KNB Ukrainaning yanvar voqealariga aloqadorligini tekshiradi

© Depositphotos / StevanovicigorBezlikiy anonimniy xaker v kapushone
Bezlikiy anonimniy xaker v kapushone - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.06.2022
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston Xavfsizlik xizmati yanvar voqealariga Ukraina maxsus axborot bo‘linmalarining ishtirok etganini tekshiradi.
TOShKENT, 22-iyun - Sputnik. Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi Ukraina “trollar fabrikasi”ning Qozog‘istonda yanvar oyida sodir bo‘lgan tartibsizliklarga aloqadorligini tekshiradi. Bu haqda RIA Novosti agentligiga KNB raisi o‘rinbosari Askar Amerxanov ma’lum qildi.
“Tergov barcha yo‘nalishlarda olib borilmoqda. Biz barcha ma’lumotlarni sinchiklab tekshiramiz. Hammasi aniq bo‘lganidan so‘ng izoh beramiz”, - dedi Amerxanov.
Eslatib o‘tamiz, biroz oldin, ismini sir tutgan RaHDIt xakerlar guruhi vakili 2022-yil boshida Qozog‘istonda norozilik namoyishlarini uyushtirishda Ukraina harbiy 83-axborot va psixologik operatsiyalar markazi (SIPsO, Odessa) ishtirok etgani haqida ma’lum qilgan edi.
Xaker aytishiga ko‘ra, Ukrainada jami to‘rtta shunga o‘xshash markaz yaratilgan: Odessadagi 83-markaz, Kiyev viloyatining Brovari shahrida 72-markaz (asosiy), Lvovda 74 va Jitomir viloyatida 16-markaz.
“24 fevralgacha bu markazlarning barchasi muvaffaqiyatli ishlagan. 83-markaz Qozog‘istonda norozilik namoyishlari uyushtirishga jalb qilingan. Qanchalik muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsizligi boshqa masala. Lekin bunda ularning qo‘li borligiga dalillar bor”, - deydi xaker.
Ma’lumot uchun, Rossiya Ukrainada maxsus operatsiyasi boshlanganidan so‘ng RaHDIt guruhi Ukraina hukumatiga doir 755 ta veb-saytlarini buzib kirganini da’vo qilgan edi. Shuningdek, guruhga taaluqli bo‘lgan “Nemezida” axborot resursida 1-iyun kuni Ukraina Xavfsizlik xizmatining 700 ga yaqin xodimi fotosuratlari, telefon raqamlari va yashash manzillari haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi. Ularning haqiqiyligini RIA Novostiga Rossiya maxsus xizmat xodimlaridan biri tasdiqlagan edi.

Qozog‘istondagi tartibsizliklar

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil yanvar oyi boshida Qozog‘istonning bir necha shaharlarida ommaviy tartibsizliklar bo‘lib o‘tgan edi. Ularda ishtirok etganlar politsiya va harbiylarga hujum qilishdi.
Prezident Qasim-Jomart Toqayev buni davlat to‘ntarishiga urinish deb atab, KXShTga yordam so‘rab murojaat qildi. Rossiya va KXShTga a’zo bo‘lgan boshqa davlatlar zudlik bilan Qozog‘istonga xavfsizlik kuchlarni yuborgan va ular muhim ijtimoiy obyektlarni qo‘riqlashga jalb etilgan edi. 7-yanvarga kelib vaziyatni izga solishga erishildi, 19-yanvar kuni butun mamlakat bo‘ylab joriy qilingan favqulodda holat bekor qilindi. Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, bu voqealar natijasida 230 kishi halok bo‘lgan, 4,5 mingdan ziyod kishi jabrlangan.
Yangiliklar lentasi
0