https://oz.sputniknews.uz/20220616/volodin-zelenskiyga-kiev-nomini-ozgartirishni-taklif-qildi-25369710.html
Volodin Zelenskiyga Kiyev nomini o‘zgartirishni taklif qildi
Volodin Zelenskiyga Kiyev nomini o‘zgartirishni taklif qildi
Sputnik O‘zbekiston
Zelenskiyning navbatdagi qadami Kiyev nomini AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari sharafiga Nuland deb o‘zgartirish bo‘ladi.
2022-06-16T15:14+0500
2022-06-16T15:14+0500
2022-06-16T15:14+0500
rossiya
ukraina
vladimir zelenskiy
vacheslav volodin
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/0f/15792356_0:57:2285:1342_1920x0_80_0_0_7d50f27d9e015aaf98c3894ed2ca81c5.jpg
TOShKENT, 16-iyun - Sputnik. Ukraina poytaxtidagi Yuriy Gagarin ko‘chasi amerikalik astronavt Nil Armstrong sharafiga o‘zgartirilgandan keyin, mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiyning navbatdagi qadami Kiyev nomini AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari sharafiga Nuland deb o‘zgartirish bo‘ladi. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi spikeri Vacheslav Volodin o‘zining Telegram-kanalida qayd etdi.Bundan tashqari, to‘ntarishdan so‘ng maktablar va universitetlar talabalarga Ukraina uchun Ulug‘ Vatan urushi bo‘lmagani — faqat Ikkinchi jahon urushi bo‘lganini o‘qtirgan. Shuningdek, mamlakat G‘alaba bayramini G‘arbga moslashish maqsadida 9-mayda emas, balki 8-mayda nishonlay boshlagan.Uning ta’kidlashicha, neonatsistlar rejimi o‘z xalqining tarixini yo‘q qilib, Ukrainani AQSh mustamlakasiga aylantirgan.15 iyun kuni ekspert komissiyasi Kiyevdagi Yuriy Gagarin ko‘chasini amerikalik astronavt Nil Armstrong sharafiga o‘zgartirishni taklif qildi. Shuningdek, rasmiylar Ukraina poytaxtida joylashgan Ulug‘ Vatan urushi qatnashchisi Volodya Dubinin ko‘chasini amerikalik yozuvchi Rey Bredberi nomiga almashtirmoqchi.Avvalroq, Rossiya Davlat dumasi spikeri Ukraina 2014-yilda sodir bo‘lgan davlat to‘ntarishidan boshlab parchalanayotganini aytgan edi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/0f/15792356_208:0:2285:1558_1920x0_80_0_0_df2650637ebcf86e5a4e1f15cc80d996.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
volodin zelenskiyga kiyev nomini o‘zgartirishni taklif qildi
volodin zelenskiyga kiyev nomini o‘zgartirishni taklif qildi
Volodin Zelenskiyga Kiyev nomini o‘zgartirishni taklif qildi
Rossiya Davlat Dumasi spikeri Volodin prezident Zelenskiyga Kiyev nomini Nulandga o‘zgartirishni taklif qildi.
TOShKENT, 16-iyun - Sputnik. Ukraina poytaxtidagi Yuriy Gagarin ko‘chasi amerikalik astronavt Nil Armstrong sharafiga o‘zgartirilgandan keyin, mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiyning navbatdagi qadami Kiyev nomini AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari sharafiga Nuland deb o‘zgartirish bo‘ladi. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi spikeri Vacheslav Volodin o‘zining Telegram-kanalida
qayd etdi. Duma spikerining so‘zlariga ko‘ra, 2014-yilning fevralida bo‘lib o‘tgan Ukrainadagi davlat to‘ntarishidan so‘ng Kiyev rasmiylari tarixni doimiy ravishda qayta yozmoqda.
Bundan tashqari, to‘ntarishdan so‘ng maktablar va universitetlar talabalarga Ukraina uchun Ulug‘ Vatan urushi bo‘lmagani — faqat Ikkinchi jahon urushi bo‘lganini o‘qtirgan. Shuningdek, mamlakat G‘alaba bayramini G‘arbga moslashish maqsadida 9-mayda emas, balki 8-mayda nishonlay boshlagan.
“Ukrainada Georgiy lentasi taqiqlangan va natsist tashkilotlari ulug‘lana boshlangan”, deya ta’kidladi Volodin.
Uning ta’kidlashicha, neonatsistlar rejimi o‘z xalqining tarixini yo‘q qilib, Ukrainani AQSh mustamlakasiga aylantirgan.
15 iyun kuni ekspert komissiyasi Kiyevdagi Yuriy Gagarin ko‘chasini amerikalik astronavt Nil Armstrong sharafiga o‘zgartirishni taklif qildi. Shuningdek, rasmiylar Ukraina poytaxtida joylashgan Ulug‘ Vatan urushi qatnashchisi Volodya Dubinin ko‘chasini amerikalik yozuvchi Rey Bredberi nomiga almashtirmoqchi.
“Zelenskiy uchun navbatdagi qadam Kiyev nomini Nulandga o‘zgartirish bo‘lishi kerak (Maydonda shirinlik tarqatgan AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari sharafiga)”, deydi Volodin.
Avvalroq, Rossiya Davlat dumasi spikeri Ukraina 2014-yilda sodir bo‘lgan davlat to‘ntarishidan boshlab parchalanayotganini aytgan edi.