Oxirgi 11-yilda ilk tashrif: Ilhom Aliyev O‘zbekistonga keladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSostoyalas vstrecha Prezidentov Uzbekistana i Azerbaydjana
Sostoyalas vstrecha Prezidentov Uzbekistana i Azerbaydjana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.06.2022
Obuna bo‘lish
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev 21-22 iyun kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi
TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev 21-22 iyun kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.
Sammit kun tartibidan strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Oliy darajadagi muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plamini imzolash ko‘zda tutilgan.
Tashrif arafasida Toshkent shahrida O‘zbekiston va Ozarbayjonning yetakchi kompaniya va korxonalari ishtirokida ishbilarmonlik tadbirlari o‘tmoqda.
Keyingi yillarda ikki tomonlama savdo ko‘rsatkichlari va qo‘shma korxonalar soni sezilarli darajada ko‘paydi. 2021-yilda tovar ayirboshlash hajmi 42 %ga, joriy yil yanvar-may oylarida 49 %ga o‘sdi.
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning oxirgi 11-yilda O‘zbekistonga amalga oshirayotgan ilk tashrifi hisoblanadi. Aliyev oxirgi marta O‘zbekistonga 2010-yil 27-sentabrda tashrif buyurgan.
Yangiliklar lentasi
0