Haj 2022: birinchi guruh ziyoratchilar Madinaga jo‘nab ketishdi

© Press-slujba Uzbekistan AirportsPervie palomniki otpravlyayutsya iz Tashkenta v Saudovskuyu Araviyu dlya soversheniya xadja.
Pervie palomniki otpravlyayutsya iz Tashkenta v Saudovskuyu Araviyu dlya soversheniya xadja. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.06.2022
Obuna bo‘lish
Uzbekistan Airways "Haj-2022" doirasida 18-iyundan 30-iyungacha O‘zbekistonning yettita shahridan Madinaga jami 45 ta parvoz amalga oshiradi.
TOShKENT, 18-iyun - Sputnik. 2022 yilgi Haj ziyoratini ado etish uchun ilk ziyoratchilar guruhi Toshkentdan Madinaga jo‘nab ketishdi.
Uzbekistan Airways 17-iyundan 18-iyunga o‘tar kechasi soat 01:10, 02:50, 04:10da bortida 245 nafar yo‘lovchilar bo‘lgan parvozlar Toshkentdan Madinaga jo‘nab ketdi, soat 16:10da yana bir parvoz amalga oshiriladi.
Haj-2022 mavsumida Uzbekistan Airways 18-iyundan 30-iyungacha O‘zbekistonning yettita shahridan Madinaga jami 45 ta parvoz amalga oshiradi va 10 900 nafar yo‘lovchilarni manzilga eltadi.
Bu yil eng ko‘p ziyoratchilar Namangandan bo‘ladi – jami 16 ta parvoz bilan 3916 nafar yo‘lovchi Haj ziyoratini ado etishadi. Toshkentdan 15 reysda 3587 nafar yo‘lovchi uchishi kutilmoqda. Qarshidan 5ta, Samarqanddan 3ta, Buxorodan 3 ta, Urganchdan 2ta, Nukusdan bitta reys Saudiya Arabistoniga uchishi kutilmoqda.
Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, Hajga boradiganlar uchun aeroportlarida qo‘shimcha qulayliklar yaratilgan. Toshkent aeroportida mazkur reyslar yo‘lovchilariga xizmat ko‘rsatish uchun "B" zonasida ikkita kutish zallari ta’mirdan o‘tkazildi va ishga tushirildi, bu yerda yetarli miqdorda o‘rindiqlar o‘rnatilib, ziyoratchilarga kutish davomida ichimliklar va gazaklar taklif etiladi.
Yangiliklar lentasi
0