https://oz.sputniknews.uz/20220622/maymun-chechagi-ellikka-yaqin-mamlakatga-tarqalib-ulgurdi-25554716.html
Maymun chechagi ellikka yaqin mamlakatga tarqalib ulgurdi
Maymun chechagi ellikka yaqin mamlakatga tarqalib ulgurdi
Sputnik O‘zbekiston
Ispaniya so‘nggi kunlarda 700ga yaqin ko‘rsatkich bilan eng ko‘p maymun chechagi qayd etilgan mamlakatga aylandi. 22.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-22T16:52+0500
2022-06-22T16:52+0500
2022-06-22T16:52+0500
dunyoda
jsst
maymun chechagi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/17/24738560_0:113:2001:1238_1920x0_80_0_0_48ecbd328a44d032604c2ab853561e9d.jpg
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Shu kungacha dunyoning ellikka yaqin davlatida maymun chechagi virusi ro‘yxatga olindi.Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lum qilishicha, birgina Yevropaning 28 ta mamlakatida 2000 nafardan ziyod bemor ushbu xavfli virus bilan kasallangan.Virus Berlin va Parij shaharlari hamda Belgiya, Niderlandiya va Italiya mamlakatlarida ham shiddat bilan tarqalmoqda.Ispaniya so‘nggi kunlarda 700ga yaqin ko‘rsatkich bilan eng ko‘p maymun chechagi qayd etilgan mamlakatga aylandi.Hozir kasallikdan asosan Madriddagi aholi aziyat chekmoqda. Bu yerda 510 kishiga mazkur xastalik tashxisi qo‘yilgan.Lotin Amerikasida esa 18 ta holat tasdiqlangan. Shundan Braziliyada sakkizta, Meksikada beshta, Argentinada uchta, Venesuela va Chilida bittadan.Qolaversa, so‘nggi kunlarda Janubiy Koreyada ikki nafar, Singapurda bir nafar bemor maymun chechagini yuqtirganlikda gumonlanmoqda.Biroq bunday sharoitda xastalikni aniqlash, kuzatish va nazorat qilish tizimlari talab darajasida emas. Aytilishicha, infeksiyani yuqtirganlar tibbiyot muassasalariga kech murojaat qilmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/17/24738560_98:0:1901:1352_1920x0_80_0_0_f70c5cf154e2591cff7473192f2fc9af.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, jsst, maymun chechagi
dunyoda, jsst, maymun chechagi
Maymun chechagi ellikka yaqin mamlakatga tarqalib ulgurdi
Ispaniya so‘nggi kunlarda 700ga yaqin ko‘rsatkich bilan eng ko‘p maymun chechagi qayd etilgan mamlakatga aylandi.
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Shu kungacha dunyoning ellikka yaqin davlatida maymun chechagi virusi ro‘yxatga
olindi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lum qilishicha, birgina Yevropaning 28 ta mamlakatida 2000 nafardan ziyod bemor ushbu xavfli virus bilan kasallangan.
Hozir qit’aning barcha hududida o‘sish tendensiyasi kuzatilmoqda. Ayniqsa, London, Madrid va Lissabon shaharlarida epidemiologik vaziyat ancha yomonlashgan.
Virus Berlin va Parij shaharlari hamda Belgiya, Niderlandiya va Italiya mamlakatlarida ham shiddat bilan tarqalmoqda.
Ispaniya so‘nggi kunlarda 700ga yaqin ko‘rsatkich bilan eng ko‘p maymun chechagi qayd etilgan mamlakatga aylandi.Hozir kasallikdan asosan Madriddagi aholi aziyat chekmoqda. Bu yerda 510 kishiga mazkur xastalik tashxisi qo‘yilgan.
Lotin Amerikasida esa 18 ta holat tasdiqlangan. Shundan Braziliyada sakkizta, Meksikada beshta, Argentinada uchta, Venesuela va Chilida bittadan.
Qolaversa, so‘nggi kunlarda Janubiy Koreyada ikki nafar, Singapurda bir nafar bemor maymun chechagini yuqtirganlikda gumonlanmoqda.
Buyuk Britaniyada faoliyat olib boruvchi molekulyar virusologiya bo‘yicha professor Karlos Maluker de Motesning so‘zlariga ko‘ra, bu epidemiyaga chek qo‘yish juda qiyin kechadi. Chunki virus allaqachon ko‘plab mamlakatlarga tarqalib ulgurdi.
Biroq bunday sharoitda xastalikni aniqlash, kuzatish va nazorat qilish tizimlari talab darajasida emas. Aytilishicha, infeksiyani yuqtirganlar tibbiyot muassasalariga kech murojaat qilmoqda.