https://oz.sputniknews.uz/20220622/uchinchi-reyxning-ozbekistonga-oid-rejalari-qanday-bolgan-25560818.html
Uchinchi reyxning O‘zbekistonga oid rejalari qanday bo‘lgan?
Uchinchi reyxning O‘zbekistonga oid rejalari qanday bo‘lgan?
Sputnik O‘zbekiston
Fashistlar Ulug‘ Vatan urushida g‘alaba qozongan taqdirda, Markaziy Osiyo xalqlarini qul va xizmatkorlarga aylantirish, ortiqcha aholini esa konslagerlarda yo‘q... 22.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-22T20:12+0500
2022-06-22T20:12+0500
2022-06-24T13:32+0500
analitika
urush
ikkinchi jahon urushi
ulug‘ vatan urushi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/16/25560960_0:0:3071:1728_1920x0_80_0_0_c268afdefabf819ebecf78071be537ec.jpg
TOShKENT, 22-iyun - Sputnik. Tarix fanlari nomzodi, Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN) jurnalistika nazariyasi va tarixi kafedrasi dotsenti Nikolay Parxitko Sputnikka natsistlar Germaniyasining O‘zbekistonga oid rejalari haqida hikoya qilib berdi. Natsistlarning O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning barcha respublikalariga oid rejalari haqida bir necha so‘z aytaman, deydi tarix kafedrasi dotsenti. Ulug‘ Vatan urushida g‘alaba qozongan holda, albatta.Buni ikki yo‘nalishda ko‘rib chiqish kerak. Ya’ni, birinchi g‘oya faqat iqtisodiy edi va prinsipial jihatdan Sovet Ittifoqi va uning Yevropa qismiga nisbatan joylashtirilgan va rejalashtirilgan g‘oyadan unchalik farq qilmagan.Sovet Ittifoqi ustidan g‘alaba qozongan taqdirda fashistlar Germaniyasi Arxangelsk Astraxanini taxminan Uraldan oldin to‘xtatishni rejalashtirgan deya xatoga yo‘l qo‘yish kerak emas. Bu germaniyalik reyxning sharqqa yurishi emas, jangovar harakatlar chegarasi bo‘lgan.Markaziy Osiyo respublikalariga, xususan, O‘zbekistonga kelsak, ushbu hududda “Gross Turkistan" , ya’ni "Katta Turkiston” tashkil etish rejalashtirilgandi. Bu nom hech kimni yanglishtirmasin. Hech qanday mustaqillik haqida so‘z ketmagan. Bu yerda gap yagona Germaniya reyx komissarligiga 5 ta ittifoq respublikalarning iqtisodiy birlashishi haqida ketgan.Birinchidan, barcha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, aslida qul deb nomlangan arzon ishchi kuchi, natsistlar nuqtayi nazaridan, ortiqcha aholi konslagerlarda oldindan ishlab chiqilgan sxema bo‘yicha yo‘q qilinadi.Bu iqtisodiy o‘zlashtirish bilan bog‘liq. Bu yerda siyosiy o‘zlashtirish, hatto strategik rivojlanish haqida albatta eslatib o‘tish kerak.Hindiston Britaniya tarkibidagi dominion davlat edi, ya’ni hudud, xususan, O‘zbekiston va qisman Qirg‘izistondagi kabi. Ehtimol, u tranzit o‘tishning boshlanishi uchun maxsus baza sifatida ishlatilgan bo‘lardi.Afg‘oniston orqali Hindiston hududiga hujum. Ya’ni, O‘zbekiston bu borada nafaqat iqtisodiy, balki harbiy-strategik ko‘prik sifatida ham qaraldi.O‘zbekiston aholisining taqdiri, afsuski, fashistlar Germaniyasi g‘alaba qozongan taqdirda Sovet Ittifoqi hududida yashovchi har qanday xalqlarning taqdiri bilan aynan bir xil bo‘lar edi, - deydi Parxitko. ma’lumot uchun, Bugun Rossiya va aksariyat sobiq Ittifoq respublikalarida xotira va motam kuni hisoblanadi. 1941-yil 22-iyun kuni fashistlar Germaniyasi urush e’lon qilmasdan Sobiq Ittifoq hududiga bostirib kirgan, millionlab sovet odamlari qurbon bo‘lgan Ulug‘ Vatan urushi boshlangan edi. Shu saba ushbu kunda Urush qurbonlarini xotirasi yod olinadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/16/25560960_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_8032fa4b621a7e70618d9d56ec75c617.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
analitika, urush, ikkinchi jahon urushi, ulug‘ vatan urushi
analitika, urush, ikkinchi jahon urushi, ulug‘ vatan urushi
Uchinchi reyxning O‘zbekistonga oid rejalari qanday bo‘lgan?
20:12 22.06.2022 (yangilandi: 13:32 24.06.2022) Fashistlar Ulug‘ Vatan urushida g‘alaba qozongan taqdirda, Markaziy Osiyo xalqlarini qul va xizmatkorlarga aylantirish, ortiqcha aholini esa konslagerlarda yo‘q qilishni rejalashtirgan - tarixchi.
TOShKENT, 22-iyun - Sputnik. Tarix fanlari nomzodi, Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN) jurnalistika nazariyasi va tarixi kafedrasi dotsenti Nikolay Parxitko Sputnikka natsistlar Germaniyasining O‘zbekistonga oid rejalari haqida hikoya qilib berdi.
Natsistlarning O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning barcha respublikalariga oid rejalari haqida bir necha so‘z aytaman, deydi tarix kafedrasi dotsenti. Ulug‘ Vatan urushida g‘alaba qozongan holda, albatta.
Buni ikki yo‘nalishda ko‘rib chiqish kerak. Ya’ni, birinchi g‘oya faqat iqtisodiy edi va prinsipial jihatdan Sovet Ittifoqi va uning Yevropa qismiga nisbatan joylashtirilgan va rejalashtirilgan g‘oyadan unchalik farq qilmagan.
Sovet Ittifoqi ustidan g‘alaba qozongan taqdirda fashistlar Germaniyasi Arxangelsk Astraxanini taxminan Uraldan oldin to‘xtatishni rejalashtirgan deya xatoga yo‘l qo‘yish kerak emas. Bu germaniyalik reyxning sharqqa yurishi emas, jangovar harakatlar chegarasi bo‘lgan.
Sharqqa yurish haqida gapirish mushkul, har qanday tarixchi ham sizga buni aytishga qiynalgan bo‘lardi. Chunki vazifa butun sovet hududini iqtisodiy jihatdan bo‘ysundirish va to‘liq talon-taroj qilishdan iborat bo‘lgan.
Markaziy Osiyo respublikalariga, xususan, O‘zbekistonga kelsak, ushbu hududda “Gross Turkistan" , ya’ni "Katta Turkiston” tashkil etish rejalashtirilgandi. Bu nom hech kimni yanglishtirmasin. Hech qanday mustaqillik haqida so‘z ketmagan. Bu yerda gap yagona Germaniya reyx komissarligiga 5 ta ittifoq respublikalarning iqtisodiy birlashishi haqida ketgan.
Birinchidan, barcha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, aslida qul deb nomlangan arzon ishchi kuchi, natsistlar nuqtayi nazaridan, ortiqcha aholi konslagerlarda oldindan ishlab chiqilgan sxema bo‘yicha yo‘q qilinadi.
Bu iqtisodiy o‘zlashtirish bilan bog‘liq. Bu yerda siyosiy o‘zlashtirish, hatto strategik rivojlanish haqida albatta eslatib o‘tish kerak.
Gap shundaki, nemislar sovet Ittifoqi mag‘lubiyatidan keyin dunyo hukmronligi rejasini amalga oshirishni, Hindistonning ishg‘ol qilish haqida jiddiy o‘ylayotgan edi. Yoki, hech bo‘lmaganda harbiy kampaniyani o‘tkazishni reja qilayotgandi.
Hindiston Britaniya tarkibidagi dominion davlat edi, ya’ni hudud, xususan, O‘zbekiston va qisman Qirg‘izistondagi kabi. Ehtimol, u tranzit o‘tishning boshlanishi uchun maxsus baza sifatida ishlatilgan bo‘lardi.
Afg‘oniston orqali Hindiston hududiga hujum. Ya’ni, O‘zbekiston bu borada nafaqat iqtisodiy, balki harbiy-strategik ko‘prik sifatida ham qaraldi.
O‘zbekiston aholisining taqdiri, afsuski, fashistlar Germaniyasi g‘alaba qozongan taqdirda Sovet Ittifoqi hududida yashovchi har qanday xalqlarning taqdiri bilan aynan bir xil bo‘lar edi, - deydi Parxitko.
ma’lumot uchun, Bugun Rossiya va aksariyat sobiq Ittifoq respublikalarida xotira va motam kuni hisoblanadi. 1941-yil 22-iyun kuni fashistlar Germaniyasi urush e’lon qilmasdan Sobiq Ittifoq hududiga bostirib kirgan, millionlab sovet odamlari qurbon bo‘lgan Ulug‘ Vatan urushi boshlangan edi. Shu saba ushbu kunda Urush qurbonlarini xotirasi yod olinadi.