Neft. Inflyatsiya. Valyuta. Sankt-Peterburgdagi forumda nimalarga kelishib olindi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishPodgotovka k otkritiyu Peterburgskogo ekonomicheskogo foruma
Podgotovka k otkritiyu Peterburgskogo ekonomicheskogo foruma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.06.2022
Obuna bo‘lish
PMEFning “Yangi dunyo – yangi imkoniyatlar” shiorining ma’nosi, Ukraina mojarosidan so‘ng dunyoda yangi iqtisodiy tizim paydo bo‘lishini, bunga o‘z nigohini Sharqqa qaratgan Rossiya va boshqa davlatlar ham tayyor bo‘lishini kerakligini anglatadi.
XXV Peterburg Xalqaro iqtisodiy forumi maydonlarida muhokamalar qizg‘in davom etmoqda. Kun tartibida- tez o‘sib borayotgan global inflyatsiya, neftga qo‘llangan embargo, valyuta bozoridagi o‘zgaruvchanlik. Rossiyani yangi voqeliklarda nimalar kutmoqda?

“O‘xshamadi, ish bermadi”

Peterburgdagi xalqaro iqtisodiy forumning (PMEF) asosiy mavzusi- “Yangi dunyo – yangi imkoniyatlar” edi. Bu bilan Rossiya o‘z nazarini G‘arbdan Sharqqa qaratayotganini. Sobiq hamkorlar o‘rniga yangilarini topayotganini ma’lum qildi
Forumning yalpi majlisida Vladimir Putin sanksiyalar fonida Rossiya oldida yangi istiqbollar ochildi dedi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat hech qachon o‘zini yakkalash yo‘lidan bormaydi. “Bundan tashqari, biz bundan manfaatdor bo‘lgan, biz bilan ishlashni xohlayotganlar bilan hamkorlikni kengaytirishda davom etamiz. Ular ko‘p, sanab o‘tishga ehtiyoj yo‘q. Bu yer yuzidagi odamlarning katta qismi”, - deydi prezident. G‘arb yurtimiz iqtisodiyotini sindira olmadi. “O‘xshamadi. Ish bermadi. Shubhasiz, bu ish bermadi, sodir bo‘lmadi”, - deydi prezident.
Rossiya qisqa vaqt ichida har bir mahsulotni o‘zi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi kerak deydi Vladimir Putin. Biroq, hozircha mamlakatning tarkibiy mahsulotlar bo‘yicha muammolarni boshdan kechirapti, deydi u. Ustiga-ustak, bir qator texnologik yechimlar endi mamlakatimiz kompaniyalari uchun ish bermaydi, logistika buzildi.
Endi oldingidek bo‘lmasligi haqida Rossiya Banki rahbari Elvira Nabiullina ham bayon qildi. “Tashqi sharoitlar agar butunlay bo‘lmasa ham uzoq vaqtga chindan o‘zgargan”- , deydi u forumdagi nutqida. Bunga moslashish qanchalik tez bo‘lsa, shuncha yaxshi.
Biroq, sabrdan zaxira to‘plashga to‘g‘ri keladi. Logistika, infratuzilma, to‘lovlar zanjirini qayta qurish qiyin, deya ogohlantiradi Sberbank direktori German Gref va qo‘shimcha qiladi: “2030 yil- iqtisodiy ssenariylarni qurish uchun eng oqilona yagona ufq”.

“Hozircha bu shunchaki orzu”

Forumda Rossiyaga qarshi sanksiyalar fonida butun dunyoda keskin oshib borayotgan narxlarga alohida e’tibor qaratildi. Qayta tiklanadigan energiya manbaalariga ko‘r-ko‘rona ishonish gaz sotishning “spot” tizimiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi (ya’ni, birjada gazning narxi keskin oshdi), dedi Vladimir Putin.
Rossiya esa aksincha, inflyatsiya o‘sishini bostirdi. Yillik hisobda u 16,69%gacha sekinlashdi. Ammo bu ham ko‘plik qiladi, deydi u. “Hali intilsa bo‘ladigan maqsadlar ko‘p. To‘rt foizlik target saqlanib qolmoqda”, deya ta’kidlaydi davlat rahbari.
Forumning yana boshqa asosiy mavzusi- rubl kursi. Aksariyat amaldorlar va bankirlar milliy valyuta haddan tashqari mustahkamlangangan deb o‘ylaydi. “Mart oyida MB sanksiyalar fonida tezkor choralar qo‘lladi- asosiy stavkani rekord darajagacha ko‘tardi, valyuta borasida cheklovlar kiritdi. Vahimani tez bostirdik, rublning zaiflashishini to‘xtatib inflyatsiyani sekinlashtirdik. Mamlakatimizning moliyaviy tizimi izdan chiqishiga yo‘l qo‘ymadik”,- deydi Mark Goyxman, TeleTrade axborot-tahliliy markazi yetakchi iqtisodchisi.
Biroq, importning keskin qisqarishi tufayli dollar va yevro qiymatini ancha yo‘qotdi. Aprel-may oylarida eksport miqdori fevral oyiga nisbatan kamaydi. Natijada budjet endi qiynalmoqda, chunki asosiy daromad xorijga yetkazib beradigan mahsulot soliqlardan iborat edi. Birinchi navbatda - neftdan. Eksportchilarning daromadlari qanchalik kam bo‘lsa, g‘aznadagi mablag‘ ham shunchalik kam bo‘ladi. Iqtisodiyot va ishlab chiqarish qisqarayotgani sababli bu mablag‘lar juda zarur”, - deya davom etadi iqtisodchi.
Shuning uchun MB asosiy stavkani muntazam pasaytirib kelmoqda. Biroq, u valyuta olib-sotishdagi cheklovlarni butunlay olib tashlashni rejalashtirayotgani yo‘q. Sanksiyalar sharoitida bu mumkin emas, deydi Elvira Nabiullina.
Ayni paytda milliy valyuta pozitsiyani berib qo‘yishga shoshayotgani yo‘q va mustahkamlanishda davom etmoqda.
Mamlakat iqtisodiyoti uchun eng oqilona kurs – bir dollarga 70-80 rubl, dedi Iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov forumda. Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, “bu hozircha shunchaki orzu”.
Biroz devalvatsiya mamlakat sanoatiga qo‘l keladi. Masalan, metallurglarga “nol nuqta” – bir dollar uchun 70 rubl. Minimal samaradorlik bilan eksportga qo‘yish mumkin. Pastrog‘i esa- zarar, deydi Sanoat va savdo vazirligi rahbari Denis Manturov.
Biroq MB davlat aralashuviga qarshi. “Aynan bozor narxlari talab va takliflarni muvozanatlashtiradi”, - deb ta’kidlaydi Rossiya Banki rahbarining birinchi o‘rinbosari Vladimir Chistuxin.
Sharqqa ketapmiz
Ayni paytda esa Rossiya allaqachon “sharqqa quvur” ssenariysini ishlab chiqarishni boshlagan. Masalan, neft eksportining 73%ni sanksiyalar qo‘llamagan davlatlarga yo‘naltirishga muvaffaq bo‘ldi. “Xayriyat, bugun biz ilgari amalga oshirilgan qarorni qabul qildik: ShSTO (Sharqiy Sibir- Tinch okeani) bizga 80 million tonna yetkazib berish, jumladan, Xitoy va boshqa Osiyo mamlakatlarini ta’minlashni kafolatlaydi. Bizda port sig‘imlari yetarli, bo‘shlari ham bor, ularni ko‘paytirish bo‘yicha rejalar ham bor”, - ta’kidlaydi bosh vazir o‘rinbosari Aleksandr Novak.
Uning aytishicha, Rossiya qora oltinni yetkazib berish uchun to‘lovni rublga o‘tkazishni rejalashtirmayapti. “Bizda neft sanoatida eksport qiluvchilar ko‘p. Bu yerda bozor yetarlicha liberallashgan, shuning uchun ham u yerda bu mexanizmni amalga oshirish ancha qiyin.U yerda barcha eskportorlar amal qilayotgan mexanizmlar bor: majburiy mahsulotlari valyuta tushumlarining bir qismini sotish”, - deb tushuntiradi u.
Ayni paytda Rossiya neftiga talab katta. Xomashyo olmoqchi bo‘lganlarning uzun navbati paydo bo‘lgan. Hozir u Osiyoga bir barreli 30-35 dollardan sotilayotganiga qaramay, narx foydaliligicha qolmoqda.
Sharq istiqbolli bozor, deydi tahlilchilar. “Ammo, yirik investitsiyalar, juda katta xarajatlar va logistika jarayonini qayta ko‘rib chiqish talab etiladi. Inflyatsiyani kengaytirish uchun bir necha yil kerak bo‘lishi mumkin”, - deydi Neft va gaz texnologiyalari institutining “Sanoat” yo‘nalishi rahbari Olga Orlova.
Bundan tashqari, Osiyo- Tinch okeani mintaqasi mamlakatlariga tankerlarda xomashyo tashish imkoniyatlarini oshirish zarur.
Lekin, amaliyot shuni ko‘rsatadiki, talab taklifni yaratadi. Bundan tashqari, Rossiya neft qazib olish hajmini bosqichma-bosqich tiklamoqda. U allaqachon fevraldagi darajasiga yetgan, deydi Aleksandr Novak.
Uning fikricha, jahon neft bozoridagi vaziyat neft narxining yanada oshishiga yordam beradi. Demak,bu Rossiya budjetiga pul oqib kelishini anglatadi.
Yangiliklar lentasi
0