Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina alamidan Rossiyaning Qora dengizdagi gaz platformalariga hujum qildi

© Sputnik / Sergey Petrosan / Mediabankka o‘tishChernomorskiy flot RF
Chernomorskiy flot RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2022
Obuna bo‘lish
Ukraina Zmeiniy orolini yana qo‘lga kirita olmaganidan so‘ng Rossiyaning Iora dengizdagi gaz platformalariga hujumchi dronlari bilan hujum qilgan.
TOShKENT, 21-iyun - Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Qora dengizdagi gaz qazib olish suzuvchi platformalariga uyushtirilgan xiyonatkorona hujumiga javob zarbasini berdi, deb xabar qilmoqda Rossiya Mudofaa vazirligi.

"Xususan, tovushdan tez uchuvchi "Oniks" qanotli raketalari yordamida Odessa yaqinidagi "Shkolniy" harbiy aerodromidagi "Bayraktar-TB2" uchuvchisiz uchish apparatlari joylashgan angarlarni yo‘q qildi”, — deyiladi hujjatda.

Bundan tashqari, Kubanskiy orolida 155 millimetrlik Amerika M-777 gaubitsalarining ikkita vzvodlari yo‘q qilindi. Shuningdek, Rossiya aviatsiyasi Odessa viloyatining Ochakov va Tuzla viloyatlarida S-300 zenit-raketa majmuasining ikkita uchirish moslamasini yo‘q qildi.
Nishonlar Rossiya razvedka texnikasi tomonidan operatsiya davomida aniqlangan.
Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina Zmeiniy orolini yana qo‘lga kirita olmaganidan so‘ng gaz platformalariga hujumchi dronlari bilan hujum qilishga qaror qilgan.
“20 iyun kuni soat 05:00 atrofida Kiyev rejimi Zmeyniy orolini egallashga navbatdagi aqldan ozgan urinishni amalga oshirdi. Kiyev rejimining operatsiya rejasi Zmeyniy oroliga havo va artilleriyadan ommaviy zarbalar berish, keyin esa desant hujumini amalga oshirish edi va orolni qo‘lga kiritsh edi”, - deyiladi hisobotda.
Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ikki "Bayraktar" uchuvchisiz apparatli boshchilishiga amalga oshirilgan hujumda 15 dan ortiq razvedka va uchuvchisiz samolyotlar ishtirok etgan. Bundan tashqari, AQSh Harbiy havo kuchlarining Global Hawk RQ-4 strategik razvedka uchuvchisiz samolyoti baland masofadan turib kuzatib turgan.
Qopqoqni S-300 zenit tizimlari Tuzla va Ochakov hududlaridagi jangovar pozitsiyalardan ta’minladi. Zmeiniy oroliga "Tochka-U" ballistik raketalari, "Uragan" raketa tizimlari va 155 millimetrli M-777 gaubitsalari va artilleriya yordamida zarbalar berildi.
Rossiyaning "Pansir" "Tor" zenit-raketa tizimlari yordamida Zmeiniy hujum qilgan barcha qurollar - 13 ta uchuvchisiz apparat, to‘rtta "Tochka-U" raketasi va 21 ta "Uragan" reaktiv snaradlarini yakson qilindi.
RIA Novosti muxbirlari aniqlashiga ko‘ra, AQShning tijoriy sun’iy yo‘ldoshlari Ukraina hujumidan bir necha kun oldin Zmeiniy orolini suratga olgan. Xususan, “Worldview-3” 14-iyun kuni, “Worldview-1” - 17-iyun kuni.
Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 2022-yil 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.

Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi. Shuningdek, Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0