https://oz.sputniknews.uz/20220618/tunda-ovqat-tanovul-qilish-salomatlikka-qanday-tasir-qiladi-25439115.html
Tunda ovqat tanovul qilish salomatlikka qanday ta’sir qiladi?
Tunda ovqat tanovul qilish salomatlikka qanday ta’sir qiladi?
Sputnik O‘zbekiston
Mutaxassis ta’kidlashicha, kechgi ovqat o‘z vaqtida bo‘lgani ma’qul, aks holda bu turli kasalliklar keltirib chiqarishi mumkin. 18.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-18T22:18+0500
2022-06-18T22:18+0500
2022-06-18T22:18+0500
bu qiziq
shifokor
shifokorlar tavsiyasi
doktor maslahati
foydali
sog‘liq
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/17/16059607_0:161:3069:1887_1920x0_80_0_0_8370468fe3fc0a066f2d05be3454fafa.jpg
Ba’zi insonlar juda kech vaqtda ovqatlanishga odatlangan bo‘lishadi, yana ayrimlar esa kechqurun umuman ovqatlanmaslikka harakat qilishadi. Biroq, gastroenterolog, parhezshunos, tibbiyot fanlari nomzodi Irini Berejnayaning Sputnik radiosiga bergan intervyusida aytishicha, ikki holat ham salomatlik uchun juda zararli bo‘lishi mumkin.Bundan tashqari, juda kech ovqatlanish jigar faoliyatiga ham zarar keltiradi.Yana ko‘pchilik odamlar esa umuman kechki ovqat iste’mol qilmaslikka harakat qilishadi. Ammo bu ham oshqozonga salbiy ta’sir qilmasdan qolmaydi.“Ayrimlar parhez qoidasiga ko‘ra kechgi ovqatni iste’mol qilmaslikka harakat qiladi. Bu odatning ham yaxshi tomonlari bo‘lishi mumkin. Biroq, agar organizm bunday tartibga ko‘nikmagan bo‘lsa, salomatlikka jiddiy zarar keltirishi mumkin. Chunki katabolizm (energiya almashinuvi), kislota-ishqor muvozanati buziladi”, -deydi shifokor.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/17/16059607_168:0:2899:2048_1920x0_80_0_0_bb246484871e516cf7998d38e9dc0f57.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shifokor, shifokorlar tavsiyasi, doktor maslahati, foydali, sog‘liq
shifokor, shifokorlar tavsiyasi, doktor maslahati, foydali, sog‘liq
Tunda ovqat tanovul qilish salomatlikka qanday ta’sir qiladi?
Mutaxassis ta’kidlashicha, kechgi ovqat o‘z vaqtida bo‘lgani ma’qul, aks holda bu turli kasalliklar keltirib chiqarishi mumkin.
Ba’zi insonlar juda kech vaqtda ovqatlanishga odatlangan bo‘lishadi, yana ayrimlar esa kechqurun umuman ovqatlanmaslikka harakat qilishadi. Biroq, gastroenterolog, parhezshunos, tibbiyot fanlari nomzodi Irini Berejnayaning Sputnik radiosiga bergan intervyusida aytishicha, ikki holat ham salomatlik uchun juda zararli bo‘lishi mumkin.
“Juda kech payti ovqatlanish yaxshi emas, ayniqsa, taomdan so‘ng darhol uyquga yotsangiz. Odam oshqozonida ko‘p miqdorda oziq-ovqat bilan tekis yotadi va oshqozon tarkibidagi yegulik esa qizilo‘ngachga qaytib boradi. Natijada qizilo‘ngachning kuyishi, oshqozonda tiqilishi va bakteriyalar ko‘payishi mumkin. Bu esa, o‘z navbatida bakterial o‘sish sindromini keltirib chiqarishi mumkin. Bundan tashqari, ovqat hazm qilishda muammolar paydo bo‘ladi. Tongda esa qorin bo‘shlig‘ida noqulaylik, og‘riq bo‘lishi mumkin”,- ta’kidlaydi shifokor.
Bundan tashqari, juda kech ovqatlanish jigar faoliyatiga ham zarar keltiradi.
“Kechgi ovqatdan so‘ng barcha a’zolar yomon ishlaydi. Odam uxlayotganda butunlay boshqacha energiya sarflaydi. Natijada uyqudan oldin ovqatlanish jigar semirishiga olib keladi. Chunki bunda jigarga ko‘p yuklama tushadi. Bu hatto ozg‘in odamlarda ham uchrashi mumkin bo‘lgan yog‘li gepatozdir”,- deya ogohlantiradi shifokor.
Yana ko‘pchilik odamlar esa umuman kechki ovqat iste’mol qilmaslikka harakat qilishadi. Ammo bu ham oshqozonga salbiy ta’sir qilmasdan qolmaydi.
“Ayrimlar parhez qoidasiga ko‘ra kechgi ovqatni iste’mol qilmaslikka harakat qiladi. Bu odatning ham yaxshi tomonlari bo‘lishi mumkin. Biroq, agar organizm bunday tartibga ko‘nikmagan bo‘lsa, salomatlikka jiddiy zarar keltirishi mumkin. Chunki katabolizm (energiya almashinuvi), kislota-ishqor muvozanati buziladi”, -deydi shifokor.