pasaygan.
O‘tkazilgan birja savdolari natijasida mahalliy shakarning ekstra kategoriyasi bo‘yicha shakllangan o‘rtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 9 411,0 ming so‘mni tashkil etgan.
Xabarga ko‘ra, ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 2 313,9 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotilgan. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo‘ygan.