Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: Rossiya Mudofaa vazirligining bayonoti

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishRossiyskie voyska v rayone goroda Izum
Rossiyskie voyska v rayone goroda Izum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.06.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya harbiylari yuqori aniqlikdagi raketa zarbalari yordamida AQSh tomonidan Ukrainaga yetkazib berilgan M777 155 mm gaubitsalarining to‘rtta vzvodini yo‘q qildi.
TOShKENT, 18-iyun - Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-leytenant Igor Koneshenkov Qurolli kuchlar tomonidan o‘tgan sutka davomida amalga oshirilgan ishlar haqida bayonot berdi.
Rossiya Qurolli kuchlari o‘tgan sutka davomida:
Kremenchug va Lisichansk viloyatlarida yuqori aniqlikda zarba beruvchi qurollar yordamida neftni qayta ishlash korxonalari va Ukraina harbiy texnikasining yoqilg‘i saqlash omborlarni yo‘q qildi;
AQSh tomonidan Ukrainaga yetkazib berilgan M777 155 mm gaubitsalarining to‘rtta vzvodiga yuqori aniqlikdagi raketalar bilan zarba berildi;
Rossiya aviatsiyasi 160 dan ortiq millatchilarni, uchta o‘q-dorilar omborini, oltita "Grad" reaktiv tizimlarini yo‘q qildi;
Havo hujumidan mudofaa tizimlari Ukrainaning Su-25 samolyotini va va Mi-24 vertolotini urib tushirdi;
Xerson yaqinida bir dona Bayraktar-TB2 uchuvchisiz uchish apparati urib tushirildi;
Ukraina qo‘shinlari to‘plangan 180 ta hudud artilleriyadan o‘qqa tutildi, 310 dan ortiq millatchi yo‘q qilindi;
Umumiy hisobda maxsus harbiy operatsiya boshlangandan buyon 206 ta samolyot, 132 ta vertolot, 1241 ta uchuvchisiz apparat, 343 ta zenit-raketa tizimi, 3613 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 547 ta raketa tizimi, 2032 ta dala artilleriya qurollari va minomotlar, 3687 dona maxsus harbiy texnika yo‘q qilingan.
Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 2022-yil 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.

Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi. Shuningdek, Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0