Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Shifokor 60 yoshdan kattalar uchun xavfli ichimliklarni aytdi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishPovsednevnaya jizn
Povsednevnaya jizn - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2022
Obuna bo‘lish
Spirtli ichimliklar va kofein 60 yoshdan oshganlar uchun xatarli bo‘lishi mumkin.
Oltmish yoshdan oshgan odamlar uchun qahva va spirtli ichimliklar juda zararli. Bu haqida shifokor-parhezshunos, nutritsiolog Yevgeniy Arzamassev “Moskva 24” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Uning ta’kidlashicha, qahva organizmdan foydali mikroelementlar, shuningdek, kalsiyni yuvib chiqaradi. Ushbu moddalar yetishmasligi esa - osteoporoz va mikroelementlar tanqisligiga olib keladi.
Bundan tashqari, kofein qon tomirlarining shikastlantiruvchi giperta’sirchanlik hamda qon bosimi oshishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Parhezshunos spirtli ichimliklardan voz kechishni ham tavsiya qilgan. Chunki kuchli ichimliklar hujayralardan foydali suyuqlik, organizm ishlashi uchun kerakli bo‘lgan suvni haydab chiqaradi.
Bundan tashqari, yurak-qon tomir kasalliklariga chalinish va qon bosimi oshishi xavfi paydo bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0