Amerika va britaniyalik “legionerlar” Ukrainaga halok bo‘lish uchun kelishmoqda
21:00 23.06.2022 (yangilandi: 18:38 05.04.2023)
© Press-slujba Minoboroni RF / Mediabankka o‘tishSdacha v plen posledney gruppi ukrainskix boyevikov s "Azovstali"
© Press-slujba Minoboroni RF
/ Obuna bo‘lish
Xorijiy davlatdan Ukrainaga kelgan yollanma askarlar Jeneva konvensiyasiga himoyasiga tushmaydi va harbiy asir hisoblanmaydi. Ularga nisbatan =arbiy vait tribunalining qattiqqo‘l jazosi qo‘llanilishi mumkin. Rossiya bu haqida oldindan ogohlantirgan edi.
AQShning agressiv tashqi siyosati va NATOning sharqqa qarab kengayishi Yevropa xavfsizlik tizimi buzilishiga, Osiyo va Shimoliy Amerikada harbiy xavf-xatarlarning ko‘payishiga va alyans harbiylarining Ukrainadagi harbiy operatsiyada ommaviy halok bo‘lishiga olib keldi.
Oq uy kecha Xarkov yaqinida qo‘lga olingan ikki nafar amerikalik yollanma askarlar- 39 yoshli Aleksander Druke va 27 yoshli Endi Uinxga o‘lim jazosi qo‘llanilishi mumkinligidan “larzaga keldi”. Ma’lumki, bunday “ko‘ngillilar” Jeneva konvensiyasiga himoyasiga tushmaydi va harbiy asir hisoblanmaydi.
Avvalroq (9 iyun) Donesk Xalqaro Respublikasining Oliy sudi uch nafar yollanma askar - Britaniyaning ikki nafar, Marokashning bir nafar fuqarosini o‘lim jazosiga hukm qilgan edi. Xuddi shunday sud verdiktining Rossiyaning Ukrainadagi harbiy operatsiyasi davomida qo‘lga olingan har qanday xorijiy “legionerga” nisbatan qo‘llanilishi ehtimoli katta.
Oq uyning larzaga kelishi ikkiyuzlamachilikdek tuyuladi. RF Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 24-fevraldan 17-iyunga qaradar “ruslarni o‘qqa tutish” maqsadida Ukrainaga kelgan 530 nafar (deyarli batalon, eng ko‘p polshalik “legioner”lar halok bo‘lgan- 378 nafar) amerikalik yollanma askardan 210 nafari vafot etgan. Eng so‘nggi halok bo‘lgan askar- 52 yoshli Stiven Zabelski (Florida shtati), Zaporoj viloyatining Dorojnyanka qishlog‘ida vafot o‘tgan. Hatto Amerikaning eng obro‘li gazetasi The New York Times ham Ukraina voqealarida AQSh barcha “chegaralardan chiqib ketgani”, va fakt nuqtayi nazaridan olib qaraganda- Rossiya- qudratli yadro derjavasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvga kirishganini ta’kidlab o‘tgan.
Buyuk Britaniya Ukrianadagi jangda butun rotani- 422 nafar “ko‘ngilli”dan 100 askaridan ayrilgan. Ukraina Qurolli Kuchlaridagi 6956 nafar “xorijiy legion”dan jami 1956 nafar askar halok bo‘lgan. Ukrainadagi harbiy teatrning shafqatsiz hayoti 1779 nafar “ko‘nggilli”ni o‘z yurtiga (tirik) qaytishga majbur qilgan. Bugungi kunda Kiyev rejimida 3220 nafar “legionerlar” bor (Ukraina Qurolli Kuchlari saflarida xizmat qilayotgan 20 ming nafar xorijiy mutaxassislar haqidagi mish-mishlar esa juda bo‘rttirib ko‘rsatilgan).
Buning fonida London DXRda o‘lim jazosiga hukm qilingan ikki nafar britaniyalik yollanma askar munosabati bilan Rossiyaga “manmansiragan” nota yubordi. Garchi Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi aslida Ukrainadagi harbiy jarayonlarda SAS spesnazlarining ishtirok etayotganidan ko‘proq tashvishga tushishi kerak bo‘lsada- halok bo‘lgan va hukm chiqarilgan fuqarolari ancha ko‘p bo‘lishi mumkin.
Bumerang qaytmoqda
Rossiya maxsus operatsiyasining muvaffaqiyatli davom etayotgani, ukrain inqirozi va kollektiv G‘arbning iqtisodiy muammolarining kuchayotgani amerikalik va yevropaliklarning prezident Vladimir Zelenskiyning “ko‘z yoshlari” va “voy-voy”lariga nisbatan qiziqishini so‘ndirmoqda. YeI aholisining yarmidan ko‘pi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli narxlar ko‘tarilishiga (turmush sifatining tushishiga) hamon tayyor emas.
Kiyev rejimining harbiy mag‘lubiyatlari, Ukraina Qurolli Kuchlarining ishchi kuchi va texnikasi borasida ulkan yo‘qotishlari (har kuni 1000 nafar halok bo‘lganlar) xorijiy yollanma askarlar oqimini ortga- Rossiyaning bitta raketa zarbasi bilan dushmanning 500 gacha askari yoki 50 nafargacha generalini yo‘q qilishga qodir bo‘lgan yerlar, Donbass va Ukrainadan uzoqroqqa ketishga majbur qilmoqda.
Ukrainaning harbiy mag‘lubiyati muqarrar. Shu sababli Yevropaning yirik mamlakatlari uzoq cho‘zilayotgan muzokaralari va kelishuvlari bilan Kiyevga “samarasiz” qurol yetkazib berishga to‘sqinlik qilishmoqda, va nima bo‘lmasin Rossiya bilan to‘qnashuvni tugatish rejalarini qo‘llab-quvvatlashmoqda, hatto ukrain hududlariga hisobiga bo‘lsa ham. NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergning o‘zi ham yaqinda ta’kidlab o‘tdi: “Ukraina tinchlikka erishishi mumkin, qachonki o‘z hududining yarmini Rossiyaga bersa”.
Bunday yakun (to‘qnashuv avj olishi va kuchayishiga o‘n millard dollarlab sarmoya kiritgan) G‘arb qa AQSh uchun juda ko‘rqinchli, biroq, Rossiya bilan chinakamiga urush qilish esa yanada qo‘rqinchli. Amerikaliklar “aborigenlar” hisobiga Rossiyani Yevropadagi harbiy harakatlar teatrida iloji boricha zaiflashtirmoqchi. Kiyev rejimining muddati tugab bormoqda. Berlin, Parij va Rim Vashington va London pozitsiyasidan sezilarli darajada masofa saqlashga harakat qilishmoqda. Biroq Sharqiy Yevropaning bir qancha mamlakatlari ittifoqqa hamon talpinmoqda: Polsha Ukrainaga qariyb 1200 nafar yollanma askar jo‘natdi, Litva va Estoniya - 300 “legioner” (deyarli halok bo‘lgan). To‘satdan Londonda Buyuk Britaniya, Polsha, Litva, Latviya, Estoniya va Ukraina tarkibida yangi harbiy ittifoq tuzishni taklif qilishgani ham bejiz emas. Bu ekspromt emas. G‘arb Rossiya bilan bo‘ladigan uzoq muddatli to‘qnashuvlarga tayyorlanmoqda.
NATOning iyun oyi so‘nggida Madridda bo‘lib o‘tadigan sammitida “sheriklar” strategik konsepsiyani o‘zgartirishadi va Rossiyani “dunyo va barqarorlikka xavf” deb e’lon qiladi. Ungacha AQSh Polsha va Litvadan Rossiyaga qarshi “ikkinchi front” sifatida foydalanmoqchi. Vilnyus tomonidan Rossiyaning Kaliningrad viloyatiga tranzitiga taqiq YeI da oqlanmadi, biroq Vashington manfaatlariga butkul mos keladi.
Rossiya Federatsiyasi subyektiga iqtisodiy blokada qo‘yishga urinish- dushman provokatsiyasi. Temir yo‘llar kommunikatsiyalarining to‘sib qo‘yilishi- blokadaning boshlanishi. Halqaro huquq meyorlari bo‘yicha biror mamlakat yoki davlatlar guruhi tomonidan quruqlik yoki dengiz kommunikatsiyalari blokadasi harbiy tajovuz akti hisoblanadi. Dengiz blokadasi- faqatgina harbiy harakatlar vaqti keldi degani. Agar u BMT Nizomiga (51 bet) mos kelmasa, qurollangan tajovuz sifatida kvalifikatsiya qilinadi. NATOning Yevropa mamlakatlari uchun butunlay fojeaviy oqibatlari bilan (Shimoliy Amerikaga esa keyinroq ta’sir qiladi, xuddi sanksiyalar bilan bo‘lgani kabi).
Kremlda Litva hukumatining qarorlarini noqonuniy, mislsiz hodisa deb atashdi va choralar ko‘rishga va’da berishdi. Rossiya Sovet Federatsiyasida Litva cheklovlarini Rossiya suverenitetiga tajovuz deb atashdi va javob “juda shafqatsiz” bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilishdi. Ehtimol, AQShning maqsadi ham xuddi shunda: butun Sharqiy Yevropanining ko‘lini ko‘kka sovurish. Ukrainadan so‘ng esa amerikaliklarshga Litva, Polsha va boshva limitrof-mamlakatlarni alangaga tashlash muammo bo‘lmaydi.