Rossiya harbiylari Mariupoldagi plyajni minalardan tozaladi - video

Obuna bo‘lish
Rossiya harbiylari Mariupolning "Peschaniy" plyajni Ukraina harbiylari o‘rnatgan minalardan tozaladi.
TOShKENT, 18-iyun - Spurtnik. Rossiya harbiylari Mariupolning "Peschaniy" plyajidagi minalarni tozaladi, deb ma’lum qildi Novorossiysk harbiy-dengiz bazasi qo‘mondoni kontr-admiral Viktor Kochemazov “RIA Novosti”ga.

"Mariupol shahrining "Peschaniy" plyajini tral (kichik kema) yordamida nazoratdan o‘tkazdik. Plyaj toza, shahar aholisi bu yerga kelib, iliq quyosh nurlaridan bahramand bo‘lishlari hamda Azov dengizi suviga cho‘milishlari mumkin”, dedi u.

Minalardan tozalash jarayonida yil boshida ukrainalik harbiylar tomonidan o‘rnatilgan desantga qarshi minalar yo‘q qilingan. Bunday minalar bir necha kun oldin ayol va bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan edi. (buvisi va nabira).
Yangiliklar lentasi
0