https://oz.sputniknews.uz/20220622/olimlar-x-xii-asrlarda-kuchli-yonginda-qolgan-hududni-organmoqda-25530872.html
Olimlar X-XII asrlarda kuchli yong‘inda qolgan hududni o‘rganmoqda
Olimlar X-XII asrlarda kuchli yong‘inda qolgan hududni o‘rganmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Farg‘onada olimlar tomonidan olib borilayotgan arxeologik tadqiqotlar jarayonida aniq shakldagi uy qoldig‘ini ajratib olish murakkab kechmoqda. 22.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-22T13:07+0500
2022-06-22T13:07+0500
2022-06-22T13:07+0500
jamiyat
madaniy meros agentligi
farg‘ona viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/16/25530561_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_845ab81ae694836de11e1eb779862d1f.jpg
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Olimlar Quva shahristonida milodiy X-XII asrlarda sodir bo‘lgan kuchli yong‘in oqibatlarini aniqlashdi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar berdi.Quva shahristonida Farg‘ona Davlat Universiteti olimlari tomonidan arxeologik tadqiqot olib borilmoqda.Arxeologlar ma’lum qilishicha, ochib o‘rganilgan hududda kuchli yong‘in sodir bo‘lgan.Ma’lumot uchun, Quva shahristoni miloddan avvalgi VI-Vasrlarda shakllangan. Uning gurkirab yashnagan davri milodiy X-XII asrlarga to‘g‘ri keladi.Bu vaqtda Quvaning umumiy maydoni 200 gektardan ortib ketgan bo‘lsa, hozirda uning 15 gektarga yaqin hududi saqlanib qolgan.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya va O‘zbekiston olimlari Farg‘onada arxeologik tadqiqotlar olib borishgani haqida xabar berilgandi. Tadqiqotlar natijasida Farg‘onaning qadimgi Sho‘rkol, Uzunko‘l, Achchiq ko‘l hududlarida olib borilgan dala izlanishlari natijasida tosh artefaktlar va sopol buyumlar parchalari topilgan.
farg‘ona viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/16/25530561_72:0:1208:852_1920x0_80_0_0_f2d3ee3f2a9c946981c1836fcbc85079.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, madaniy meros agentligi, farg‘ona viloyati
jamiyat, madaniy meros agentligi, farg‘ona viloyati
Olimlar X-XII asrlarda kuchli yong‘inda qolgan hududni o‘rganmoqda
Farg‘onada olimlar tomonidan olib borilayotgan arxeologik tadqiqotlar jarayonida aniq shakldagi uy qoldig‘ini ajratib olish murakkab kechmoqda.
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Olimlar Quva shahristonida milodiy X-XII asrlarda sodir bo‘lgan kuchli yong‘in oqibatlarini aniqlashdi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar
berdi. Quva shahristonida Farg‘ona Davlat Universiteti olimlari tomonidan arxeologik tadqiqot olib borilmoqda.
Arxeologlar ma’lum qilishicha, ochib o‘rganilgan hududda kuchli yong‘in sodir bo‘lgan.
Yong‘in oqibatida uylarning devori kuygan, to‘sinlar yonib polga qulagan. Devorlar qattiq shikaslanib, tartibsiz qulab tushgan. Natijada aniq shakldagi uy qoldig‘ini ajratib olish murakkab kechmoqda.
Ma’lumot uchun, Quva shahristoni miloddan avvalgi VI-Vasrlarda shakllangan. Uning gurkirab yashnagan davri milodiy X-XII asrlarga to‘g‘ri keladi.
Bu vaqtda Quvaning umumiy maydoni 200 gektardan ortib ketgan bo‘lsa, hozirda uning 15 gektarga yaqin hududi saqlanib qolgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya va O‘zbekiston olimlari Farg‘onada arxeologik tadqiqotlar olib borishgani haqida xabar
berilgandi. Tadqiqotlar natijasida Farg‘onaning qadimgi Sho‘rkol, Uzunko‘l, Achchiq ko‘l hududlarida olib borilgan dala izlanishlari natijasida tosh artefaktlar va sopol buyumlar parchalari topilgan.