Mosbirja o‘zbek so‘mi bilan savdo qilishni boshlaydi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishMoskovskaya birja vozobnovila torgi
Moskovskaya birja vozobnovila torgi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2022
Obuna bo‘lish
Moskva birjasida o‘zbek so‘mi, arman drami va Janubiy Afrika randi bo‘yicha savdolar olib boriladi.
TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Rossiyaning Moskva birjasi 27-iyundan boshlab O‘zbekiston so‘mi bilan savdo qilishni boshlaydi.
Moskva birjasi shuningdek, arman drami va Janubiy Afrika randi bo‘yicha hamsavdolarni olib boradi.
“Yangi valyutalar bozorning professional ishtirokchilari, ularning mijozlari – jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan tashqi iqtisodiy faoliyat subektlarining savdo imkoniyatlarini kengaytiradi”, deyiladi xabarda.
Savdo ishtirokchilari va ularning mijozlari quyidagi valyuta juftliklari uchun spot va almashtirish vositalaridan foydalanishlari mumkin:
Janubiy Afrika randi—Rossiya rubli (ZAR/RUB);
AQSh dollari—Janubiy Afrika randi (USD/ZAR);
Arman drami—Rossiya rubli (AMD/RUB);
AQSh dollari—Arman drami (USD/AMD);
O‘zbek so‘mi—Rossiya rubli (so‘m/RUB).
Birja BAA dirhami – Rossiya rubli (AED/RUB) va AQSh dollari – BAA dirhami (USD/AED) valyuta juftliklarida savdoni boshlashni ham reja qilgan.
Yangiliklar lentasi
0