Lukashenko kuzda O‘zbekistonga keladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Belarusi Aleksandr Lukashenko
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Belarusi Aleksandr Lukashenko - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2022
Obuna bo‘lish
Belarus prezidenti 15-16 sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan ShHT sammitida ishtirok etishni rejalashtirgan.
TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. 2022-yilning sentabr oyida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko O‘zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sputnik Belarus mamlakat bosh vaziri Roman Golovchenkoga tayanib, xabar berdi.
Roman Golovchenkoga ko‘ra, Lukashenko tashrifi davomida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi, shuningdek, 15-16 sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) sammitida ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham kuzda O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda.
ShHTning Samarqand sammiti 2022-yil 15-16 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
ShHTga O‘zbekiston, Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Pokiston, Hindiston va Eron a’zo bo‘lgan. Sammitda Afg‘oniston, Mo‘g‘uliston va Belarus tashkilotda kuzatuvchi, Turkiya esa muloqot bo‘yicha hamkor sifatida ishtirok etadi.
Yangiliklar lentasi
0