Tabiiy gaz bozorida asosiy vakolatlarga ega yangi kompaniya ish boshlaydi
© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishGlavniy terminal truboprovoda Gazela v cheshskom poselenii Brandov radom s nemeskoy granitsey. Gazoprovod ispolzuyetsya dlya transportirovki rossiyskogo gaza v Yevropeyskiy Soyuz
© Sputnik / Aleksey Vitviskiy
/ Obuna bo‘lish
“UzGasTrade” aksiyadorlik jamiyati tabiiy gazni markazlashgan tartibda xarid qilish va sotish funksiyasini bajaradi.
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Gazni sotib olish, sotish va eksport qilish ishlari bilan 1-avgustdan boshlab yangi tashkil etilgan UzGazTrade kompaniyasi shug‘ullanadi. Bu prezident tomonidan imzolangan PQ-280-sonli qarorda nazarda tutilgan.
“UzGasTrade” aksiyadorlik jamiyati tabiiy gazni markazlashgan tartibda xarid qilish va sotish funksiyasini bajaradi.
UzGasTrade tabiiy gazni davlatning yagona operatori sifatida respublikadagi ishlab chiqaruvchilardan Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan narxlarda va import orqali tashqi manbalardan markazlashgan tartibda xarid qiladi.
“O‘ztransgaz” AJ esa tabiiy gazni tashish, saqlash va tranzit qilishga ixtisoslashgan yagona magistral gaz uzatish tizimi operatori etib belgilandi.
Hujjatga muvofiq:
“UzGasTrade” AJ ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketlari bo‘yicha aksiyador huquqi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;
Kompaniyaning ustav kapitali Davlat budjetidan ajratiladigan subsidiya mablag‘larining bir qismi hisobidan shakllantiriladi;
Tabiiy gazni sotib olish va ichki bozorda uni sotish bilan bog‘liq 1-avgust holatiga mavjud debitor va kreditor qarzdorliklar bo‘yicha barcha huquq va majburiyatlar “O‘ztransgaz” AJ zimmasida qoladi;
“O‘ztransgaz”ning tabiiy gazni xarid qilish va sotish shartnomalari hamda bitimlari, shu jumladan mahsulot taqsimotiga oid bitimlar bo‘yicha huquq va majburiyatlari 1-avgustdan boshlab “UzGasTrade”ga o‘tadi;
Yangi tashkil etilgan kompaniya tomonidan tabiiy gazni import qilish tender, tanlov hamda Hukumat qarori asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi.
Moliya vazirligi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi “O‘ztransgaz” va “Hududgazta’minot” bilan birgalikda respublika bo‘yicha gaz taqsimlash stansiyalari va sanoat tugunlarini xatlovdan o‘tkazadi.
Shuningdek, respublika gaz uzatish tizimini, shu jumladan yer osti gaz saqlash omborlari infratuzilmasini 2040-yilgacha rivojlantirish va modernizatsiya qilish strategiyasi ishlab chiqiladi.