https://oz.sputniknews.uz/20220618/ukraina-rossiya-fuqarolari-uchun-viza-tartibini-joriy-etishga-qaror-qildi-25425765.html
Ukraina Rossiya fuqarolari uchun viza tartibini joriy etishga qaror qildi
Ukraina Rossiya fuqarolari uchun viza tartibini joriy etishga qaror qildi
Sputnik O‘zbekiston
Ukraina Rossiya fuqarolari uchun 1-iyuldan boshlab viza tartibini joriy etdi. 18.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-18T12:34+0500
2022-06-18T12:34+0500
2023-04-05T18:37+0500
dunyoda
ukraina
viza
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/528/36/5283650_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_e8878da277a6276e168af102e5b99906.jpg
TOShKENT, 18-iyun - Sputnik. Ukraina 1-iyuldan rossiyaliklar uchun viza rejimini joriy etishga qaror qildi. Bu haqda juma kuni Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak ma’lum qildi.O‘z navbatida, Bosh vazir Denis Shmigal ham hukumat tomonidan Rossiya Federatsiyasi bilan vizasiz rejim bo‘yicha kelishuvni bekor qilish to‘g‘risida qabul qilingan qarorni e’lon qildi.25 may kuni Zelenskiy Rossiya fuqarolari uchun viza rejimi bo‘yicha petitsiyani qo‘llab-quvvatladi va bosh vazir Denis Shmigalga bu masalani ko‘rib chiqishni topshirgan edi. Rossiya Federatsiyasining Yevropa Ittifoqidagi doimiy vakili Vladimir Chijov Ukrainaning Rossiya bilan viza rejimini joriy etish qarorini mutlaqo bema’nilik deb atadi."Menimcha, bu mutlaqo bema’nilik", dedi u RIA Novosti bilan suhbatda Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro iqtisodiy forum doirasida. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, bugungi kun sharoitida bunday qaror qabul qilish hech narsani o‘zgartirmaydi. Faqat Rossiyada qarindoshlari bor ukrainaliklar va Ukrainada qarindoshi bor rossiyaliklar uchun birz ma’muriy qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/528/36/5283650_341:0:3072:2048_1920x0_80_0_0_fb4235a87d42049d07930d3ff14bcd5f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, ukraina, viza, rossiya
dunyoda, ukraina, viza, rossiya
Ukraina Rossiya fuqarolari uchun viza tartibini joriy etishga qaror qildi
12:34 18.06.2022 (yangilandi: 18:37 05.04.2023) Ukraina Rossiya fuqarolari uchun 1-iyuldan boshlab viza tartibini joriy etdi.
TOShKENT, 18-iyun - Sputnik. Ukraina 1-iyuldan rossiyaliklar uchun viza rejimini joriy etishga qaror qildi. Bu haqda juma kuni Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak ma’lum qildi.
"Bugun prezident Rossiya bilan viza rejimini joriy etish jarayonini boshladi. Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qildi, unga ko‘ra rossiyaliklar uchun viza rejimi 2022-yil 1-iyuldan ishlaydi", deb yozdi u Telegram-kanalida.
O‘z navbatida, Bosh vazir Denis Shmigal ham hukumat tomonidan Rossiya Federatsiyasi bilan vizasiz rejim bo‘yicha kelishuvni bekor qilish to‘g‘risida qabul qilingan qarorni e’lon qildi.
25 may kuni Zelenskiy Rossiya fuqarolari uchun viza rejimi bo‘yicha petitsiyani qo‘llab-quvvatladi va bosh vazir Denis Shmigalga bu masalani ko‘rib chiqishni topshirgan edi.
Rossiya Federatsiyasining Yevropa Ittifoqidagi doimiy vakili Vladimir Chijov Ukrainaning Rossiya bilan viza rejimini joriy etish qarorini mutlaqo bema’nilik deb atadi.
"Menimcha, bu mutlaqo bema’nilik", dedi u RIA Novosti bilan suhbatda Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro iqtisodiy forum doirasida.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, bugungi kun sharoitida bunday qaror qabul qilish hech narsani o‘zgartirmaydi. Faqat Rossiyada qarindoshlari bor ukrainaliklar va Ukrainada qarindoshi bor rossiyaliklar uchun birz ma’muriy qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin.