Abdurahmonov Tatariston rahbari bilan Sankt-Peterburgda uchrashuv o‘tkazdi

© Press-slujba Ministerstva innovatsionnogo razvitiyaVstrecha ministra innovatsionnogo razvitiya Uzbekistana Ibroxima Abduraxmonova s prezidentom Tatarstana Rustamom Minnixanovim na polyax PMEF-2022.
Vstrecha ministra innovatsionnogo razvitiya Uzbekistana Ibroxima Abduraxmonova s prezidentom Tatarstana Rustamom Minnixanovim na polyax PMEF-2022. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.06.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vaziri va Tatariston rahbari Sankt-Peterburgda uchrashuv o‘tkazdi.
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vaziri va Tatariston rahbari Sankt-Peterburgda uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralar Peterburg iqtisodiy forum doirasida bo‘lib o‘tdi.

Ikki mamlakat o‘rtasida yaxshi sur’atlar kuzatilmoqda. Milliy yetakchingiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev ishbilarmonlik aloqalarimizni rivojlantirishga juda faol hissa qo‘shmoqda, — dedi Minnixonov.

Shuningdek, O‘zbekistonda iqtidorli yoshlar uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratilayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi. – O‘zbekiston prezidentining bevosita rahbarligida mamlakatimiz ilm-fanida tub islohotlar amalga oshirilmoqda, – dedi I.Abdurahmonov. – Ayni paytda mamlakatimiz ilm-fanining salohiyatidan to‘liq foydalanish va zamonaviy texnologiyalar, jumladan, ilmiy ishlanmalarni transfer va tijoratlashtirish orqali jahon bozoriga chiqishni ta’minlash asosiy vazifalarimizdan.
Ibrohim Abdurahmonov va Rustam Minnixonov O‘zbekiston va Rossiya mintaqasi o‘rtasidagi qo‘shma loyihalarni muhokama qildi, mavjud muammolar yuzasidan fikr almashdi va ularni yanada rivojlantirish istiqbollarini belgilab oldi.
Yangiliklar lentasi
0