Toshkent shahar hokimligi kuchli shamol bo‘lib, yomg‘ir yog‘ishidan ogohlantirdi

© Sputnik / Yevgeniy OdinokovDojd
Dojd - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.06.2022
Obuna bo‘lish
Toshkent shahrida kuchli shamol bo‘lishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Toshkent shahrida 19-iyun kuni kuchli shamol bo‘lishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan shahar hokimligi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, hokimlik aholidan ehtiyotkorlik choralariga rioya qilishni, daraxtlar va temirli qurilmalar tagiga avtomashinalarni qo‘ymaslikni so‘ragan.
"Noqulay ob-havo sharoiti – kuchli shamol, yog‘ingarchiliklar bilan bog‘liq har qanday favqulodda vaziyatlarda Toshkent shahar hokimligining tegishli xizmatlari bilan (71) 212-69-80, (71) 212-69-82, 1050 va 1055 raqamlariga murojaat qilib bog‘lanishingiz mumkin", — deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0