Shols, Makron va Dragi Kiyevga tashrif buyurishdi

© AP Photo / Ludovic MarinVizit Makrona, Sholsa i Dragi v Kiyev.
Vizit Makrona, Sholsa i Dragi v Kiyev. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.06.2022
Obuna bo‘lish
Yevropa davlatlari rahbarlari Ukrainaga imkon qadar tezroq YeIga kirish nomzodligini berish kerakligi ta’kidlashdi.
TOShKENT, 17-iyun - Sputnik. Germaniya kansleri Olaf Shols, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Italiya bosh vaziri Mario Dragi Kiyevga tashrif buyurishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Die Welt nashriga asosan.
Uchrashuv chog‘ida Yevropaning uchta yetakchi davlatlari rahbarlari Ukrainaga imkon qadar tezroq YeIga kirish nomzodligini berish kerakligi ta’kidlandi.
“Biz barchamiz Ukrainaga Yevropa Ittifoqiga nomzod maqomining zudlik bilan berilishini qo‘llab-quvvatlaymiz”, dedi Makron Kiyevdagi muzokaralardan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Muzokaralar yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tgani sababli, YeI rahbarlari nega bunchalik shoshilayotganini va buning evaziga Ukraina ularga nima berishi kerakligi aniq ma’lum bo‘lmadi.
“Buning evaziga davlat va hukumat rahbarlari “yopiq eshiklar ortida” katta ehtimol bilan Zelenskiyni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara stoliga o‘tirishga ko‘ndirgan”, — deya gazetaning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda RIA Novosti.
Ma’lumki, bu Yevropa davlatlarining inqiroz oqibatlari tufayli ko‘rgan iqtisodiy zarari kuchayib, uning o‘rnini qoplash qiyinroq bo‘lib bormoqda.
“Iqtisodiy o‘sish sekinlashdi, inflyatsiya rekord darajaga yetdi”, deb yozadi Die Velt.
Nashr, shuningdek, Yevropa yetakchilari Kiyevga shaxsiy rejalari bilan kelgan, deb hisoblaydi. Xullas, gazetaning yozishicha, so‘nggi bir necha hafta ichida "pragmatist"ga aylangan, inqirozning yakunlanishi, uning iqtisodiy oqibatlarini hisobga olgan holda, Ukraina yaxlitligidan ko‘ra ko‘proq qayg‘urgan Makron “o‘z pozitsiyasiga oydinlik kiritmoqchi”.
Italiya Bosh vaziri Dragi ham Kiyevga tashrifi bilan Rimning YeIdagi asosiy ishtirokchilardan biri maqomini ko‘rsatishga harakat qildi. Undan tashqari u Odessa portlarida tiqilib qolgan 20 million tonna don mahsulotlari taqdiri bilan qiziqdi.
"Ammo, Makron kabi, Dragi uchun ham inqirozning imkon qadar tezroq tugashi muhim. Italiyadagi vaziyat borgan sari noxush tus olmoqda: agar mojarolar tufayli iqtisodiyotning unumdorligi tiklanmasa, iqtisodiyot barqarorligi. mamlakat xavf ostida bo‘ladi", deb xulosa qilishadi ular nashrda.
Aytish joizki Yevropa yetakchilarining Kiyevga tashrifi Yevropa Ittifoqi sammitidan o‘n kun oldin bo‘lib o‘tdi. Sammitda Ukrainaga nomzod davlat maqomi berilishi rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.
Yana bir qiziq tomoni Makron, Shols va Dragi Kiyevga tungi poyezdinng zirhlangan vagonida yetib kelishgan. Ularni Zelenskiy harbiy kiyimda kutib oldi.
Yangiliklar lentasi
0