Ukraina YeIga hech qanaqasiga mos emas – Volodin

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishPlenarnoe zasedanie Gosdumi RF
Plenarnoe zasedanie Gosdumi RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.06.2022
Obuna bo‘lish
Volodinning aytishicha, Ukraina na Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun, na nomzod maqomiga hech qanaqasiga mos kelmaydi.
TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. Rossiya Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodinning aytishicha, Ukraina Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishga ham, nomzod maqomini olishga ham mos emas.

“Ukraina na Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun, na nomzod maqomiga hech qanaqasiga mos kelmaydi. Korrupsiya, keng tarqalgan jinoyat, oligarxik hokimiyat va vayron bo‘lgan iqtisodiyot – bular zamonaviy Ukrainaning o‘ziga xos xususiyatlari. Yevropa buni yaxshi tushunadi, lekin ularda Rossiyani zaiflashtirish istagi ustunlik qiladi”, dedi Davlat Dumasi spikeri.

Volodin Yevropa Ittifoqiga nomzod maqomini Ukrainadan ko‘ra ko‘proq kutayotgan boshqa davlatlarni ham esladi. Ular orasida 1987, 2004 va 2008-yillardan beri navbatda turgan Turkiya, Shimoliy Makedoniya va Chernogoriya ham bor.
“Bugungi kunda Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishni kutayotgan beshta nomzod bor…”, deydi u.
Duma spikerining so‘zlariga ko‘ra, “Ukrainaning o‘zini-o‘zi yo‘q qilish hali ham davom etmoqda”.
“G‘arb Rossiyaga qarshi oxirgi ukrainalik qolguncha kurashapti. Ular muvaffaqiyatga erishmaydi. Shuning uchun Vashington va Brussel jangovar harakatlar davom etishi uchun hamma narsani qilishga tayyor. Ukrainaga Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish uchun nomzod maqomini berish to‘g‘risidagi qarorning sababi shu”, dedi Volodin.
Uning ta’kidlashicha, Ukraina uchun natija qayg‘uli bo‘ladi.
“Qaror qabul qilish markazi rasman Brusselga ko‘chiriladi. U [Ukraina] nihoyat o‘z mustaqilligini yo‘qotadi”, dedi Volodin.
Avvalroq, prezident Vladimir Putin Rossiya Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishiga mutlaqo qarshi emasligini, YeI davlatlarining o‘zlari bu ular uchun qanchalik mos ekanini aniqlashi kerakligini aytgan edi.
Yangiliklar lentasi
0