Burgut bolasi tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborildi

© Davlat ekologiya qo‘mitasi Burgut bolasi tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborildi
Burgut bolasi tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.06.2022
Obuna bo‘lish
Jizzaxda ucha olmay qolgan burgut bolasi mutaxassislar tomonidan 17 kun parvarish qilindi.
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida parvarish qilinganidan so‘ng burgut bolasi tabiat qo‘yniga qaytarildi. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi xabar berdi.
Aytilishicha, burgut bolasi 4-iyun kuni Zafarobod tumani “Chimqo‘rg‘on” MFYda yosh bolalar tomonidan tutib olingan.
Yirtqich qush bolasi ucha olmay qolgan va u vaqtincha Zafarobod tuman veterinariya bo‘limi nazoratiga berilgan.

17 kun parvarish qilingan qush bolasi yana ucha boshladi.

Zafarobod tumani ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi inspektori hamda tuman veterinariya bo‘limi xodimi bilan birgalikda yirtqich qush tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborildi.
Yangiliklar lentasi
0