Istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920
ShHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

ShHT kengaymoqda – Vladimir Norov

© Foto: MID UzbekistanaVladimir Norov
Vladimir Norov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2022
Obuna bo‘lish
ShHTning Samarqand sammitida Eron memorandumi va yana 10ta davlatlarning arizalari ko‘rib chiqiladi.
TOShKENT, 16-iyun – Sputnik. Ushbu yil Samarqandda bo‘lib o‘tadigan ShHT davlat rahbarlari sammiti kun tartibidagi asosiy masalalardan biri - ShHTni yanada kengaytirish hisoblanadi, - dedi Vladimir Norov “Dunyo” AAga bergan intervyusida.
ShHTga a’zo davlat maqomini olish uchun Eron Islom Respublikasining majburiyatlari to‘g‘risidagi Memorandum imzolashga tayyor. Hujjat amalda ushbu yirik Yaqin Sharq mamlakatining bizning tashkilotimizga to‘liq a’zo bo‘lishiga yo‘l ochadi.
Bundan tashri, ShHT faoliyatida to‘laqonli a’zo, kuzatuvchi va muloqot bo‘yicha sheriklar maqomida ishtirok etish uchun taqdim etilgan 10 ga yaqin mamlakatlarning arizalari ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, Sammit maydonida ShHT va Arab davlatlari ligasi, YuNESKO, ESKATO va boshqa bir qator xalqaro hamda mintaqaviy tashkilotlar o‘rtasida sheriklik munosabatlarini o‘rnatish bo‘yicha Memorandumlar imzolanishi ham kutilmoqda.
Shu asnoda O‘zbekiston raisligida bo‘lajak sammit "Shanxay sakkizligi" rahbarlarining mintaqaviy va global ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qilishlari uchun samarali platforma yaratib berishi alohida ahamiyatga ega.

ShHT haqida muhim faktlar:

ShHTning “katta oilasiga” Osiyo, Yevropa va Afrikadan 21 mamlakat kiradi: 8 ta doimiy a’zo, 4 ta kuzatuvchi, 9 ta muloqot bo‘yicha va 9 ta sherik davlatlar;
ShHT mamlakatlarining umumiy aholisi 3,2 milliard kishini tashkil etadi, bu - dunyo aholisining qariyb yarmidir;
ShHT umumiy hududi 34 million kvadrat kilometrdan oshadi. Bu Yevroosiyo qit’asi hududining 60 foizdan ortig‘i;
ShHT umumiy YaIMi tashkilot tuzilgan vaqtdan buyon 13 barobarga oshdi;
ShHT davlatlari iqtisodiyotining umumiy hajmi - 20 trillion AQSh dollarini tashkil etadi, bu umumjahon YaIMining ¼ qismini tashkil etadi;
2030 yilga borib bu raqam jahon yalpi ichki mahsulotining qariyb 35-40 %gacha ortishi mumkin.
Eslatib ao‘tamiz, Shanxay hamkorligi tashkiloti 2001-yil iyun oyida "Shanxay beshligi" o‘rniga tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. O‘sha vaqt uning tarkibiga Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston kirgan edi. Keyinchalik 2017-yilda tashkilotga Hindiston va Pokiston ham qo‘shildi.
Yangiliklar lentasi
0