Maxsus operatsiya: Rossiya Mudofaa vazirligi bayonoti
© Sputnik / Gennadiy Dubovoy / Mediabankka o‘tishBoysi chechenskogo spesnaza na lisichanskom napravlenii v LNR
© Sputnik / Gennadiy Dubovoy
/ Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari Xarkov viloyatidagi "Azov" shtab-kvartirasini raketa hujumi bilan yo‘q qildi - Mudofaa vazirligi.
TOShKENT, 17-iyun - Sputnik. Rossiya aviatsiyasi yuqori aniqlikdagi raketalar bilan Xarkov viloyatining Pesochin aholi punkti hududidagi "Azov" milliy batalonining shtab-kvartirasini yo‘q qildi, dedi Rossiya Mudofaa vazirligining rasmiy vakili, general-leytenant Igor Konashenkov.
“Yuqori aniqlikdagi havodan uchiriladigan raketalar ishchi kuchi va harbiy texnika to‘plangan 18 ta hududga, shuningdek, Ukraina artilleriya va minomot batareyalarining o‘nta otishma pozitsiyasiga, shu jumladan Zaytsevo, Kurdimovka, Dzerjinsk, Baxmut tumanlaridagi "Grad" reaktiv tizimlarining 6ta batareyasiga zarba berdi”, dedi u.
Bundan tashqari, DXRdagi Spornoe va Vemka aholi punktlari yaqinida ikkita raketa va artilleriya qurollari va o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Shuningdek, uchuvchilar Ukraina Qurolli Kuchlari qo‘shinlari va texnikasi to‘plangan 58 ta hududga zarba berishga va ularni yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lishdi:
200 nafar ukraina millatchisi;
Buk-M1 va Osa-AKM havo mudofaa tizimlarining ikkita uchirish moslamasi;
10ta tank;
Raketa kuchlari va artilleriya 203 ta dushman kuchlari to‘plangan hududlarni, 38 ta artilleriya o‘q otish pozitsiyalariga zarba bergan. Natijada ni yo‘q qilingan kuchlar ro‘yxati:
350 millatchi;
Uchuvchisiz apparatlarni boshqaruv punkti;
8ta tank va boshqa zirhli transport vositalari;
uchta BM-21 "Grad" reaktiv tizimi;
3ta dala artilleriya qurollari;
11ta maxsus transport vositalari.
Havo hujumidan mudofaa kuchlari Ukrainaning Su-25 hujumchi samolyoti va yettita dronni urib tushirishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, ular LXRda "Tochka-U" raketasini va LXR, DXR, Xerson va Xarkov viloyatlarida 21 ta "Uragan"tizimining raketalarini tutib olishdi.
Maxsus operatsiya boshlanganidan beri Ukraina Qurolli Kuchlarining jami yo‘qotishlari:
205 ta samolyot;
131 ta vertolot;
1233 ta dron;
342 zenit-raketa tizimlari;
3587 tank va boshqa turdagi zirhli transport vositalari;
539 yoppasiga o‘t ochish raketa tizimi ;
2013 ta dala artilleriya qurollari va minomotlari;
3658 ta maxsus harbiy avtomobillar.
Rossiya maxsus operatsiyasi
Rossiya 2022-yil 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi. Shuningdek, Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.
* Rossiyada jinoiy ish ochilgan terrorchi guruh