https://oz.sputniknews.uz/20220618/makka-uzoq-ozbekiston-yaqin-ziyorat-turizmi-qanday-rivojlanmoqda-25437457.html
“Makka uzoq, O‘zbekiston yaqin”: Ziyorat turizmi qanday rivojlanmoqda
“Makka uzoq, O‘zbekiston yaqin”: Ziyorat turizmi qanday rivojlanmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Ziyorat turizmi O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun qanday foyda keltirishi mumkin – batafsil Sputnik materialida o‘qing. 18.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-18T19:31+0500
2022-06-18T19:31+0500
2022-06-18T19:33+0500
turizm
o‘zbekiston
sayyohlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/544/87/5448761_3:0:1710:960_1920x0_80_0_0_3e3cb6bf879361590291c4846bbcde9b.jpg
TOShKENT, 18-iyun - Sputnik. O‘zbekistonning ziyorat turizmida salohiyati katta - yil boshidan mamlakatga milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurgan. Turizm vazirligi prognozlariga ko‘ra, yil so‘nggiga kelib sayyohlar soni 4,5 million kishiga yetishi mumkin.Turistlar nima uchun O‘zbekistonni tanlashmoqda? Kimdir mamlakatga birinchi bor tashrif buyurmoqda, yana kimdir esa yana bir marotaba O‘zbekistonda dam olishni rejalashtirmoqda va maxsus turizm turlariga qiziqish paydo bo‘lgan.Avvalroq, turizm bo‘yicha eskpert Nikolay Serbinning Sputnikka bergan intervyusida, hozir shoping-turlar ommalashgan. Biroq, ushbu sayohat turi ipakning qadimdan ishlab chiqarilganini hisobga olganda, asrlar davomida shakkllangan, degan edi.Ziyorat turizmi esa hozir sayyohlar orasida keng tarqalmoqda. Bu turizm turi O‘zbekistonga qanday foyda keltirishi mumkin. Yaiinda O‘zbekiston Halal in Travel sammitida birvarakayiyaga ikkita mukofotga sazovor bo‘ldi.Ziyorat turizmi nima?Ziyorat turizmi (diniy turizm deb ham atash mumkin) - musulmon madaniyati uchun ahamiyatli joylarga sayohatdir. Masalan, memorial majmualar va ziyoratgohlarga. Ushbu turizm turi tashkilotchilari halol standartlar bo‘yicha mehmonxonaga joylashtirish, halol taomlar bilan ta’minlash orqali qulay sharoit yaratadi.O‘zbekistonning bunday turizmda salohiyati qanday? Bu borada bir nechta raqamlarni keltirib o‘tish yetarli- mamlakatdagi 3,5 ming turistik obyektlar bevosita islom diniga aloqador. Ularning aksariyati asosan Buxoro, Samarqand va Toshkentda joylashgan.CrescentRating musulmon turizmiga ixtisoslashgan guruh ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda musulmon sayyohlar segmenti oshib bormoqda. 2026-yilga kelib sayyorada islom diniga e’tiqod qiluvchi sayyohlar soni 230 millionga yetadi.O‘nta dastur, millionlab imkoniyatlarAqinda O‘zbekiston Singapurda bo‘lib o‘tgan musulmon turizmi bozori rivojiga bag‘ishlangan Halal in Travel sammitida ikkita mukofotga sazovor bo‘ldi. Turizm vazirligi ziyorat turizmini rivojlantirish departamenti boshlig‘i Jahongir Saidovning Sputnik muxbiriga aytishicha, sohadagi ko‘plab o‘zgarishlar tufayli O‘zbekiston mukofotlarga loyiq deb topilgan.“Bu yili sohani rivojlantirish maqsadida 90 ta mamlakat fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etdik. Yana 57 mamlakat fuqarolari vizani elektron tarzda olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi”, - deydi u.Vizalar haqida so‘z ketar ekan, O‘zbekistonda vizaning alohida toifasi- ziyorat yoki Piligrim vizasi joriy etilganini aytib o‘tish joiz. Uni turizm faoliyati subyektlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga arizalar orqali ikki oygacha muddatga olish mumkin.Xususiy tadbirkorlar ham zirayotchilarni jalb qilishga harakat qilishmoqda. Masalan, O‘zbekistonda halol sertitikatiga ega restoranlar soni ko‘paymoqda. Bundan tushqari, ekskursovodlar orasida ham ziyorat turizmi bo‘yicha mutaxassislar paydo bo‘lmoqda.Ayni paytda mamlakatda sayyohlarni islom madaniy merosi bilan tanishtiruvchi o‘ndan ortiq ziyorat dasturlari taklif etilmoqda. Eng oddiy tahlillar ham shuni ko‘rsatmoqdaki, ushbu dasturlar mamlakatni millionlab sayyohlar bilan ta’minlashi mumkin.Qo‘shnilar uchun imkoniyatlarO‘zbekistonda ziyorat turizmi rivoji kimlar uchun foydali bo‘lishi mumkin? Albatta, birinchi navbatda qo‘shni mamlakatlar uchun. Birinchidan postsovet mamlakatlari fuqarolariga O‘zbekistonga tashrif buyurish uchun viza kerak emas. Ikkinchidan, ularga respublikaga yetib kelish oson. Aynan shu sababli Davlat Statistika qo‘mitasining O‘zbekistonga sayyohlar oqimi bo‘yicha ko‘rsatkichlari shunday: may oyida mamlakatga ko‘proq qozog‘istonliklar tashrif buyurgan (oyiga 503 mingdan sayyohdan qariyb 170 minggi qozog‘istonlik). Ikkinchi o‘rinda Qirg‘iziston (141 ming kishi), uchinchi o‘rinda Tojikiston (116 ming sayyoh) fuqarolari ko‘p tashrif buyurgan. Rossiyaliklar ham O‘zbekistonga tashrif buyurganlar orasida faol. 47,5 ming rossiyalik may oyini aynan O‘zbekistonda o‘tkazishni ma’qul deb bilgan.Ahamiyatlisi: yuqorida keltirilgan barcha mamlakatlarda musulmonlar ko‘p, ya’ni ziyorat turizmi uchun potensial auditoriya bor. Sputnik Ozarbayjon ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilga kelib Qozog‘istonda islomga e’tiqod qiluvchi aholi soni 13 millionga yetgan, Qirg‘izistonda – qariyb 4,7 million, Tojikistonda – 7,6 million kishi.Rossiyada ham islom diniga e’tiqod qiluvchi 20 millionga yaqin musulmon bor. Shuning uchun ham O‘zbekiston ziyorat turizmi yo‘nalishida ham Rossiya bilan hamkorlikni faol rivojlantirmoqda. Misol uchun, O‘zbekiston Maxachqal’a va Qozon shaharlarida ziyorat turizmining imkoniyatlarini taqdim etdi.Bu yili esa O‘zbekiston hukumati Boshqirdiston rahbari Radiy Xabirov bilan hamkorlikni (jumladan turizm bo‘yicha ham) rivojlantirishni muhokama qildi. Bu uchun shart- sharoitlar bor. Chunki Boshqirdistonning asosiy shahri Ufadan O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys orqali yetib kelish mumkin.Ahamiyatlisi, UzAirways Rossiyaning musulmonlar ko‘p yashaydigan shaharlari- Qozon, Orenburg, Samara shaharlariga muntazam parvozlar amalga oshiradi. Agar sayyohlar oqimi chindan shakllansa iqtisodiyotga ta’sirini hisoblash qiyin emas. Dog‘istonning NNT telekompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga ziyorat turizmining o‘rtacha narxi 700 dollarni tashkil etadi. Agar qo‘shni davlatlardan kelgan musulmonlarning kamida 1%i bittadan turpaket xarid qilsa, O‘zbekistonga 350 million dollarga yaqin daromad keladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/544/87/5448761_216:0:1496:960_1920x0_80_0_0_e74b14e9d9b77c9767350c26646818f5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turizm, o‘zbekiston, sayyohlar
turizm, o‘zbekiston, sayyohlar
“Makka uzoq, O‘zbekiston yaqin”: Ziyorat turizmi qanday rivojlanmoqda
19:31 18.06.2022 (yangilandi: 19:33 18.06.2022) Ziyorat turizmi O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun qanday foyda keltirishi mumkin – batafsil Sputnik materialida o‘qing.
TOShKENT, 18-iyun - Sputnik. O‘zbekistonning ziyorat turizmida salohiyati katta - yil boshidan mamlakatga milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurgan. Turizm vazirligi prognozlariga ko‘ra, yil so‘nggiga kelib sayyohlar soni 4,5 million kishiga yetishi mumkin.
Turistlar nima uchun O‘zbekistonni tanlashmoqda? Kimdir mamlakatga birinchi bor tashrif buyurmoqda, yana kimdir esa yana bir marotaba O‘zbekistonda dam olishni rejalashtirmoqda va maxsus turizm turlariga qiziqish paydo bo‘lgan.
Avvalroq, turizm bo‘yicha eskpert Nikolay Serbinning Sputnikka bergan intervyusida, hozir shoping-turlar ommalashgan. Biroq, ushbu sayohat turi ipakning qadimdan ishlab chiqarilganini hisobga olganda, asrlar davomida shakkllangan, degan edi.
Ziyorat turizmi esa hozir sayyohlar orasida keng tarqalmoqda. Bu turizm turi O‘zbekistonga qanday foyda keltirishi mumkin. Yaiinda O‘zbekiston Halal in Travel sammitida birvarakayiyaga ikkita mukofotga sazovor bo‘ldi.
Ziyorat turizmi (diniy turizm deb ham atash mumkin) - musulmon madaniyati uchun ahamiyatli joylarga sayohatdir. Masalan, memorial majmualar va ziyoratgohlarga. Ushbu turizm turi tashkilotchilari halol standartlar bo‘yicha mehmonxonaga joylashtirish, halol taomlar bilan ta’minlash orqali qulay sharoit yaratadi.
O‘zbekistonning bunday turizmda salohiyati qanday? Bu borada bir nechta raqamlarni keltirib o‘tish yetarli- mamlakatdagi 3,5 ming turistik obyektlar bevosita islom diniga aloqador. Ularning aksariyati asosan Buxoro, Samarqand va Toshkentda joylashgan.
CrescentRating musulmon turizmiga ixtisoslashgan guruh ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda musulmon sayyohlar segmenti oshib bormoqda. 2026-yilga kelib sayyorada islom diniga e’tiqod qiluvchi sayyohlar soni 230 millionga yetadi.
O‘nta dastur, millionlab imkoniyatlar
Yaqinda O‘zbekiston Singapurda bo‘lib o‘tgan musulmon turizmi bozori rivojiga bag‘ishlangan Halal in Travel sammitida ikkita mukofotga sazovor bo‘ldi. Turizm vazirligi ziyorat turizmini rivojlantirish departamenti boshlig‘i Jahongir Saidovning Sputnik muxbiriga aytishicha, sohadagi ko‘plab o‘zgarishlar tufayli O‘zbekiston mukofotlarga loyiq deb topilgan.
“Bu yili sohani rivojlantirish maqsadida 90 ta mamlakat fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etdik. Yana 57 mamlakat fuqarolari vizani elektron tarzda olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi”, - deydi u.
Vizalar haqida so‘z ketar ekan, O‘zbekistonda vizaning alohida toifasi- ziyorat yoki Piligrim vizasi joriy etilganini aytib o‘tish joiz. Uni turizm faoliyati subyektlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga arizalar orqali ikki oygacha muddatga olish mumkin.
Xususiy tadbirkorlar ham zirayotchilarni jalb qilishga harakat qilishmoqda. Masalan, O‘zbekistonda halol sertitikatiga ega restoranlar soni ko‘paymoqda. Bundan tushqari, ekskursovodlar orasida ham ziyorat turizmi bo‘yicha mutaxassislar paydo bo‘lmoqda.
“O‘tgan yili sentabr oyida Islom akademiyasi bilan hamkorlikda ziyorat turizmi yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan gid va tarjimonlarning malakasini oshirish bo‘yicha kurslar tashkil etildi”,- deydi Jahongir Saidov.
Ayni paytda mamlakatda sayyohlarni islom madaniy merosi bilan tanishtiruvchi o‘ndan ortiq ziyorat dasturlari taklif etilmoqda. Eng oddiy tahlillar ham shuni ko‘rsatmoqdaki, ushbu dasturlar mamlakatni millionlab sayyohlar bilan ta’minlashi mumkin.
Qo‘shnilar uchun imkoniyatlar
O‘zbekistonda ziyorat turizmi rivoji kimlar uchun foydali bo‘lishi mumkin? Albatta, birinchi navbatda qo‘shni mamlakatlar uchun. Birinchidan postsovet mamlakatlari fuqarolariga O‘zbekistonga tashrif buyurish uchun viza kerak emas. Ikkinchidan, ularga respublikaga yetib kelish oson. Aynan shu sababli Davlat Statistika qo‘mitasining O‘zbekistonga sayyohlar oqimi bo‘yicha ko‘rsatkichlari shunday: may oyida mamlakatga ko‘proq qozog‘istonliklar tashrif buyurgan (oyiga 503 mingdan sayyohdan qariyb 170 minggi qozog‘istonlik). Ikkinchi o‘rinda Qirg‘iziston (141 ming kishi), uchinchi o‘rinda Tojikiston (116 ming sayyoh) fuqarolari ko‘p tashrif buyurgan. Rossiyaliklar ham O‘zbekistonga tashrif buyurganlar orasida faol. 47,5 ming rossiyalik may oyini aynan O‘zbekistonda o‘tkazishni ma’qul deb bilgan.
Ahamiyatlisi: yuqorida keltirilgan barcha mamlakatlarda musulmonlar ko‘p, ya’ni ziyorat turizmi uchun potensial auditoriya bor. Sputnik Ozarbayjon ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilga kelib Qozog‘istonda islomga e’tiqod qiluvchi aholi soni 13 millionga yetgan, Qirg‘izistonda – qariyb 4,7 million, Tojikistonda – 7,6 million kishi.
Rossiyada ham islom diniga e’tiqod qiluvchi 20 millionga yaqin musulmon bor. Shuning uchun ham O‘zbekiston ziyorat turizmi yo‘nalishida ham Rossiya bilan hamkorlikni faol rivojlantirmoqda. Misol uchun, O‘zbekiston Maxachqal’a va Qozon shaharlarida ziyorat turizmining imkoniyatlarini taqdim etdi.
“Makka uzoq, O‘zbekiston esa yaqin. Mamlakatda ming yillik tarixga ega muborak qadamjolar yetarlicha. Va bu albatta o‘zbekistonliklarga qardosh bo‘lgan xalqlarda katta qiziqish uyg‘otadi”, - deydi Tatariston Respublikasi Turizm davlat qo‘mitasi raisi Sergey Ivanov o‘sha yili O‘zbekistonga qilgan rasmiy tashrifi chog‘ida.
Bu yili esa O‘zbekiston hukumati Boshqirdiston rahbari Radiy Xabirov bilan hamkorlikni (jumladan turizm bo‘yicha ham) rivojlantirishni muhokama qildi. Bu uchun shart- sharoitlar bor. Chunki Boshqirdistonning asosiy shahri Ufadan O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys orqali yetib kelish mumkin.
Ahamiyatlisi, UzAirways Rossiyaning musulmonlar ko‘p yashaydigan shaharlari- Qozon, Orenburg, Samara shaharlariga muntazam parvozlar amalga oshiradi. Agar sayyohlar oqimi chindan shakllansa iqtisodiyotga ta’sirini hisoblash qiyin emas. Dog‘istonning NNT telekompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga ziyorat turizmining o‘rtacha narxi 700 dollarni tashkil etadi. Agar qo‘shni davlatlardan kelgan musulmonlarning kamida 1%i bittadan turpaket xarid qilsa, O‘zbekistonga 350 million dollarga yaqin daromad keladi.