O‘zbekistonlik talabalar “Katta Oltoy” magistraturasida tahsil olishlari mumkin
16:59 18.06.2022 (yangilandi: 18:38 05.04.2023)
© NOS "Bolshoy Altay" AltGUMagistratura v AltGU
© NOS "Bolshoy Altay" AltGU
Obuna bo‘lish
OltDUda 2022-yilda ijtimoiy, iqtisodiy, raqamli texnologiyalar va turkiyshunoslik kabi yo‘nalishlar bo‘yicha 5ta magistrlik dasturlariga qabul ochiladi.
TOShKENT, 18-iyun - Sputnik. Rossiyaning Sibir o‘lkasida joylashgan eng yirik universiteti 17-iyundan boshlab “Markaziy Osiyoda fazoviy tahlil va atrof-muhitni boshqarish” magistrlik dasturiga hujjatlar qabulini e’lon qiladi. Yangi o‘quv yili uchun 15 ta, jumladan 10 ta budjet o‘rinlari ajratilgan. Bu haqida Oltoy Davlat universitetining Oltoyshunoslik va turkiyshunoslik ilmiy-ta’lim markazining matbuot xizmati xabar berdi.
“O‘zbekistonning agrosanoat ishlab chiqarishida yerdan oqilona foydalanish muammolari muhim hisoblanadi. Ma’lumki, agroekotizimlar ko‘plab salbiy omillarga: qurg‘oqchilik, sho‘rlanish, suv va shamol eroziyasiga uchragan. Shu sababli yer resurslari holatini muntazam monitoring qilib borish zarur”,- deydi Samarqand universitetining katta o‘qituvchisi Rasuljon Mamajonov.
© NOS "Bolshoy Altay" AltGUMagistratura v AltGU
Magistratura v AltGU
© NOS "Bolshoy Altay" AltGU
Ta’lim dasturi fazoviy tahlil, atrof-muhitni boshqarish, muhofaza qilish, atrof-muhit holatini baholash va prognozlash sohasida mutaxassislar tayyorlashga mo‘ljallangan. Bo‘lajak magistrlar korxonalarda, tashkiliy-boshqaruv va mutaxassislik-tahliliy ishlari bilan shug‘ullanishlari mumkin.
“Magistratura bir qancha ilmiy sohalarni birlashtiradi: geoinformatsion tahlil, axborot texnologiyalari, kartografiya va bonitet. Ushbu soha mutaxassislari respublikaning ilmiy, ta’limiy va ishlab chiqarish tashkilotlarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishlari mumkin”, - deb qo‘shimcha qiladi Mamajonov.
O‘qish davomida bozorda endigina paydo bo‘layotgan raqamli texnologiyalardan foydalaniladi. Shuning uchun, talabalarda nafaqat eng yangi geodezik dronlar yordamida qishloq xo‘jaligi yerlarini inventarizatsiyalashni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish, balki mustaqil ravishda “parvoz qilib” va so‘ngra zamonaviy dasturiy ta’minotdan foydalangan holda yerdan haqiqiy foydalanishni sifatli tahlil qilish imkoniyatlariga ham ega bo‘ladilar.
“Bizga hudud rivojini bir nechta rakursdan: tabiat, iqlim, landshaft, ekologiya va undan kam ta’sirga ega bo‘lmagan iqtisodiyot omillari tomonidan ko‘rib chiqadigan mutaxassislar kerak. Aynan shuning uchun dasturda katta qism Oltoy davlat universitetining Xalqaro iqtisodiyot va axborot tizimlari instituti tomonidan amalga oshirilayotgan fanlarga qaratilgan”,- deydi magistrlik dasturi rahbari, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, iqtisodiy geografiya va kartografiya kafedrasi dotsenti Olga Latisheva.
Shuningdek, magistrlar “Turistik va rekreatsion korxonalar hududini loyihalash” va “Katta oltoy va Markaziy Osiyo mintaqalarini rivojlantirishning fazoviy rejalashtirish konsepsiyasi loyihasi” kabi mintaqaviy miqyosdagi haqiqiy loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlariga ega bo‘lishadi.
© NOS "Bolshoy Altay"Magistratura v AltGU
Magistratura v AltGU
© NOS "Bolshoy Altay"
“Ta’lim dasturi L.N.Gumilev nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda, shuning uchun talabalar ta’lim olishni tamomlaganda ikkita diplom olishlari mumkin”, - deydi Latisheva.
Magistrlik dasturi uchun bir nechta usulda: “Abituriyent AltGU” sayti orqali onlayn, pochta xizmati, shaxsan (yoki vakil orqali) OTMning Barnauldagi qabul komissiyasiga hujjat topshirish mumkin.
Budjet o‘rinlari uchun o‘tkaziladigan ko‘rik-tanlovda O‘zbekiston fuqarolari o‘zlarining “Vatandosh” maqomini (Rossiya qonunchiligiga ko‘ra) tasdiqlaganlaridan so‘ng ishtirok etishlari mumkin. Shuningdek, abituriyentlar magistraturaga to‘lov asosida ham qabul qilinadi.
“Markaziy Osiyoda fazoviy tahlil va atrof-muhitni boshqarish” magistratura dasturi Rossiya Fan va oliy ta’lim vazirligi ko‘magida “Katta Oltoyning turkiy olami: tarix va hozirgi zamondagi o‘xshashlik va turfa-xilliklar” loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, 2022-yilda “Katta Oltoy” loyihasi doirasida yana beshta: “Katta Oltoy mediamakonining ijtimoiy xavfsizligi, “Turkiy olamning etnomadaniyatshunosligi: amaliy-art va kreativ sanoat”, “Markaziy Osiyodagi transchegaraviy savdo-sotiq: menedjment va marketing”, “Shimoliy va Markaziy Osiyo mintaqalarining barqaror rivojlanishi uchun raqamli ma’lumotlarni tahlil qilish texnologiyalari va “Turkiyshunoslik” yo‘nalishlari bo‘yicha magistrlik dasturlariga qabul ochiladi.
© NOS "Bolshoy Altay"Magistratura v AltGU
Magistratura v AltGU
© NOS "Bolshoy Altay"