https://oz.sputniknews.uz/20220620/rossiyaning-yirik-kutubxonalari-bilan-memorandumlar-imzolandi-25472473.html
Rossiyaning yirik kutubxonalari bilan memorandumlar imzolandi
Rossiyaning yirik kutubxonalari bilan memorandumlar imzolandi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Rossiyaning yirik kutubxonalari bilan memorandumlar imzoladi.
2022-06-20T13:20+0500
2022-06-20T13:20+0500
2023-04-05T18:38+0500
jamiyat
o‘zbekiston
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/14/25471096_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_d534975cb2c5d3b0e7971db27e398bd7.png
TOShKENT, 20-iyun – Sputnik. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Rossiyaning yirik kutubxonalari bilan memorandumlar imzoladi.Memorandumga ko‘ra, bir qancha rejalar nazarda tutilgan. Eng asosiysi, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va uning tasarrufidagi 14 ta viloyat axborot-kutubxona markazlari mutaxassislari uchun malaka oshirish stajirovkalari tashkil etiladi, deydi kutubxona Matbuot kotibi Muqaddas Bobomuhammedova, Sputnik muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda.“Rossiyaning uchta yirik kutubxonalari bilan imzolangan memorandumda kitobxonlik sohasida ilmiy-tadqiqot, axborot va ma’rifiy faoliyatni amalga oshiruvchi Mutolaa markazini takomillashtirish, ommaviy kutubxonalar markazlashtirilgan tarmog‘ining axborot-uslubiy va muvofiqlashtiruvchi funksiyalarini samarali amalga oshirish faoliyatni monitoring qilish, elektron kataloglarni yaratish, elektron resurslarni raqamlashtirish va boshqa shu kabi yo‘nalishlar belgilab olindi”, deydi mutaxassis.Innovatsion loyihaShu bilan birga, o‘zaro hamkorlik shaharning davlat, ijtimoiy va tijorat raqamli xizmatlaridan, shu jumladan, shahar ommaviy kutubxonalaridan foydalanishni ta’minlaydigan "Peterburg fuqarosining yagona ID kartasi" loyihasini tashkil etish va mazkur yo‘nalish bo‘yicha amaliy tajribalarni almashish respublika kitobxonlariga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishning yagona (korporativ) tizimini yaratish imkoniyatlarini maqbullashtiradi, kutubxonashunoslik, kitobshunoslik, kutubxona fondlarini restavratsiya qilish va konservatsiya qilish sohasida hamkorlikda tajribalar almashishda asos bo‘lib xizmat qiladi.“Ta’kidlash kerakki, Rossiya Milliy kutubxonasi 40 milliondan ziyod fondga ega. Kutubxona tasarrufida kutubxonachilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti mavjud bo‘lib, hamkorlik memorandumi doirasida o‘zbekistonlik kutubxonachilar malakasini oshirishga qaratilgan loyihalarni birinchi navbatda ishlab chiqish zarurligi muhokama qilindi. Kelgusida hamkorlik yo‘nalishlari, amalga oshirish mexanizmlari yuksak natijalar berishi kutilmoqda”, – deydi matbuot kotibi.Madaniy munosabatlarForum doirasida 16-iyun kuni B.N.Yelsin nomidagi Prezident kutubxonasi bilan memorandum imzolash marosimida Milliy kutubxona direktori Umida Teshabayeva hamkorlikning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha maqsadlar, amalga oshirish mexanizmi va vazifalarni yakunlash muddatlari ko‘rsatilgan holda “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlashni taklif qildi. Ushbu hamkorlik memorandumi kutubxonalar o‘rtasidagi kasbiy aloqalarni kengaytirish va yanada rivojlantirish, O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi madaniy munosabatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Xalqaro aloqalarni tashkil etish xizmati” rahbari Gulbaxor Kabiljanova mazkur memorandumning imzolanishi xalqaro darajadagi yutuq ekanini e’tirof etdi.“Rossiyaning yirik kutubxonalari bilan imzolangan memorandum O‘zbekiston Milliy kutubxonasi faoliyatidagi yana bir xalqaro darajadagi yutuq, deb hisoblayman. Maqsadimiz kelgusida kutubxonalararo turli sohalardagi kasbiy tajriba almashish, zamonaviy kutubxona texnologiyalarini, axborot-kutubxonada xizmat ko‘rsatishning eng yangi shakli va uslublarini, axborot-kutubxonachilik sohasini to‘g‘ri tashkil qilishdagi xalqaro meyorlar, standartlarni o‘rganish va tadbiq qilishdan iborat”, - deydi Kabiljanova.O‘zaro hamkorliklarO‘zbekiston Milliy kutubxonasi xorij Milliy kutubxonalari bilan muntazam ravishda yaqindan hamkorliklarni o‘rnatgan. Jumladan, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 16 ta (Rossiya, Belorussiya, Xitoy, Qirg‘iziston, Tojikiston, Gruziya, Eron Islom Respublikasi, Ozarbayjon, Janubiy Koreya, Yaponiya, Germaniya, Turkmaniston, Latviya, Chexiya, Turkiya, Qozog‘iston) xorijiy davlatlarning 26 ta kutubxonalari bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumlarni imzolagan.M.E.Saltikov-Shedrin nomidagi Rossiya Milliy kutubxonasi, B.N.Yelsin nomidagi Prezident kutubxonasi hamda V.V.Mayakovskiy nomidagi Sankt-Peterburg markaziy shahar ommaviy kutubxonasi bilan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi o‘rtasida imzolangan memorandumlar ham ikki davlat Milliy kutubxonalari o‘rtasida amalga oshirib kelinayotgan o‘zaro hamkorlikning rasmiy hujjati sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/14/25471096_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_91f0bcf9a10bf323f0d3aaccf3c52774.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiyaning yirik kutubxonalari bilan memorandumlar imzolandi
rossiyaning yirik kutubxonalari bilan memorandumlar imzolandi
Rossiyaning yirik kutubxonalari bilan memorandumlar imzolandi
13:20 20.06.2022 (yangilandi: 18:38 05.04.2023) O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va 14 ta viloyat axborot-kutubxona markazlari mutaxassislari uchun malaka oshirish stajirovkalari tashkil etiladi.
TOShKENT, 20-iyun – Sputnik. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Rossiyaning yirik kutubxonalari bilan memorandumlar imzoladi.
Memorandumga ko‘ra, bir qancha rejalar nazarda tutilgan. Eng asosiysi, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va uning tasarrufidagi 14 ta viloyat axborot-kutubxona markazlari mutaxassislari uchun malaka oshirish stajirovkalari tashkil etiladi, deydi kutubxona Matbuot kotibi Muqaddas Bobomuhammedova, Sputnik muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda.
“Rossiyaning uchta yirik kutubxonalari bilan imzolangan memorandumda kitobxonlik sohasida ilmiy-tadqiqot, axborot va ma’rifiy faoliyatni amalga oshiruvchi Mutolaa markazini takomillashtirish, ommaviy kutubxonalar markazlashtirilgan tarmog‘ining axborot-uslubiy va muvofiqlashtiruvchi funksiyalarini samarali amalga oshirish faoliyatni monitoring qilish, elektron kataloglarni yaratish, elektron resurslarni raqamlashtirish va boshqa shu kabi yo‘nalishlar belgilab olindi”, deydi mutaxassis.
Shu bilan birga, o‘zaro hamkorlik shaharning davlat, ijtimoiy va tijorat raqamli xizmatlaridan, shu jumladan, shahar ommaviy kutubxonalaridan foydalanishni ta’minlaydigan "Peterburg fuqarosining yagona ID kartasi" loyihasini tashkil etish va mazkur yo‘nalish bo‘yicha amaliy tajribalarni almashish respublika kitobxonlariga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishning yagona (korporativ) tizimini yaratish imkoniyatlarini maqbullashtiradi, kutubxonashunoslik, kitobshunoslik, kutubxona fondlarini restavratsiya qilish va konservatsiya qilish sohasida hamkorlikda tajribalar almashishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
“Ta’kidlash kerakki, Rossiya Milliy kutubxonasi 40 milliondan ziyod fondga ega. Kutubxona tasarrufida kutubxonachilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti mavjud bo‘lib, hamkorlik memorandumi doirasida o‘zbekistonlik kutubxonachilar malakasini oshirishga qaratilgan loyihalarni birinchi navbatda ishlab chiqish zarurligi muhokama qilindi. Kelgusida hamkorlik yo‘nalishlari, amalga oshirish mexanizmlari yuksak natijalar berishi kutilmoqda”, – deydi matbuot kotibi.
Forum doirasida 16-iyun kuni B.N.Yelsin nomidagi Prezident kutubxonasi bilan memorandum imzolash marosimida Milliy kutubxona direktori Umida Teshabayeva hamkorlikning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha maqsadlar, amalga oshirish mexanizmi va vazifalarni yakunlash muddatlari ko‘rsatilgan holda “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlashni taklif qildi. Ushbu hamkorlik memorandumi kutubxonalar o‘rtasidagi kasbiy aloqalarni kengaytirish va yanada rivojlantirish, O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi madaniy munosabatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Xalqaro aloqalarni tashkil etish xizmati” rahbari Gulbaxor Kabiljanova mazkur memorandumning imzolanishi xalqaro darajadagi yutuq ekanini e’tirof etdi.
“Rossiyaning yirik kutubxonalari bilan imzolangan memorandum O‘zbekiston Milliy kutubxonasi faoliyatidagi yana bir xalqaro darajadagi yutuq, deb hisoblayman. Maqsadimiz kelgusida kutubxonalararo turli sohalardagi kasbiy tajriba almashish, zamonaviy kutubxona texnologiyalarini, axborot-kutubxonada xizmat ko‘rsatishning eng yangi shakli va uslublarini, axborot-kutubxonachilik sohasini to‘g‘ri tashkil qilishdagi xalqaro meyorlar, standartlarni o‘rganish va tadbiq qilishdan iborat”, - deydi Kabiljanova.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi xorij Milliy kutubxonalari bilan muntazam ravishda yaqindan hamkorliklarni o‘rnatgan. Jumladan, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 16 ta (Rossiya, Belorussiya, Xitoy, Qirg‘iziston, Tojikiston, Gruziya, Eron Islom Respublikasi, Ozarbayjon, Janubiy Koreya, Yaponiya, Germaniya, Turkmaniston, Latviya, Chexiya, Turkiya, Qozog‘iston) xorijiy davlatlarning 26 ta kutubxonalari bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumlarni imzolagan.
M.E.Saltikov-Shedrin nomidagi Rossiya Milliy kutubxonasi, B.N.Yelsin nomidagi Prezident kutubxonasi hamda V.V.Mayakovskiy nomidagi Sankt-Peterburg markaziy shahar ommaviy kutubxonasi bilan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi o‘rtasida imzolangan memorandumlar ham ikki davlat Milliy kutubxonalari o‘rtasida amalga oshirib kelinayotgan o‘zaro hamkorlikning rasmiy hujjati sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.