O‘zbek kurashi bo‘yicha Dubay kurash federatsiyasi tashkil etiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMejdunarodniy turnir na kubok Prezidenta Respubliki Uzbekistan po kurashu v Termeze
Mejdunarodniy turnir na kubok Prezidenta Respubliki Uzbekistan po kurashu v Termeze - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2022
Obuna bo‘lish
Qatar va bir qator mamlakatlarda kurash federatsiyalarini tashkil etish ham kutilmoqda.
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. O‘zbek kurashi bo‘yicha Dubay kurash federatsiyasi tashkil etiladi. Federatsiyaning ochilish marosimi 17-20 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.
Marosim G‘arbiy Osiyo mamlakatlari kurash federatsiyalarining mutaxassislari, kurash sport turiga qiziquvchilar uchun Dubay shahrida tashkil etiladigan xalqaro hakamlik seminari doirasida o‘tkaziladi.
"Xalqaro kurash assotsiatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, mintaqadagi Qatar va bir qator mamlakatlarda kurash federatsiyalarini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borilishi ham kutilmoqda", deyiladi xabarda.
Seminarda Iroq, Iordaniya, Quvayt, Livan, Falastin, Qatar, Saudiya Arabistoni, Suriya, Birlashgan Arab Amirliklari va Yamandan mutaxassislarning ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0